Va terrorizmga
imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!...»
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bu kun sizlarga nisbatan ayblov yo‘q»
imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!...» (Baqa-
ra, 208). Tafsir kitoblarida keltirilishicha, oyatdagi «yoppasiga» so‘zi barcha insonlarning birlashgan holda tinchlik yo‘lini tutish lari lozimligi va uning barqarorligini saqlashda qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘z hissalarini qo‘shish zarurligini bildiradi. Tinchlik insoniyatga berilgan ne’matlarning ichida imondan keyingi eng ulug‘ ne’mat sanaladi. Bu haqida Muhammad (a.s.) shunday deganlar: «Allohdan avf va tinchlik-omonlikni so‘rangiz- lar, biror kishiga imondan keyin avf qilishlik va tinchlikdan afzalroq ne’mat berilgani yo‘q». Alloh taolo Qur’oni Karimning Baqara surasi 126oyatida «Es- lang, Ibrohim: «Ey, Rabbim, buni (Makkani) tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilariga (tur- li) mevalardan rizq qilib bergin!», deb duo qilganida avvalo tinch lik, undan keyin rizq so‘rash orqali duo qilish ta’limi berilmoqda. Bundan ko‘rinadiki, tinchlikxotirjamlik rizqdan ham ulug‘roq ne’matdir. 51 Tinchlikni qadrlash hamda osoyishta hayot uchun shukurona lik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hi soblanadi. Islom ta’limotida masalaning bu jihatiga ham alohi da e’tibor berilgani Qur’oni Karimning «Nahl» surasi 112oyatida «Alloh bir shaharni (Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqi kengu mo‘l kelib turar edi. Bas, u (aho lisi) Allohning ne’matiga noshukurlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu «hunarlari» sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni «totish»ga maj- bur etdi». Shukur qilish orqali berilgan ne’matlar yanada ziyoda bo‘lar ekan, uni asrab qolish uchun ushbu ne’matni e’tirof etish va shukur qilish muhim omildir. Inson go‘zal bir holatda umr kechirayotgan bo‘lsa uning o‘zi bu holatni o‘zgartirmagunicha ya’ni, noshukurlik qilmagunicha Yaratgan aslo ularning ne’mat larini to‘sib qo‘ymasligini oyati karimalarida aytib o‘tgan. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar (a.s.) shunday deydilar: «Kimki, o‘z uyida xavf-xatardan emin holda tong orttirsa va huzurida bir kunlik ozig‘i bo‘lsa, bas unga go‘yoki, dunyo ne’matlari to‘laligicha ato qilinibdi». Muqaddas manbalar orqali kishi uchun eng aziz ne’mat bu – tinchlik ekani bildirilmoqda. Alloh tarafidan bandalarga ato etil gan ushbu ne’matga rahna solish eng katta gunohdir. Zero, Payg‘ambar (a.s.) o‘z faoliyatlarida doimo muzokara, sulh bilan tinchlik yoki mudofaa yo‘lini tutganlari islom tarixidan ham ma’lum. Ayniqsa, «Hudaybiya sulhi» deb nom olgan tinch lik bitimida ularning tinchlikparvar siyosatlari yaqqol namo yon bo‘ldi. Musulmonlar uchun noqulay shartsharoitlar asosida tuzil gan bu sulhga sahobiylar keskin qarshi chiqsalarda, Rasu lulloh (a.s.) tinchlikka erishish va qon to‘kilishining oldini olish maqsadida ushbu hujjatga darhol imzo qo‘ydilar. Qur’oni Karim da ham bu borada, «Bordiyu, tinchlikka moyil bo‘lsalar, bas, sen ham unga (tinchlikka) moyil bo‘l va Allohga tavakkul qil», deb qat tiq ta’kidlangan (Anfol, 61). Darhaqiqat, Hudaybiya sulhi o‘zining ahamiyati jihatidan har qanday jangdagi g‘alabadan yuqori turadi. Zero, bu sulh yan 52 gi islom dinining tinchlikparvar mohiyatini namoyon etgan edi. Payg‘ambar (a.s.) o‘zlarining ziyonlariga bo‘lsa ham tinchlik uchun qanchalik jonkuyar ekanlari makkaliklarga hamda ayrim madinalik sahobiylarga saboq bo‘ldi. Keyinchalik esa, Payg‘ambar (a.s.) Arabiston tarixida misli ko‘rilmagan kuchga ega bo‘lsalarda, Makkani qon to‘kmasdan tinch yo‘l bilan egallash yo‘lini tutganlari ham e’tiborga molik. Vaholanki, Makka mushriklari necha yillar davomida Rasululloh (s.a.v.)ga aziyat yetkazib, ularga qarshi chiqib, ko‘plab musulmon larning umriga zomin bo‘lgan edilar. Rasululloh (a.s.) shaharga kirishdan oldin makkaliklarga Abu Sufyonning hovlisiga kirib ol ganlar, eshigini qulflab o‘tirganlar, Masjid alHaromga kirib ol ganlarga omonlik berilishini kafolatladilar. Makkaga kirgach esa, Rasuli Akram shu vaqtgacha dushman lik qilib kelgan mushriklarni bir joyda to‘plab: «Ey, Quraysh ahli, sizlarga meni qanday chora ko‘radi, deb o‘ylaysizlar?» Quraysh dedi: «Saxiy insonning saxovatli farzandidan yaxshiliknigi na kutamiz». Shunda Rasuli Akram «Men sizlarga Yusuf (a.s.) o‘z birodarlariga aytgani kabi – «Bu kun sizlarga nisbatan ayblov yo‘q» (Yusuf, 12), – deyman. Ketaveringlar, hammangiz ozodsiz lar», deb marhamat ko‘rsatdilar. Hatto dushmanlarga ham oliy janoblik ko‘rsatish, ularga kechirimli munosabatda bo‘lish dini mizning tinchlikparvar mohiyatini namoyon etadi. Zero, islom dini har qanday sharoitda jangga yo‘l qo‘ymaslikka, tinchlikni asrashga katta e’tibor bergan. Payg‘ambar (a.s.) sahobiylarga doi mo takrorlab shunday deganlar: «Qiyomat kuni birinchi savol no- haq to‘kilgan qonlar to‘g‘risida bo‘lur» (Imom Buxoriy rivoyati). Tinchlikni ulug‘ ne’mat, deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda nafaqat amal, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. Payg‘ambar (a.s.) «Musulmon kishi shuki, uning tilidan va qo‘lidan musulmonlar ozor chekmaydilar!» deb marhamat qilganlar. Zero, so‘z, ya’ni tildan yetadigan ozor qo‘ldan yetadigan zarardan avval zikr etilishi, qo‘l bilan boshqalarning faqat bu dunyosi – salomat ligi, oilasi, mulkiga zarar yetkazish mumkinligi, til bilan – inson 53 larni turli buzg‘unchi g‘oyalarga targ‘ib qilish, kishilarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish orqali ikki dunyosini barbod etish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda ayrim firqa va toifalarning musulmonman, deb turgan aholining ichida parokandalik, oilasi da ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinishlari islomning asl mo hiyatiga butunlay ziddir. Bu amallarni islom nomi bilan bog‘lash dinimizga nisbatan tuhmatdir. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling