117
yuz berganini ko‘rish mumkin», deb ta’kidlagan. Lekin, bugungi
kunda g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, olib borilayotgan urushlarni
«jihod» deb atalayotgani mutlaqo asossizdir.
Islom ta’limotiga ko‘ra, musulmon bo‘lmaganlar bilan o‘zaro
muloqot o‘rnatishning asli tinchlik orqalidir. Mudofaa mazmuni
ni anglatuvchi jihod joriy qilinishining asl sababi ham «doimiy
tinchlik»ni saqlab turish bo‘lgan.
Shunday ekan, tinchlikning bir
uchquni sezilgan zahotiyoq uni qabul qilish har bir musulmon
dan talab qilinadi.
«Agar ular sulhga moyil bo‘lsalar, Siz ham un-
ga moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling!» (Anfol, 61).
Bu borada islom tarixida yuz bergan Hudaybiya sulhida
Payg‘ambarimiz (a.s.)ning tinchlik uchun ko‘rsatgan marhamat
lari ma’lum va mashhurdir. Unda Rasuli Akram raqib tomon
ning juda noo‘rin talablariga ham ko‘nib, sulh, tinchlik o‘rna
tishga qanchalik intilish kerakligini musulmonlarga ta’lim berib
ketdilar. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, mudofaa ma’nosidagi ji
hod xalqaro shartnomalar va davlatlar o‘rtasida o‘zaro
kelishuvlar
bo‘lmagan bir holatda yuz bergan. Bugun esa bularning barcha
si o‘zgardi. Deyarli barcha davlatlar xalqaro tashkilotlar a’zolari
bo‘lib, turli hamkorlik shartnomalari, bitim va protokollarga im
zo qo‘yganlar. Shunday ekan, butun dunyo davlatlari islom ta’li
motlariga ko‘ra «muohad» ya’ni «ahd qilingan» toifasiga kiradi.
Rasululloh (a.s.) bir hadislarida shunday dedilar:
«Kim muohad-
Do'stlaringiz bilan baham: