Va natijadorligini oshirish
Download 172.26 Kb.
|
budjet ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50 foiz qismi
- Oliy Majlis Senatida
2021 yilda о‘tkazilgan eksperiment natijalariga kо‘ra, 2022 yilda barcha
tuman va shahar byudjetlarining 5 foizi miqdorida mablag‘lar ushbu maqsadlar uchun yо‘naltirilishi joriy etildi. Yillar davomida tо‘planib qolgan muammolarning birdaniga yuzaga chiqishi aynan qaysi sohalarda muammolar fuqarolar uchun dolzarb ekanligini kо‘rsatib berdi hamda bundan tegishli xulosa qilgan holda hukumat tomonidan tegishli choralar kо‘rishni taqazo etdi. Birgina misol, 2021 yilda о‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida fuqarolarni eng kо‘p qiziqtirgan yо‘nalish sifatida hududiy ichki yо‘llarni ta’mirlash sohasi kuzatilganini inobatga olib, 2022 yildan boshlab barcha tuman va shahar byudjetlarida ichki yо‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismi jamoatchilik fikri asosida yо‘naltirish tizimi joriy etildi. Mazkur yо‘nalish bо‘yicha “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening yо‘lim” loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, joriy yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar bajarilishi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining hisobotlarini Oliy Majlis Senatida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etildi. Ushbu jarayonlarning ochiq va shaffofligini ta’minlash uchun tashabbusli byudjet jarayoni ijrosi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlari bо‘yicha majburiy tartibda tuman va shahar hokimliklari saytida majburiy e’lon qilish tartibi joriy etilib, mazkur ma’lumotlarni joylashtirish tartibini buzish – byudjet jarayonini ochiqligi tartibini buzish sifatida qayd etilishi belgilandi. Byudjet jarayoni ochiqligini ta’minlash bо‘yicha nazorat qiluvchi organ sifatida О‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi belgilanib, о‘tgan davr davomida byudjet ochiqligini ta’minlamagan bir qancha vazirlik va idoralarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar kо‘rildi. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarning qо‘shimcha manbalaridan foydalanish tо‘g‘risidagi qaror (farmoyish) loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan о‘tkazish uchun uni 10 kun muddatga “E-qaror” elektron tizimiga joylashtirish amaliyoti yо‘lga qо‘yilishi tuman va shahar byudjeti qо‘shimcha manbalaridan foydalanishda jamoatchilik nazoratini о‘rnatib, mablag‘larni maqsadli sarflanishi va eng avvalom bor dolzarb xarajatlar uchun yо‘naltirilishiga imkon yaratadi. Shaffoflik sari yana bir qо‘yilgan qadamlardan biri – bu byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda sarflangan mablag‘larning natijadorligi bо‘yicha keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida “Ochiq byudjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida maqsadli Download 172.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling