Valyutalar kursi va vaqtda pul qiymati. Faraz qilaylik, Siz 10 000 dollarni yillik foiz stavkasi 10%ni tashkil qiladigan dollarli obligatsiyalarga yoki yillik foiz stavkasi 3%ni tashkil qiladigan ienadagi obligatsiyalarga qo’ymoqchisiz. Keyingi yilga investitsiyaning qaysi variantini tanlagan yaxshi va nima uchun?
Bu savolning javobi yil davomida dollarning ienaga nisbatan valyuta kursi qanchalik kuchli o’zgarishiga bog’liq. Faraz qilaylik, bugungi kunda ayirboshlash kursi 1 dollar uchun 100 ienani tashkil etadi. Demak, Sizning 10000 dollar bugun 1000 000 ienaga teng. Agar Siz pullaringizni ienadagi obligatsiyalarga qo’ysangiz, u holda bir yildan keyin pullaringiz 1030 000 ienaga teng bo’ladi (ya’ni, 1,03 x 1 000 000 iena). Agar o’z kapitalingizni dollarli obligatsiyaga qo’ysangiz, pullaringiz 11 000 dollar (ya’ni, 1,1 x 10 000) bo’ladi. Xo’sh, bunday holatda qaysi omonat foydali?
Agar dollarning ienaga nisbatan ayirboshlash kursi yil davomida 8 foizga tushib ketsa, 1 dollar uchun 92 ienani tashkil etadi. Ienadagi obligatsiyalar dollarda 11 196 dollar qiymatga ega bo’ladi (ya’ni 1030000/92). Bu esa dollarli obligatsiyalar baholangan 11 000 dollardan 196 dollarga ko’p. Ammo, boshqa tarafdan, agar dollar bir yilda faqat 6%ga tushsa, ayirboshlash kursi bir dollar uchun 94 ienani tashkil etadi. Ienadagi obligatsiyalarning dollardagi ekvivalenti 10 957 dollarga tenglashadi (ya’ni 1030000/94). Bu esa dollarli obligatsiyalar baholangan 11000 dollardan 43 dollarga kam.
Kelgusi ayirboshlash kursi qancha bo’lsa Sizga qaysi variantni tanlash baribir bo’ladi? Investitsiyangizning zararsizlik nuqtasini “0”ga tenglashtiradigan ayirboshlash kursini topish uchun 1030000 ienani 11000 dollarga bo’ling. Olingan natija – 1 dollar uchun 93,636 iena. Xullas, xulosa shunday: agar dollarning ienada ifodalangan qiymati yil davomida 6,364 foizdan ko’pga tushib ketsa, iena denominatsiyalangan obligatsiyalar investitsiya qilishning eng maqbul varianti bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |