Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «(Mushriklar tomo
afzali Alloh taoloning roziligini deb inson o‘z havoyi nafsiga qarshi ji-
hod qilishidir», deyilgan. Shuningdek, Imom Buxoriy va Imom Mus- lim rivoyat qilgan: «Bir kishi Rasululloh (a.s.)ga: «Men jihodda qat- nashmoqchiman», dedi. U zot: «Ota-onang bormi?» deb so‘radilar. «Ha», deb javob qildi u kishi. Shunda Payg‘ambar (a.s.): «Ular- ning huzuriga borib, yordam ber, xizmatini qil! Shu sening jihoding- dir», dedilar». Shundan kelib chiqqan holda, musulmon ulamo lar farzandning otaonaga qilgan xizmati ham jihod bo‘lishini ta’kidlaganlar. Bugungi kunda islomga oid munozaralar va islom amaliyoti da jihod masalasiga e’tibor qaratilishi uning eng ko‘zga ko‘ringan xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Islom dinining boshqa ko‘plab turli jihatlari bilan bir qatorda jihod atamasining ta rixi ham da ma’nosi ham keng qamrovli va murakkab sanaladi. Birlam chi muammo soddalashtirishga bo‘lgan da’vatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflab berishdan iboratdir. Islom dini ning taj ribaviy o‘ziga xosligi va universal tushunchaning muayyan bir til da ifodalanishi Qur’on nozil bo‘lishi o‘z nihoyasiga yetib, 632 yilda Payg‘ambar (a.s.)ning vafoti davrida boshlaganligini aytib o‘tish adolatdan bo‘lar edi. Umumiy va ochiq monoteizm uni versalligi islomdagi besh farzning birinchi qismi, ya’ni «Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir», degan tavhid kalimasidagi iborani qabul qil gan. Bu narsa islomda bo‘lgani kabi xristian yoki yahudiy e’tiqodi tomonidan ham osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin edi. Bi roq uning «Muhammad Uning payg‘ambaridir», degan ikkinchi qismida Muhammad (a.s.)ga qilingan vahiyning afzalligiga urg‘u berilgan. Jihod atamasining ma’nosi huquqiy va ilohiy mazmun da ushbu keng tajribaga asoslangan afzallik kontekstida ko‘rsa tib o‘tilgan bo‘lib, u islom dini o‘zidan oldingi ikkita «Ibrohimiy» vahiylarini o‘rnini egallashi haqidagi aqidani ilgari suradi. 115 Jihodga aqida sifatida qaraydigan bo‘lsak: Xadduriyga ko‘ra, jihodning umumiy ma’nosi «inson o‘z kuchquvvatini Allohning yo‘lida sarflashi, ya’ni Allohga bo‘lgan imonni tarqatish va Uning Kalomini ushbu dunyoda eng oliy qilish», deganidir. Aslida jihod atamasi ijtihod etimologiyasidan olingan bo‘lib, Allohning vahiy si va Qonunini tushunish uchun lozim bo‘lgan sharhlarni amal ga oshirishda «jahd qilish» yoki «mashaqqat chekish» ma’nolarini anglatadi. Jihod atamasining umumiy ma’nosi muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi burch ma’nosi bilan amalda sinonim hisoblana di, biroq nazariy jihatdan u urush ma’nosini anglatmaydi. keng qamrovda aytiladigan bo‘lsa, ushbu atama salafiylar uchun urush, toza va oddiy degan ma’nolarni bildiradi, ezoteriklar uchun esa ma’naviy va aqliy kurash ma’nosini anglatadi. Qur’onda bir nechta ochiq-oydin oyatlar mavjud (6:108 yoki 22:77), ushbu o‘rinlarda masalan jihod atamasi «jahd qilish» yoki «kuchini sarflash» ma’nolarida ishlatilgan. Eng ko‘p kelti- riladigan oyatlarda (4:95 yoki 61:10–13) jihod atamasi yaqqol «Alloh yo‘lidagi kurash» ma’nosini anglatadi. Boshqa oyatlar- da esa himoyaviy urush (22:39–40) yoki imonni himoya qi lish (6:125) ma’nolarini anglatib keladi. Shuningdek, juda ko‘plab qiziqarli filologik muammolar ham mavjud bo‘lib, ular Qur’on- dan foydalanish haqidagi har qan day umumiylashtirishni to‘g‘ri- lashi mumkin. Biz ularni nafaqat filologik noqobillikning yuqori- da zikr qilib o‘tilgan asoslarida e’tiborga arzigulik emas deb bi lamiz, balki O‘rta Sharqdagi salafiylar va islomning an’anaviy olimlari o‘rtasida keng tarqalgan kelishuv mavjud bo‘lganki, un- ga ko‘ra Makkadagi ilk vahiylarda asosiy urg‘u imon masala- lariga qaratilgan, keyinchalik bu narsa til jihodi deb nomlangan (qarang: 39:5). Madinadagi so‘nggi vahiylarda esa jihod asosan kurash va urush ma’nolariga ega bo‘lgan, keyinchalik bu nar- sa qilich jihodi deb atalgan (qarang: 2:215, 9:41, 49:15). Keyin- chalik qo‘shimcha farqlar ham aytib o‘tilgan: «Qalb jihodi» shaytonning vasvasala riga qarshilikni anglatgan; xuddi shun- day tarzda «Qo‘llarning jihodi» asosan to‘g‘ri narsani qo‘llash 116 va noto‘g‘ri narsani o‘zgartirish ma’nosi bilan keltirilgan. Ayni vaqtda zamonaviy olimlar uchinchi bobda qayd qilib o‘tilgan ke- lib chiqish manbalari, Qur’onning yakuniy tahriri sanasini bel- gilash, xristian manbalarining ta’siri va hokazo masalalar tufay- li Qur’onning ilk va so‘nggi suralari o‘rtasidagi farqni o‘rganib chiqishgan. Rasululloh (a.s.) Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng, Madinada musulmonlar uchun oldin bo‘lmagan nar sa, ya’ni davlat yuzaga keldi. Payg‘ambar Muhammad (a.s.) is lomning ilk – Makka davrida yuqorida keltirilgan, jang ma’no si bo‘lmagan jihodni olib bordilar. Chunki, u kishi mushriklar yetkazgan azob va uqubatlarga sabr qilish hamda ular bilan faqat Qur’on asosida mujodala – bahs yuritish, to‘g‘ri yo‘lga da’vat qi lishga buyurilgan edilar. Musulmonlar Madinaga ko‘chib o‘tganlaridan so‘ng, Alloh taolo musulmonlarga mushriklardan o‘zlarini mudofaa qilishga ruxsat berdi. Bu borada Qur’oni Karimda: «(Mushriklar tomo- Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling