Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

Nazorat savollari:
1. «Mujtahid»likning qanday darajalari mavjud? 
2. «Fatvo», «muftiy» so‘zlari qanday ma’nolarni anglatadi?
3. Fatvo berishning mas’uliyati borasida manbalarda nima 
deyilgan?
4. Yirik islomiy tashkilotlar hamda ulamolar tomonidan eks­
tremistik va terrorchi uyushmalar faoliyatining islom ta’limotiga 
zid ekani borasida chiqarilgan fatvolardan keltiring. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Hidoyat ortiga yashiringan zalolat. / Mualliflar jamoasi. – 
Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot­matbaa birlash­
masi, 2010. – 136 b.
2. Islom ma’rifati: asliyat va talqin. O‘quv­uslubiy qo‘llanma. 
– Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot­matbaa bir­
lashmasi, 2010. – 160 b. 
3. Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushma­
lar (Ma’lumotlar to‘plami). / K.Shermuxamedov, J.Karimov. – 
Toshkent: «Movarounnahr» nashriyoti, 2014. – 160 b.
4. «Dunyo ulamolari murojaati». / Mualliflar jamoasi. – Tosh­
kent: Movarounnahr, 2016. – 168 b.


137
9-mavzu. O‘ZBEKISTONNING TINChLIK VA XALQARO 
XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShDAGI O‘RNI
1. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi ham 
korlik 
shakllari.
2. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqa­
ro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki.
3. O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish 
masalalari.
Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkor-
lik shakllari, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari, 
xalqaro tuzilma va tashkilotlar, xalqaro hamkorlik.
Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakl-
lari. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mu­
taassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umum­
bashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati 
unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuz­
li tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O‘zbekis ton 
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993­yil 
28­sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48­sessiyasida qil­
gan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini 
izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi. 
2001­yilning 28­sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 
1373 (2001)­sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshi­
da terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mita­
ning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Preziden­
ti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro 
markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz 
1999­yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tash­
kilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 
2000­yilning 7–8­sentyabrida Nyu­Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT 
Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilma­
larida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish takli­


138
fini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng, 
O‘zbekiston 2001­yil dekabr oyida va 2002­yilning avgust oyida 
BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsi­
yasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash 
qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Ka­
rimov tashabbusi bilan 1998­yilda tashkil topgan «6+2» guruhi­
ning BMT rahbarligida 1998–1999­yillarda olib borgan faoliyati 
Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta 
ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston 
bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, 
Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onis­
tondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat – AQSH 
va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tash­
kil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va mu­
zokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda bir­biri bilan kurasha­
yotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistonda gi mojaroni 
tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»­
gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari 
bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999­yilning 
28­iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining 
Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.
Xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlar ushbu yo‘nalish­
da muayyan ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa­da, Afg‘onis­
ton jahon hamjamiyati uchun hali­hanuz tahdidlar o‘chog‘i 
bo‘lib qolayotganini, ushbu mamlakatda ziddiyatlarning kucha­
yib borishi, keskinlik va terrorizm ko‘lamining kengayishi global
xavfsizlik va barqarorlik uchun hamon jiddiy tahdid solayotganini 
ham ta’kidlash zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekis­
ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
2007­yil aprelda Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan, minta qaviy va 
xalqaro xavfsizlik ni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkor­
lik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlash 
tirishga 
doir masalalar muhokama qilingan NATO Yevroatlantika ham­


139
korlik kengashi sammitida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan g‘o­
yalar diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha 
yagona xalqaro amaliy mexanizm bo‘lib kelgan, 1997–2001­yil­
larda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko‘rsatgan, Afg‘onis­
ton bilan qo‘shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakil­
laridan tashkil topgan «6+2» muloqot guruhini hozirgi voqelikni 
inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolat­
xonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, «6+Z» guru­
higa aylantirish zarurligi haqidagi g‘oyat qimmatli amaliy taklif 
ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexa­
nizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtiroki­
da Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizm bilan bir­
ga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiznes va 
narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoq­
da. 1999­yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 
to‘g‘risida»gi, 2000­yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»­
gi va 2006­yilning 1­yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoli­
yatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarning 
qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shuningdek, terro­
rizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarni rati­
fikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. 
Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari 
surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur. 
Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qar­
shi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta konvensiya va 2 ta pro­
tokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro 
shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. 
O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qar­
shi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan. 


140
Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham 
O‘zbekiston ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xav­
fini o‘zaro birgalikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar 
bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000­yil 21­aprelda 
Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston 
respublikalari terrorizm, siyosiy va ekstremizm, xalqaro uyushgan 
jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradi­
gan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qi­
lish haqida shartnoma imzolagani ham bu ning isboti bo‘la oladi. 
Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va ter­
rorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, 
uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, 
terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘ir­
lik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli 
holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ij­
timoiy­iqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotga­
nidan dalolat beradi. 
XX asrning so‘nggi choragiga kelib, diniy ekstremistik va 
terrorchi kuchlarga qarshi kurash xalqaro muammo darajasiga 
ko‘tarildi. Bu esa ekstremizm va terrorizm tinchlik va barqaror­
lik uchun asosiy tahdid ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘plab eks­
tremistik va terrorchi guruhlar faoliyat olib borishga intila yotgan 
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’min etishda minta­
qadagi davlatlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 
o‘zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling