Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
«Jabhat an-nusra» («jabha» – front, «nusra» – yordam). To‘liq
nomi – «Jabhat annusra li ahlish Shom» (Shom ahliga yor dam fronti) bo‘lib, u «alQoida» tashkilotining Suriya va Liviya hududidagi sho‘basi hisoblangan. 2016yil 28iyul kuni tashkilot o‘z nomini «Jabhat fath ashSham» deb o‘zgartirganidan so‘ng «AlQoida» aloqalar uzilganini e’lon qildi. 93 «Jabhat annusra» salafiyjihodiy yo‘nalishidagi harakat bo‘lib, 2012yil yanvarda Suriyada yuzaga kelgan. Tez orada Suriya hu kumatiga qarshi kurashuvchi kuchlarning asosiylaridan biriga ay landi. Harakat oldin Iroqda Abu Mushab Zarqoviy qo‘l ostida harakat qilgan «alQoida» jangarilaridan tashkil topgan. 2011yil martda Suriyada davlat to‘ntarishi boshlanishi bilan «alQoida» ushbu jangarilarni Suriyaga jo‘natgan. Frontning asosiy muassisi «AlFotih» laqabli suriyalik Abu Muhammad Juloniydir. «AlQoida» tashkilotining rahbari Ay man Zavohiriy «Jabhat annusra»ni «alQoida»ning Suriyadagi yagona bo‘g‘ini sifatida e’tirof etadi. Mamlakatdagi joriy hukumatni ag‘darish orqali dastlab Suri ya hududida, so‘ng barcha musulmon olamini birlashtirgan islom shariatiga asoslangan «islom xalifaligi»ni o‘rnatish maqsad qilin gan. «Jabhat annusra» harakati «alQoida» tashkilotining «ji hod»ga targ‘ib etuvchi, «salafiy» aqidasiga asoslangan bo‘linma si hisoblanadi. Shuningdek, harakat nazariy jihatdan «Musulmon birodarlar» uyushmasi a’zosi bo‘lgan Said Qutbning qarashlari ga ham asoslanadi. «Jabhat annusra» harakatining asosiy g‘oyasi xalifalikni qayta tiklash, islom shariatini tatbiq qilish, jihod orqa li davlat tuzumini ag‘darish va qaysi yerga hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda «islom davlati»ni qurishdan iborat. Shu bilan birga, «Jabhat annusra» harakati alaviylar va shia larga qarshi ish olib borib, ularni kufr yo‘lini tutgan oqimlar, deb hisoblaydi. «Jabhat annusra» Suriya, Livan, Iordaniya, Isroil va Falas tin davlatlarini o‘z ichiga olgan. Uning asosiy faoliyat uslublari xudkushlik amaliyotlari, portlovchi moddalar bilan to‘latilgan mashi nalarni portlatish, harbiy bazalarga hujumlar uyushtirish kabi harakatlar sanaladi. «Jabhat annusra»ning bosh hay’ati – «Mujohidlar sho‘ro kengashi» deb nomlanadi. Undan keyin har bir mintaqada ki chikroq maslahat kengashlari turadi. Ushbu kengashlar guruhlar 94 nomidan qarorlar qabul qiladi. Tashkilotni amir boshqarib, u bir vaqtning o‘zida ham siyosiy, ham diniy shaxs hisoblanadi. Un ga Suriya shahar va viloyatlaridagi mahalliy amirlar bo‘ysunadi. Shuningdek, alohida ishlarni bajaruvchi Mas’ullar ham bo‘lib, ular mablag‘larni yo‘naltirish, qurolyarog‘larni qo‘lga kiritish ka bi ishlar bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, diniy ishlar, matbuot xizmati, tashqi ishlar bo‘limlari ham faoliyat olib boradi. «Jabhat annusra» haraka ti ayrim manfaatdor davlatlar hamda Yaqin Sharq va G‘arb dav latlaridagi ba’zi jamg‘armalar tomonidan maqsadli ravishda ajra tiladigan mablag‘lar, turli diniy, xayriya tashkilotlari, «alQoida» (2016yilga qadar) kabi uyushmalar tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, harakat noqonuniy neft savdosi, insonlarni garovga olish ishlari bilan ham shug‘ullanadi. «Jabhat annusra»ning tarkibida Pokiston va Afg‘oniston dav latlari hududidagi lagerlarda «alQoida» tomonidan tayyorlan gan va undan ajralib chiqqan jangarilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar «Jabhat annusra» tomo nidan 70 dan ziyod xudkushlik amaliyotlari sodir etilgan. Shu ningdek, ular alaviy va shialardan iborat tinch aholiga ham hu jum uyushtirishgan. «Global terrorizm indeksi» ma’lumotlariga ko‘ra, «Jabhat annusra» tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik amaliyotlari natijasida 2015yilda 600 dan ortiq inson vafot etgan. Jumladan, 2015yil sentyabr oyida jangarilar «Abu adDuxur» aerodromini qo‘lga kiritish chog‘ida asirga tushgan Suriya hukumatining 56 nafar askarlarini qatl etgan. Shuningdek, jangarilar 2014yil avgust oyida BMTning tinchlikparvar kuchlaridan iborat 45 nafar kishini asir olgan. Ke yinchalik 20 million AQSH dollari evaziga ularni ozod et gan. 2012yil dekabrda AQSH Davlat Departamenti, 2013yil may oyida BMT Xavfsizlik Kengashi «Jabhat annusra» harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Avstraliya, 95 Buyuk Britaniya (2013) hamda Rossiya (2014) kabi bir qator dav latlar ham mazkur uyushmani terrorchi tashkilot deb e’lon qil gan. Umuman olganda, din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqin chilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilayot gani, narkobiznes va noqonuniy qurolyarog‘ savdosi amalga oshirilayotgani, korxonalar va inshootlarga zarar yetkazilayotgani ham hech kimga sir emas. Bunday harakatlar ijtimoiy barqaror likning izdan chiqishiga, millatlararo va dinlararo adovat, mil latchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga zamin yaratmoqda. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling