Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
Islomiy jihod ittihodi. «Islomiy jihod ittihodi» (arab. «Ittihad
aljihad alislamiy»). Mazkur guruhning «Islom jihodi», «Islom ji hodi uyushmasi», «Islom jihodi – mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruhga avvallari «Turkiston islom harakati»ning a’zosi bo‘lgan, o‘zini «amir» deb e’lon qil gan Najmiddin Jalolov asos solgan. Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhi «Turkiston islom harakati»dan ajralib chiqqanini e’tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsad lar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo‘lgan. Guruhning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi huku matiga qarshi chiqish, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darish, terro rizm orqali islom xalifaligini o‘rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda guruh Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi ja moa va tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Ushbu guruh Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davo mida bir qator teraktlar sodir etgan. Guruh a’zolari tomonidan 2009yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloya tida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan. Shuningdek, 2009yil ning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri, Qash qadaryo hamda Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bos qinchiliklar natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, 24 fuqaro turli dara jada tan jarohati olgan. «Islomiy jihod ittihodi» bugungi kunda «Internet» tarmog‘i orqali targ‘ibot ishlari o‘tkazish va mehnat migrantlari ichida yol lash ishlari o‘tkazish kabi usullar bilan o‘z safini yangi jangarilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan diniyekstremistik tashkilotlar Marka ziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston xavfsizligiga tah did solgani yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda o‘z aksini top gan. Shunga mos ravishda, O‘zbekistonda ham ekstremizm va 110 terro rizmga qarshi kurash bo‘yicha salmoqli tajriba to‘plangan. Mazkur tajribadan kelib chiqadigan eng asosiy xulosa shuki, eks tremizm va terrorizm bilan kurashda, asosan, huquqtartibot or ganlariga suyanish, faqat jazo choralarini qo‘llash orqali unga barham berishga intilish mazkur salbiy hodisaning oqibati bilan gina kurashish deganidir. Boshqacha aytganda, bunday yo‘ldan borilsa, ekstremizm va terrorizmni oziqlantirib turgan «ildiz»lar zararlanmay qolaveradi, ma’lum bir davr o‘tishi bilan ular yangi «kurtak»lar berishda davom etaveradi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling