Va terrorizmga


Terrorizmning moliyaviy manbalari


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

Terrorizmning moliyaviy manbalari. Zamonaviy terrorizm xil­
ma­xil moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qam­
rovini kengaytirishga, moddiy­texnik bazasini mustahkamlash­
ga harakat qilmoqda. Terrorchi tashkilotlarni oziqlantirib turuvchi 
asosiy moliyaviy manbalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Ayniqsa, noqonuniy qurol­yarog‘ savdosi va narkobiznes yor­
damida mablag‘lar to‘plash va undan tartibsizlik va beqarorlikni 
keltirib chiqarishda foydalanish ekstremistlarning asosiy yo‘li hi­
soblanadi.
norasmiy faoliyat yurituvchi tuzilma­
lardan olinadigan daromadlar
T
ER
R
O
R
CH
I T
A
SH
K
IL
O
T
­
L
A
R
N
IN
G
A
S
O
SI
Y
MOL

Y
A
VIY
M
A
N
B
AL
AR
I
uyushma a’zolari to‘laydigan badallar
narkobiznes va noqonuniy qurol­yarog‘ 
savdosi
kidnepping (odamlarni tovon puli un­
dirish maqsadida o‘g‘irlash)
qo‘poruvchilik, qaroqchilik va bosqin­
chilik


70
Demak, ekstremistik va terrorchi kuchlarning moliyaviy man­
balariga qarshi hamkorlikda kurash olib borish ham dolzarb va­
zifalardan hisoblanadi. Zero, terrorchilarga moliyaviy madad 
kuchlari yetib kelishda davom etar ekan, ularga qarshi olib bo­
rilayotgan kurash natija bermaydi. Bu yo‘lda amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan eng muhim vazifalardan biri giyohvandlikka qar­
shi hamkorlikda kurashish. Chunki terrorchi kuchlarning aso­
siy moliyaviy ta’minoti giyohvandlik ortidan keladigan daromad 
bilan ham bog‘liq. Hozirgi kunda butun yer sharida yetishtirila­
yotgan giyohvand vositalarning asosiy qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri 
kelmoqda.Afg‘onistonda yiliga 200 ming gektarga yaqin may­
donga ko‘knori ekilib, 800 tonnaga yaqin geroin butun dunyo­
ga tarqatilmoqda. Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan «Tolibon» 
harakati jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o‘z 
nazorat ostiga olgan bo‘lib, undan tashkilot juda katta daromad 
ko‘rmoqda. Bugungi kunda giyohvandlik iskanjasiga tushganlar­
ning aksariyat qismi 15–35 yosh orasida bo‘lgan yigit­qizlar 
bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni 200 millionga yetadi.
Xalqaro valyuta fondining 2006­yildagi ma’lumotlariga 
ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan 
jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yi­
li 500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarfla­
moqda.
BMT ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotlar xulosalariga ko‘ra, ja­
honda har yili taxminan 100 ming narkoman vafot etmoqda. 
Statistik ma’lumotlar bugungi kunda narkobiznes savdosidan tu­
shadigan daromad yiliga 400 milliard dollarni tashkil etishini 
ko‘rsatadi. Yer yuzi bo‘ylab bunday illatning tarqalishida diniy 
ekst remistik guruhlarning ham o‘ziga xos hissasi bor. Birgina 
«al­Qoida» tashkiloti o‘z moliyaviy mablag‘larining 40 foizdan 
ortiqrog‘ini narkobiznes orqasidan topishi ham so‘zimizning is­
boti bo‘la oladi. Shubhasiz, bu yetishtirilayotgan giyohvand vosi­
talarni Markaziy Osiyo mamlakatlari hududi orqali boshqa min­
taqalarga tarqatishga harakat qilinmoqda.


71
Ekstremistik tashkilotlarda a’zolar tomonidan oylik daromaddan 
majburiy badal («baytulmol» yoki «tabarruhot») to‘lashning yo‘lga 
qo‘yilgani ham terrorchilik amaliyotlarini moliyaviy oziqlantiruvchi 
manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, «Hizbut­tahrir» a’zolari 
orasida oylik daromadidan 5–20 foiz majburiy badal to‘lashi yo‘lga 
qo‘yilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday shakllarda yig‘ilgan 
pullar qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish, terrorchilarni 
tayyorlash lagerlarini moddiy qo‘llab­quvvatlash uchun sarflangan. 
Masalan, 2002­yilda Germaniyada «rizbut­tahrir» diniy­ekstremis­
tik tashkiloti tomonidan mahalliy musulmonlardan yig‘ilgan «tabar­
ruhot»lar chet mamlakatlardagi terrorchilik amaliyotlarini moli­
yalashtirishga yo‘naltirilgani fosh etilgan. Shuningdek, 2007­yilda 
Pokistonda turli yo‘llar bilan yig‘ilgan xayriya pullarini «al­Qoida»­
ga qurol­yarog‘ sotib olishga sarflagani uchun tashkilotning barcha 
hisob raqamlari muzlatilgan.
Terrorchi guruhlar hozirda o‘z moliyaviy manbalari bilan bank 
tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalan­
gan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga harakat qilmoq­
da. Natijada, ushbu manbalarni aniqlash va yo‘q qilish tobora qi­
yinlashib bormoqda.
Dunyoning ko‘pgina davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus 
qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishda xalqaro tashkilot­
lar, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchi shaxslar 
hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqam­
larini «hibsga olish»ga bag‘ishlangan 1333, 1390 va 1455­qarorlari 
deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmoqda.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling