Va terrorizmga
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro
tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki. O‘zbekistonning xalqaro ter rorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqarosiyosiy yoki harbiysiyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Bir lashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubisharqiy Osiyo dav latlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mam lakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), 141 Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkor lik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tash kiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qa bul qilingan eks tremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratil gan shartnoma larni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiyhuquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Musta qil Davlatlar Hamdo‘stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkilo ti kabi tuzilmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ham im zolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999yilning 4iyunida imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma» O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatna shayotganidan dalolat beradi. Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001yil 15iyunda «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konven siyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston par lamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1moddasi da «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chi qadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli. 2002yil 7iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning aso siy huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shu ning uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan. 2004yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent da bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida ya gona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyor 142 lash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miq yosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN) bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzil masining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilma si terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinish lari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mam lakatlariga ko‘maklashishi zarur. Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va «ekstremizm» ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004yil 1yanvaridan boshlab, Toshkent da ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yurit moqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005yilning o‘zida ko‘plab sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi olinganligi ma’lum. Xususan, 2005yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavf sizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstre mizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007–2009yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bi tim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va eks tremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida gi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida 2020yilgacha bo‘lgan davrda savdoiqtisodiy hamkorlikni ko‘zda tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mam lakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ich ki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va 143 giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘za ro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda. Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1994yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musul monlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish dan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tash kilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari glo bal xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tut gan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Jumladan, 2010yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining «Mingyil lik rivojla nish maqsadlari» bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida Bi rinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutq so‘zladi. Unda terro rizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalik da kura shish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu xalqaro tashkilotlar bi lan samarali hamkorlik kelgusida ham O‘zbekiston tashqi siyosa tining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi. «Biz xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o‘z yo‘limiz- da qat’iymiz: ya’ni O‘zbekiston aqidaparastlikning – u xoh diniy, xoh kommunistik shaklda bo‘lsin – har qanday ko‘rinishlariga qar- shimiz». Islom Karimov Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling