Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
2014-yil noyabr oyida «IShID» rahbari Abu Bakr Bag‘dodiy ning
bayonotiga ko‘ra, Saudiya, Misr, Yaman kabi davlatlardan taraf- dorlar kelib ularga bay’at qilgani, shu sababli mazkur hudud larda o‘zlarining valiylarini tayinlagani aytib o‘tildi. Bu esa, «IShID»ning hozirgi kundagi faoliyat ko‘lami yanada kengayib borayotgani ham- da global xatarga aylanayotganiga dalildir. Rasmiy bayonotlarda aytilishicha, tashkilot hozirgi kunda dunyo- dagi eng boy terroristik tashkilotlardan biriga aylangan. Uning aso- siy moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat: • bosib olingan hududlarda qo‘lga kiritilgan neft xomashyosini noqonuniy yo‘llar orqali sotish; 91 • guruh nazorat qilayotgan hududda yashaydigan millionlab aholidan yig‘ib olinayotgan go‘yoki, zakot ko‘rinishidagi soliqlar; • guruh tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan tur- li obyektlardan tushayotgan mablag‘lar yoki zo‘ravonlik bilan tor tib olinayotgan boyliklar; • garovga olingan odamlarni ozod qilish evaziga yig‘ilgan mablag‘lar; • guruh tomonidan bosib olingan hududlarda istiqomat qilayot- gan boshqa din vakillariga o‘lim tahdidi ostida undirilayot gan «jizya» (soliq) to‘lovlari. SkyNews ma’lumotiga ko‘ra, «IShID» Suriyadagi neft man balarining uchdan ikki qismini va Iroqdagi neft manbalari ning 10 foizini nazorat qilmoqda. Birgina neft kontrabandasi ortidan bir kunda bir milliondan uch million AQSH dollarigacha daro mad olayotgani taxmin qilinmoqda. Buning oldini olish uchun 2014yil 28iyul kuni BMT Xavfsizlik Kengashi «IShID»dan neft sotib olishni taqiqlovchi bayonot qabul qildi. Shuningdek, guruh tasarrufida Iroq va Suriya armiyasidan olingan bir qan cha tanklar, qurollar, zirhli texnika va boshqa harbiy vositalar bor. Shu bilan birga, ushbu guruh arxeologik yodgorliklarni pul lash hisobiga 50 million dollar ishlab olgan. «The New York Times»ning yozishicha, «IShID» dunyodagi eng boy terror tash kiloti bo‘lib, uning boyligi taxminan 2 milliard dollar atrofida ekanligi aytiladi. Jumladan, «IShID» 2014yil iyun oyida Mosul shahrini bosib olgan paytda banklarda saqlanayotgan 400 mil lion AQSH dollarini bir kunda qo‘lga kiritgan. Garovga olin gan odamlarni ozod qilish evaziga yig‘ilgan 126 million dollar va mintaqa muzeylaridan o‘g‘irlangan osori atiqalarni sotishdan tushgan 10 million dollar «IShID» guruhining o‘z safiga yangi jangarilarni yollash imkoniyatini oshirmoqda. «The Telegraph» nashrining yozishicha, 2014yilning so‘nggi olti oy davomida mazkur tashkilot rahbarlari 1,2 milliard dollar miqdorida mablag‘ topgan. 92 Taxminlarga ko‘ra, «IShID» safida urushayotgan jangarilar ning 40 foizini 80 dan ortiq xorij davlatlaridan kelgan ko‘ngil lilar tashkil etadi. Ming afsuski, ular orasida Markaziy Osiyo respublikalari fuqarolari bo‘lgan jangarilar ham bor. Guruh rah barlari Qur’on oyatlarini o‘z ra’ylaricha talqin qilib, bugungi kun da «hijrat» qilish va «jihod» tushunchalarini ilgari surib harbiy to‘qnashuvlar o‘choqlariga odamlarni jalb qilmoq dalar. Buning natijasida, tashkilot tomonidan 2013–2014yillar mobaynida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etil gan, xudkush terrorchilar tomonidan 80 ga yaqin portlashlar amal ga oshirilgan. Suriyada «IShID» jangarilari 60 dan ziyod cherkov va monastirni vayron qilgan. 2014yil 14iyun kuni Iroqning Mo sul shahridagi «AlIsro» masjidi yonida tashkilotga qo‘shilishdan bosh tortgan 12 nafar diniy ulamo namoyishkorona qatl etilgan. Hattoki, «The Daily Mirror» axborotiga ko‘ra, «IShID» jangari lari Iroqda aholi orasida qo‘rquv uyg‘otish uchun tirik chayon lar to‘ldirilgan konteynerlarni portlatish usulidan foydalanmoq da. Oqibatda atrofga tarqalib ketgan zaharli hasharotlar odamlarni chaqib, aholi orasida dahshatga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ularning har qanday qabih ishlardan ham tap tortmasligidan dalolat beradi. 2014yilning 3iyulida Dunyo musulmon ulamolari kengashi tashkiloti «Islom davlati» e’lon qilgan «xalifalikni» keskin qora lab, uni shar’an botil deb fatvo berdi. Fatvoda islom ta’limotiga ko‘ra qandaydir alohida firqa va oqimlar o‘zboshimchalik bilan «xalifa lik»ni e’lon qilish huquqi berilmagani ta’kidlangan. Demak, butun dunyo musulmon ulamolari ham «IShID»ning faoliyatini tanqid qilib, uning faoliyati, targ‘ib etayotgan g‘oyalari islom ta’limotlari ga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini aytib o‘tganlar. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling