Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

«Akromiylar».
Asoschisining nomidan kelib chiqqan holda «Akromiylar» 
firqasi «imonchilar», «birodarlar», «xalifachilar» deb ham ataladi. 
«Hizbut­tahrir» tashkiloti asoschisi Taqiyiddin Nabahoniy asar­
laridan ta’sirlangan holda 1992­yilda Akrom Yo‘ldoshev (1963–
2009) tomonidan Andijonda shakllantirilgan. 
«Akromiylar»ning bosh g‘oyasi – islomiy boshqaruv shaklida­
gi davlatni barpo etish hisoblanib, buning uchun bosqichma­bos­
qich harakat qilish, avval Farg‘ona vodiysida xalifalik tuzumi 
barpo etish va keyinchalik uni mintaqaning boshqa hududlariga 
yoyish maqsad qilingan. 
Akrom Yo‘ldoshev «ilk diniy saboqlar»ini «Hizbut­tahrir» 
uyushmasida olganligi bois, o‘z shaxsiy ta’limotini yaratishda 
harakatning nazariy va amaliy fikrlaridan yiroqlasha olmagan. 
Shu bois, «Islom nizomi», «Izzat va sharaf sari» va «Xalifalik» 
nomli «Hizbut­tahrir» adabiyotlaridan foydalangan holda o‘n ikki 
darsdan iborat «Imonga yo‘l» nomli kitobi orqali o‘z diniy falsafiy 
qarashlarini bayon qiladi. Sekin­asta o‘z atrofiga xayrixoh bo‘lgan 
kishilarni yig‘ib, mazkur kitob asosida darslar tashkillashtirgan 
va «Akromiylar» jamoasini shakllantirgan. Bu kitobdagi g‘oya 
atrofida birikkan tadbirkorlar o‘nlab korxonalar ochishadi. Bu 
kor xonalardagi ish tartibi go‘yoki «islomiy adolat» tamoyillariga 
asoslangani aytiladi.


104
Harakat siyosiy hokimiyatga erishishning 5 ta – «sirli», «mod­
diy» («iqtisodiy»), «ma’naviy» («siyosiy»), «uzviy maydon» va 
«to‘ntarish» («oxirat») bosqichiga asoslanadi. So‘nggi ikki bos­
qich jamiyat «islomlashtirilgan»dan so‘ng amalga oshirilishi va u 
orqali hokimiyatni butunlay egallash rejalashtirilgan. 
«Akromiylar» o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida
tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlar hamda yangi a’zolarni aso­
san qarindoshlar hisobiga o‘zlarining savdo do‘konlari, sartarosh­
xona, novvoyxona, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik va 
mebel ishlab chiqarish sexlariga ishga jalb qilish orqali kengay­
tirishga harakat qilganlar. «Akromiylar» yangi a’zolarga ertayu 
kech mavjud tuzumning kamchiliklari, o‘zlarining go‘yoki si­
yosatdan yiroq, kichik bo‘lsada, haqiqiy «birodarlar jamoasi» 
muhitining «go‘zal» jihatlarini uqtirib borish orqali ruhiy ta’sir 
o‘tkazishga harakat qilganlar. Bunda ular hokimiyatni qo‘lga 
olish bilan bog‘liq rejalarini jamoaning asosiy qismidan sir tut­
ganliklari hamda yangi tarafdorlar ularni siyosatga aloqasi yo‘q 
deb bilganlari bois singdirilayotgan fikrlarga ko‘nikib boravergan­
liklarini ko‘rsatadi. Bu yo‘ldagi amaliy da’vat uslubi boshqa mu­
taassib kuchlar yondashuvidan farqli bo‘lib, ommaga mafkuraviy 
tuzoq qo‘yishga asoslangan. 
Akrom Yuldoshevning 2004­yil yozida «Akromiylar»ga tegishli 
qator idora va tashkilotlarning faoliyati to‘xtatilib, rahbarlari hibsga 
olinganidan keyin, ularni ozod etish chora­tadbirlariga boshchi­
lik qilgani aytiladi. Unga nisbat berilgan videoda Yo‘ldo shev may 
oyining dastlabki kunlarida va 12­maydan 13­mayga o‘tar kecha­
si ham Andijonda qanday voqealar yuz berayotganligidan doi mo 
xabardor bo‘lib turganligini aytgan edi. Ma’lumki, 2005­yil 12–13­
may kunlari Andijon shahrida «Akromiylar» oqimi mavjud kons­
titutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida ko‘plab odamlarning 
qurbon bo‘lishiga hamda fuqarolar va davlat mulkiga katta zarar 
yetkazilishiga olib kelgan terrorchilik harakati sodir etgan.
Hozirgi vaqtda G‘arbda «Akromiylar» yangi diniy­siyosiy gu­
ruhlar tarkibida faoliyatni davom ettirmoqda. Jumladan, oqim 


105
tarafdorlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 2009­yil ning 
may oyida «Andijon – Adolat va Tiklanish» tashkiloti tash­
kil qilgan. 2011­yilda «Akromiylar» jamoasi va ularga moyil 
bo‘lgan «Andijon – Adolat va Tiklanish», «Tanyach» tashkilot­
lari va «Erk» partiyasi ishtirokida «O‘zbekiston xalq haraka­
ti» nomli uyushma tuzilgan. Ushbu harakat a’zolari tomonidan 
«ozodlik», «e’tiqod erkinligi», «inson huquqlari» kabi joziba­
li tushunchalar ishlatilib, turli yo‘llar, masalan, Internet tizimi 
orqali asosan yurtimiz yoshlarini o‘z saflariga qo‘shishga ha­
rakat qilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og‘ir oqibatlarni 
keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va 
qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo‘lishiga erishish, kishilar 
ta fakkurini boyitish, ularda sog‘lom va sobit e’tiqodni shakllan­
tirish uchun kurash, bu yo‘ldagi nazariy va amaliy ishlarning 
hozirjavob ligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazi­
falardan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, Respublikamizning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov o‘rinli ta’kidlaganlaridek, odamning 
o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan 
hayotiy­milliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustah­
kam irodaga ega bo‘lishi har turli mafkuralarning bosimi, ular­
ning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh 
berishining asosiy sharti hisoblanadi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling