Va sportuniversiteti


Download 43.72 Kb.
bet9/10
Sana03.02.2023
Hajmi43.72 Kb.
#1148086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FUTBOL TEXNIKASI

Musobaqa mashqlari Futbolga xos bo‘lgan xususiy mashqlardir. Bunda texnik usullar va taktik harakatlar musobaqa sharoitidagi o‘yin holatlariga mos holda bajariladi.
Trenirovka mashqlari asosiy malakalarni egallashni yengillashtirish, tezlashtirish va ularni qo‘llash samarado`rligi, ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan-dir. Ular maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tashkil topadi.
Maxsus mashqlar ikki guruhga bo‘linadi: tayyorgarlik mashqlari; yaqinlashtiruvchi mashqlar. Tayyorgarlik mashqlaridan asosan maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashda foydalaniladi. Yaqinlashtiruvchi mashqlardan aniq texnik harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda foydalaniladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlardan asosiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash hamda zarur jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda foydalaniladi.Barcha mashqlar o‘zining yo‘nalishiga qarab trenirovkalarning tarkibiy qismiga kiritiladi. Bu tayyo`rgarliklar quyidagilardir: umumiy jismoniy; maxsus jismoniy; texnik; taktik; integral (yaxlit o‘yin). Har bir tayyorgarlik turining o‘ziga xos yetakchi vositalari mavjud bo‘lib, ular yo`rdamida maxsus vazifalar yechiladi. Shu bilan birga bir tayyorgarlik turiga oid bo‘lgan mashqlar boshqa tayyorgarlik turidagi mashqlar bilan yaqindan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, shug‘ullanuvchida tezko`rlik-kuch sifati zarur darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hujum zarbasi berish texnikasini bajara olmaydi. Bu holda tezko`rlik-kuch sifatini rivojlantirishga oid mashqlarni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki hujum zarbasini takro`rlash hajmini oshirish bu holda samara bermaydi.
Futbol harakatlariga o‘rgatishda vositalarning samarasi ko‘p hollarda ularni qo‘llash uslublariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Uslublar qo‘yilgan vazifa, shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasi, aniq shart-sharoitlarga bog‘liq holda tanlanadi va qo‘llanadi.


XULOSA
O’yin epizodlaridagi kombinatsiyalar komanda to’pni olishga erishganidan keyin yuzaga keladi. Ravshanki, to’p olgan komandaning o’yinchilari kombinatsiyani amalga oshi-rish davomida joydan-joyga o’tib harakatlanib turishlari zarur. SHuning uchun ham bu xildagi kombinatsiyalar tayyo`rgarliksiz bajarilganga o’xshab ketadi. Aynan shu xildagi kombinatsiyaning asosiy printsiplarini saqlab qolgan holda o’yin vaziyatiga qarab uning mazmunini o’zgartira bilish faqat taktik tafakkuri yuksak darajada bo’lgan valeybolchilarninggina qo’lidan keladi.
Shunday qilib, ayrim valeybolchilarning va, umuman, komandaning taktik tayyo`rgarligi eng yuqori darajada bo’lishi trener belgilagan rejani ijodiy bajara bilish-dan, tayyo`rlab qo’yilgan kombinatsiyalar bilan tayyogarliksiz yuzaga kelgan kombinatsiyalarni mohirona birga qo’shib olib borishdan iborat.
O’yin epizodlaridagi guruh harakatlari ikki kishi, uch kishi vah.k. o’rtasida hamko`rlik qilishga bo’linadi. Biroq bevosita kombinatsiyalar tafsilo`riga o’tishdan oldin uzatishlar taktikasiga to’xtalib o’tish lozim.
Kombinatsiyalar manyovr qilish va uzatishlar yo`rdamida amalga oshirilishi yuqo`rida aytilgan edi. Biroq o’yin-chilar qancha manyovr qilishmasin, to’pni uzatish ularni bir-biriga bog’lovchi bo’g’in – baayni «kombinatsiya tili» bo’lib qolaveradi.

Download 43.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling