Va terrorizmga
Musulmonlari o‘zini portlatishga da’vat etuvchilar
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, so‘ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o‘t azobi bor- dir»
- «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib»
- Tohir Qodiriy
Musulmonlari o‘zini portlatishga da’vat etuvchilar
do‘zax olovidadir Qur’oni Karimga ko‘ra, terroristlarning omma xalqni portlatishi, insonlarni o‘zini-o‘zi portlatishga da’vat etishi va boshqa har qan- day tinch aholi hayotiga qaratilgan tajovuzlarni amalga oshirishi ul- kan jinoyat hisoblanadi. Albatta, bu ishlarni amalga oshiruvchilarga jahannamda og‘ir azob-uqubatlar borligiga hech qanday shak-shub- ha yo‘q. Qur’oni Karimning «Buruj» surasida odamlarni yondirish taqiqlangani keltirib o‘tiladi: «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, so‘ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o‘t azobi bor- dir» (Buruj, 10). Oyatdagi «fatanu» so‘zi «yondirish» ma’nosida ham tafsir qilina- di. Bu oyat odamlarni portlatuvchilar do‘zax egalari ekaniga isho- ra qiladi. Ibn Abbos va Muqotil aytdilar: «fatanu al-muminina» so‘zlari quyidagi ma’noni anglatadi: «Ular mo‘minlarni olov bilan yondiradilar». Ibn Humayd va Ibn Munzirdan rivoyat qili nishicha, Qatoda «Albatta, mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib», oyatini «olov bilan yondirib o‘ldirish» degan ma’noni anglatadi, deya taf- 132 sir qilgan. Imom Qurtubiy va Abu Hafs Hanbaliy ham shunday taf- sir qilganlar. Tohir Qodiriy Pokistonlik hanafiy ulamo, «Xalqaro Qur’on yo‘li» tashkilotining asoschisi 1 . Musulmon va musulmon bo‘lmagan aholini o‘ldirishlik orasida hech qanday farq yo‘q. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlarining oxirgi xutbalarida inson lar hayoti, molmulkini va obro‘e’tiborini saqlash haqida shunday dedilar: «Albatta, Alloh taolo qoningiz, molingiz va nomusingizni birbiringiz uchun mana shu muqaddas shahringiz, tabarruk oyin giz va ulug‘ ayyomingiz kabi muqaddas ayladi». Ushbu hadisga ko‘ra, bir odamni nohaq o‘ldirish, uning moli ga tajovuz qilish, obro‘siga putur yetkazish mutlaqo taqiqlanadi. Darhaqiqat, musulmon yoki boshqa din vakilini ular qayer da yashashlaridan qat’i nazar ularning hayotiga tajovuz qilishlik mumkin emas. Bu haqda Qur’oni Karimda quyidagicha ba yon etiladi: ya’ni «... biron jonni o‘ldirmagan va Yerda (buzg‘unchi lik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir» (Moida, 32). Ushbu oyatda «nafs» so‘zining ishlatilishi barcha bashari yat uchun dalolat qilishni anglatadi. Islomda har bir jon ju da qadrlanadi. Shu bois, bir beayb insonni o‘ldirgan odam bu tun boshli insoniyatni o‘ldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. Chunki jonlar ko‘p bo‘lgani bilan hayot kechirish haqqi bit ta. Har bir jon ha yot kechirish haqqiga ega. Ana o‘sha jon lardan bittasini o‘ldirgan odam hamma jonlarning hayot ke chirish haqqiga tajovuz etgan bo‘ladi. Shuning uchun bir jonni nohaq uni qaysi dinga mansubligidan, tilidan yoki qaysi mam lakat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar qatl etish islom dinida 1 Tohir ul-Qadri. Fatwa on terrorism and suicide bombings. Printed by Biddles Book Printers, Norfolk UK, 2010. – P. 62–65. 133 qat’iyan man etiladi. Aksincha, bitta jonning hayotini saqlab qolish esa, hamma jonlarning hayot kechirish haqqini saqlab qolgan bilan teng bo‘ladi 1 . Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling