Va natijadorligini oshirish
yil va 2023-2025 yillar uchun maqsadlar tо‘g‘risida
Download 172.26 Kb.
|
budjet ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-2025 yillar istiqbollari
- “real vaqt”
2022 yil va 2023-2025 yillar uchun maqsadlar tо‘g‘risida:
Dasturiy byudjetlashtirish tizimini samarali va sifatli joriy etish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruriyati tug‘ilmoqda. Jumladan: 2022 yil mobaynida: О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va ularning samaradorligini baholash tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini qabul qilish; vazirlik va idoralar xodimlarining bilim salohiyatlarini oshirish maqsadida Dasturiy byudjetlashtirish tizimi bо‘yicha о‘quv kurslari va treninglar о‘tkazish; “Ochiq byudjet” axborot portalida vazirlik va idoralarning byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatida maqsadli indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini tuzish hamda uni keng jamoatchilikka ochiqligini ta’minlash uchun elektron tizimini ishga tushirish; 2023 yil uchun О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tо‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutiladigan vazirlak va idoralarning byudjet mablag‘lari bilan bog‘liq faoliyatining maqsadli indikatorlarini ishlab chiqish. 2023-2025 yillar istiqbollari: 1. Dasturiy byudjetlashtirish tizimini samarali joriy etish maqsadida, О‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga xorijiy tajriba asosida Byudjet dasturi tо‘g‘risida tegishli moddalar kiritish; 2. Maqsadli indikatorlari tasdiqlanadigan vazirlik va idoralar sonini oshirish, bu orqali ularning joriy xarajatlariga maqsadli indikatorlarni qо‘llash; 3. Sinov tariqasida 2 ta vazirlik va idoraning jami byudjet xarajatlarini xorijiy tajribadan kelib chiqib, byudjet dasturlari asosida ishlab chiqish va tasdiqlash. 4. 2023 yil uchun vazirlik va idoralarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlarining ijrosi tо‘g‘risidagi hisobotlari vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatining baholash xulosasi ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish amaliyoti joriy etiladi. 5. 2023-yilda xalqaro ekspertlar yordamida byudjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarining ijrosi tо‘g‘risidagi hisobotlarni quyidan (quyi tashkilotlardan) yuqoriga tо‘g‘ri shakllanishini avtomatlashtirish orqali tartibga solish uchun bir vazirlik misolida sinovini о‘tkazish, bunda axborot tizimini yaratish yoki UzASBO dasturini takomillashtirish choralarini kо‘rish. Ushbu islohat natijasida kutilayotgan asosiy maqsad vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari о‘zlarining tasarrufida bо‘lgan quyi tashkilotlarining byudjet xarajatlari va maqsadli indikatorlarining rejalari va ijrosi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni “real vaqt” rejimida olish va vazirliklarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholash hamda masofaviy monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Download 172.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling