Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

Nazorat savollari:
1. Islom dinining tinchlikparvarlik mohiyatini ochib bering. 
2. Islom dinining muqaddas manbalarida ilm olishning fazila­
ti va olimlarning darajasi haqida nimalar deyilgan?
3. «Bag‘rikenglik» va «diniy bag‘rikenglik» deganda nima 
tushuniladi?
4. O‘zbekistonda millatlar va dinlararo bag‘rikenglik borasida 
qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tinchlikni asrash – muqaddas burch. / Mas’ul muharrir 
A.Ochildiyev. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashri­
yot­matbaa birlashmasi, 2009. – 32 b. 
2. Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish 
yo‘llari. / A.Hasanov, O.Yusupov, K.Shermuxamedov, U.G‘afurov, 
J.Karimov. – Toshkent: Movarounnahr, 2013. – 160 b.
3. Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik (yuz savolga­yuz javob). 
/ Mas’ul muharrir O.Yusupov. – Toshkent: «Toshkent islom uni­
versiteti» nashriyot­matbaa birlashmasi, 2013. – 156 b.
4. Hasanboyev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabat­
lari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb 
yo‘nalishlari. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashri­
yot­matbaa birlashmasi, 2014. – 552 b. 


61
4-mavzu. EKSTREMIZM VA TERRORIZM –
JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAhDID
1. Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi.
2. Ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi.
3. Terrorizmning moliyaviy manbalari.
4. Musulmon mamlakatlarining ekstremizm va terrorizm ga 
qarshi kurashi.
Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro islom tashkilotlari, noqonuniy 
qurol-yarog‘ savdosi, narkobiznes, majburiy badal, tabarruhot, kid-
neping, qarshi kurash strategiyasi.
Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Hozirgi kun­
da islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlar ning 
ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy­iqtisodiy hayotiga, davlatlar aro 
va xalqaro munosabatlarga ta’sir etib kelmoqda. Siyosatchilar 
musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboli­
ga ta’sir ko‘rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omili­
ning kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kat­
taligi, ya’ni jo‘g‘rofiy­strategik imkoniyatlarining ham o‘ziga xos 
o‘rni bor.
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musul mon 
aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yi­
cha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar – 49% (Turkiya, 
Pokiston, Hindiston va h.k.), shofiiylar – 25% (Misr, Indonezi­
ya, Suriya va h.k.), molikiylar – 17% (Tunis, Jazoir, Marokash, 
Liviya va h.k.), hanbaliylar – 1,5% (Saudiya Arabistoni va h.k.). 
Shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman 
va h.k.)ning huquqiy hayotida jahfariylik mazhabi o‘z mavqeyi­
ni ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O‘rta Osiyoda, xu susan, 
O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.
Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Osiyoda, 30 
foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoa­
lari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakat bo‘lsa, shundan 40 


62
dan ortig‘ida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qila­
di. Jumladan, Indoneziyada 218 million, Pokistonda 183 million, 
Bangladeshda 154 million, Nigeriyada 120 million, Eron va Tur­
kiyada 75 milliondan, Misrda 80 million, Marokashda 32 mil­
lion, Jazoirda 38 milliondan, Saudiya Arabistonida 30 milliondan 
ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlar­
ning soni 250 milliondan ortgan. Bulardan tashqari, Ozarbay­
jon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston, 
Ingushetiya, Kabardin­Balqar kabi respublikalarida 30 million, 
Markaziy Osiyo davlatlarida 55 million musulmonlar tashkil 
etishini qayd etish lozim.
Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurs­
larning ulkan zaxiralariga ega. G‘arb dunyosining Yaqin va O‘rta 
Sharqdagi uglevodorod resurslariga bo‘lgan bog‘liqligi yaqin is­
tiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari 
tabiiy resurslardan maksimal ravishda foydalanib, o‘z iqtisodiyot­
larini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bir qator musulmon 
mamlakatlarida chet eldan yangi qurol­yarog‘ sotib olish ham­
da zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o‘zining har­
biy kuch­qudratini oshirish, hatto ommaviy qirg‘in quroliga ega 
bo‘lishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ekstremizm va undan oziqla­
nayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terro rizm ana 
shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. 
Keng ko‘lam va xilma­xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu tah­
didga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun 
dunyo uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurol­
li hujumlar shaklida paydo bo‘lgan siyosiy terrorizmni bugun har 
qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60­yillaridan bosh­
lab, dunyodagi butun­butun mintaqalari turli­tuman terrorchilik 
tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi. 
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo‘lgan 
ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy e’tiqod va­


63
killari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro 
ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal 
toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivoj­
lanishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi 
tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida 
faoliyat yuritadi. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsa­
tayotgan terrorchilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamo­
naviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan 
iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘za­
ro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollar­
da, bir­birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordam­
ni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga 
«Musulmon birodarlar», «al­Jihod al­Islomiy», «al­Jamaat al­Is­
lomiya», «at­Takfir val­hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), 
«Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy 
harakat» (Jazoir), «al­Qoida», «Boko haram», «Iroq va Shom is­
lom davlati», «Jabhat an­nusra» kabilarni kiritish mumkin.
BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissi­
yasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari 
«Arab bahori» natijasida ko‘rgan zarari 614 milliard AQSH dol­
lari yoki hududning 6% yalpi ichki mahsulotiga teng bo‘ldi. Ush­
bu natijalar 2011–2015­yillar doirasida hisoblandi. Birgina Suriya 
davlatining o‘zi ko‘rgan iqtisodiy zarari 259 milliard AQSH dol­
lariga teng bo‘ldi. 
2000­yildan 2016­yilga qadar dunyoda 72 ming 135 ta ter­
rorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularning 55% to‘rtta davlat 
– Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston hududida amalga 
oshirilgan. 169 ming 572 nafar odam terrorchilik harakatlari qur­
boniga aylandi. 260 ming 684 nafar odam jarohat oldi.
2015­yili dunyodagi 163 ta mamlakat ichida 92 ta davlat ter­
rorchilik harakatlaridan zarar ko‘rdi. Ulardan Afg‘oniston, Suri­
ya, Pokiston, Iroq, Nigeriya va Yaman davlatlari terrorchilik ha­
rakatlaridan eng katta zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi.


64
2015­yili terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan 
odamlar soni 29 ming 376 tani tashkil etdi. Ularning eng ko‘pi, 
ya’ni 11 ming 900 nafari Iroq, Nigeriya va Afg‘oniston davlatlari­
ga to‘g‘ri keldi. Boshqa davlatlarda esa halok bo‘lgan odamlar so­
ni 2014­yilga nisbatan 14% ga oshdi, ya’ni 17 ming 476 nafarni 
tashkil qildi.
Umuman olganda, o‘tgan asrning 90­yillarining boshlarida 
ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan din niqo­
bidagi ekstremizm to‘lqini hamon musulmon dunyosida real xavf 
sifatida saqlanib qolmoqda.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling