Va natijadorligini oshirish


Ma’lumot uchun dasturiy byudjetlashtirish tizimi bо‘yicha xalqaro


Download 172.26 Kb.
bet4/9
Sana07.11.2023
Hajmi172.26 Kb.
#1752980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
budjet ijrosi

Ma’lumot uchun dasturiy byudjetlashtirish tizimi bо‘yicha xalqaro
tajriba.
Bugungi kunga kelib, dunyoning kо‘pgina rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlari Davlat moliyasini boshqarish tizimiga dasturiy
byudjetlashtirish yoki natijaga yо‘naltirilgan byudjetlashtirish tizimi
joriy etilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi natijaga yо‘naltirilgan
byudjetlashtirishni joriy etish orqali Davlat moliyasini boshqarishni
takomillashtirmoqda va о‘z tizimini rivojlantirishda kо‘plab mamlakatlar
tajribasidan foydalanmoqda. Turli davlatlar tizimlariga misollar
tariqasida Yangi Zelandiya va Rossiya Federatsiyasi uchun jarayonlar quyida
keltiriladi.


Dasturiy byudjetlashtirish tizimiga о‘tish bо‘yicha xorijiy
davlatlar tajribasi:
Yangi Zelandiya
Dasturiy byudjetlashtirish tizimi bо‘yicha dunyoning eng yaxshi
tajribasi hisoblangan Yangi Zelandiya davlati ushbu tizimga 1980 yildan
boshlab о‘tishni va 1989 yilda dasturiy byudjetlashtirish tizimiga tо‘liq
о‘tilgan. Bunda, islohotlar avvalida byudjet xarajatlarining
samaradorligini baholashda yakuniy natija kо‘rsatkichlarga urg‘u berilgan.
Lekin, islohotlar natijasida ushbu kо‘rsatkichni baholashda va
monitoringini yuritishda bir qator muammolarga duch kelgan. Jumladan,
maqsadli indikatorlar ijrosi bir qator vazirliklarga bog‘liqligi va
baholashda tashqi omillar mavjudligi sababli ayrim muammolarni olib
kelgan.
Shu munosabat bilan, Yangi Zelandiya mamlakati byudjet xarajatlari
samaradorligini baholash uchun boshqa davlatlarga nisbatan asosan bevosita
(tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri) natija kо‘rsatkichlariga urg‘u berishni boshlagan.
Ushbu davlat byudjet loyihasini tayyorlashda strategik rejalashtirish
prinsipi asosida shakllantiradi. Bunda, davlatning siyosiy maqsadlari va
belgilangan vazifalarini amalga oshirish uchun ushbu maqsadlarni byudjet
dasturi kesimida ishlab chiqadi va tegishli maqsadli indikatorlarni
belgilab beradi.
Yangi Zelandiya byudjeti jarayoni uch bosqichdan iborat:
1. Strategik rejalashtirish bosqichi;
2. Byudjet strategiyasi bо‘yicha muhim qarorlarni qabul qilish;
3. Byudjetni shakllantirish bosqichi.

Download 172.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling