Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

Nazorat savollari:
1. «Kufr», «takfir» so‘zlarining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari 
haqida so‘zlab bering. 
2. «Jihod» deganda nimani tushunasiz va uning qanday tur­
lari mavjud?
3. Islom dini tarixida sodir bo‘lgan hijrat va uning ahamiyati 
haqida nimalarni bilasiz? 


122
4. «Mazhabsizlik» g‘oyasining salbiy oqibatlari nimalarda 
namoyon bo‘ladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Hidoyat ortiga yashiringan zalolat. / Mualliflar jamoasi. – 
Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot­matbaa birlash­
masi, 2010. – 136 b.
2. Islom ma’rifati: asliyat va talqin. O‘quv­uslubiy qo‘llanma. 
– Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot­matbaa bir­
lashmasi, 2010. – 160 b. 
3. Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish 
yo‘llari. A.Hasanov, O.Yusupov, K.Shermuxamedov, U.G‘afurov, 
J.Karimov. – Toshkent: Movarounnahr, 2013. – 160 b. 
4. Islom ma’rifati va hozirgi zamon. / Mas’ul muharrir A.Ab­
dullayev. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot­mat­
baa birlashmasi, 2016. – 160 b.


123
8-mavzu. XALQARO ISLOMIY TAShKILOTLAR, 
DINIY ULAMOLAR TOMONIDAN EKSTREMIZM 
VA TERRO RIZMGA QARShI ChIQARILGAN
FATVOLAR TAhLILI
1. Fatvo va unga doir masalalar.
2. Fatvoning musulmonlar hayotidagi ahamiyati.
3. Xalqaro islomiy tashkilotlar, diniy ulamolar tomonidan eks­
tremizm va terrorizmga qarshi chiqarilgan fatvolar.
Tayanch so‘z va iboralar: mujtahid, mutlaq mujtahid, muxarrij, 
murajjih, mandub, nass, fatvo, muftiy, xalqaro islom tashkilotlari, 
diniy ulamolar.
Fatvo va unga doir masalalar. Islom ilm, ma’rifat va inson 
manfaatlarini himoya qiluvchi dindir. Qur’on va hadislar islom­
ning asosiy manbalari bo‘lish bilan birga musulmonlar hayo tini 
tashkil etish uchun muhim qo‘llanma ham hisoblanadi. Shunday 
ekan, Qur’on va sunnatga asoslangan holda musulmon larning 
manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovon­
ligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko‘zlab fatvo chiqa rish 
alohida bilim va malakani talab etadi. Mo‘tabar manbalarga 
ko‘ra, arab tili, Qur’on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixi­
ni juda chuqur va mukammal biladigan mujtahidlargina shun­
day hukm chiqarish huquqiga egadir. Biroq tarix va zamonaviy 
voqelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligi­
ni ko‘rsatmoqda. Bunday harakatlar muqaddas islom dinidan 
foydalangan holda amalga oshirilgani va oshirilayotganini ham 
afsus bilan qayd etish lozim.
So‘nggi yillarda ekstremistik va terrorchi guruhlar din niqo­
bi ostida o‘z harakatlarini «shar’iy» deb hisoblash orqali jamiyat­
da turli xil qarama­qarshiliklarni yuzaga keltirishga intilmoqda. 
Ular o‘zlarini «mujtahid» deb e’lon qilgan holda necha asrlardan 
buyon musulmonlar jamoasi ergashib kelayotgan mazhab ta’li­
motlariga zid bo‘lgan turli «fatvolar»ni chiqarmoqda. Bu esa, bir 
tomondan insonlarni adashib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishlari­


124
ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda o‘zaro tushun­
movchilik, adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yarat­
moqda. 
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, mujtahid kim? Fatvo o‘zi 
nima? Uni kimlar berishga haqli? 
«Mujtahid» so‘zi lug‘atda – «tirishqoq» degan ma’noni bildira­
di. Shar’iy istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa 
shariat manbalari asosida hukm chiqara oladigan kishiga aytiladi. 
Bugungi kunda mujtahid darajalari xususida bir qancha fikr­
lar mavjud bo‘lib, ular bir­biridan juz’iy holatdagina farq qiladi. 
Hanafiy mazhabi manbalariga ko‘ra mujtahidlik darajalari quy­
idagi qismlarga bo‘linadi:
1. «Mujtahid fi­sh­shariha» yoki «Mutlaq mujtahid» – Qur’on 
va sunna asosida usul al­fiqhni ishlab chiqadi hamda shariat sa­
vollariga javob beradi. Bu toifa ulamolarga to‘rt mazhab asoschi­
lari kiradi;
2. «Mujtahid fi­l­mazhab» («Mazhab ichidagi mujtahid») – ij­
tihod darajasiga erishgan, biroq u o‘zi tomonidan usul va qoida­
larni ishlab chiqmaydi, balki, biror mazhab asoschisining yo‘li­
dan boradi. Bunga Imomi A’zamning shogirdlari Imom Abu 
Yusuf va imom Muhammad Shayboniylarni keltirish mumkin;
3. «Mujtahid fi­l­masail» («Masalalar mujtahidi») – mazhab­
boshi tomonidan javob berilmagan yangi masalalar yuzasidan 
muj tahid mutlaq ishlab chiqqan usullar asosida ijtihod qiladi. 
Bu toifaga Imom Tahoviy, Imom Saraxsiy va Imom Karxiy ka­
bi ulamolar kiradi;
4. «Muxarrij» – o‘zlari mustaqil ravishda ijtihod qila olmay­
di, lekin mujtahidlar tomonidan bildirilgan, ko‘rinishidan ikki xil 
tushu nish mumkin bo‘lgan ijtihodga aniqlik kiritadi. Bunga misol 
tariqasida Imom Roziy va Imom Jurjoniylarni keltirish mumkin;
5. «Murajjih» – bu toifa ulamolar ham ijtihod qilishga qo­
dir bo‘lmasa­da, bir masalada mujtahidning ikki xil fikri bo‘lsa, 
dalillarga tayangan holda ulardan birini tanlaydi. Bunga Imom 
Quduriy va Imom Marg‘inoniylarni kiritish mumkin;


125
6. «Muqallid» – bu yuqoridagi darajalarga kirmaydigan faqih­
lardir. Ular o‘z mazhablari ichidagi masalalarni yaxshi o‘zlashtir­
gan hamda o‘z faoliyati davomida ulardan keng foydalanadigan 
ulamolardir. Bunga Imom Xaskafiy va Ibn Obidin kabi faqihlar 
mansubdirlar.
Mujtahid tomonidan biror masala yuzasidan chiqarilgan 
hukm «fatvo» deb ataladi. «Fatvo» arabcha so‘z bo‘lib, «savol­
ga javob berish», «shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq», 
«maslahat bermoq», «muftiyning xulosasi» ma’nosini anglatadi. 
Istilohda esa, so‘ragan kishiga shar’iy dalil asosida hukm chiqa­
rishga nisbatan qo‘llaniladi.
Lug‘aviy jihatdan fatvo beruvchi inson «muftiy» deb ataladi. 
Bu borada olimlar bir qancha fikrlarni bildirganlar. Jumladan, 
mashhur faqihlardan Imom Qarofiy shunday degan: «Muftiylar 
Alloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki ular nassga tayangan 
holda hukm chiqaradilar». Imom Shotibiy esa: «Muftiylar ummat 
uchun Rasululloh (a.s.) maqomlarida bo‘ladilar. Bunga dalil qilib: 
«Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari dir. Payg‘ambarlar di­
nor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar», ha­
disini keltiradi». Demak, fatvo berish o‘ta sharafli va mas’uliyat­
li vazifalardan hisoblangan.
Dastlab fatvo berish maqomida Rasululloh (a.s.) turganlar. 
U kishining fatvolari Alloh taolo tomonidan vahiy qilingan Ra­
sululloh (a.s.) bilan sahobiylar o‘rtasidagi suhbatlar odatda sa­
vol­javob tarzida bo‘lar edi. Rasululloh bilganlariga javob berar
bilmaganlariga Alloh taolodan shu savolga javobni bildirishni 
so‘rar edilar.
Rasululloh (a.s.)dan so‘ng sahobiylar, ulardan keyin tobe’iylar 
fatvo berganlar. Shunday bo‘lsa­da, fatvo berishning mas’uliya­
ti og‘ir ekanini his qilib, sahobiylardan Umar ibn Xattob, Ali ibn 
Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha onamiz, Zayd ibn So­
bit, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar (r.a.) kabi sanoqli 
kishilargina fatvo chiqarganlar. Ibn Abu Laylo aytadilar: «Rasu­
lulloh (a.s.)ning 120 ta ansorlarini uchratdim. Ularning birlari­


126
dan savol so‘raganimda keyingisiga o‘tkazar, undan so‘rasam u 
boshqasini ko‘rsatar edi. Oxiri aylanib yana birinchi savol bergan 
kishiga keldim». Ushbu holatda ham ko‘rishimiz mumkinki, sa­
hobiylar fatvo berishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lganlar.
Sahobiylardan so‘ng, tobe’iylar yoki ulardan keyingi davr­
da yashagan ulamolar ham fatvo berishdan o‘zlarini saqlardilar. 
Jumladan, tobe’iylardan bo‘lgan Sha’biydan bir savol so‘ralgan­
da u kishi: «Bilmayman», deb javob qiladi. Shunda, odamlar: 
«Sen Iroq faqihi bo‘lsang, «bilmayman» deyishga uyalmaysan­
mi?!» deganda Sha’biy: «Farishtalar: «Zoti poking haqqi, bizda 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling