Va terrorizmga


imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!...»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!...» (Baqa-
ra, 208). Tafsir kitoblarida keltirilishicha, oyatdagi «yoppasiga» 
so‘zi barcha insonlarning birlashgan holda tinchlik yo‘lini tutish­
lari lozimligi va uning barqarorligini saqlashda qanday yo‘l bilan 
bo‘lsa ham o‘z hissalarini qo‘shish zarurligini bildiradi.
Tinchlik insoniyatga berilgan ne’matlarning ichida imondan 
keyingi eng ulug‘ ne’mat sanaladi. Bu haqida Muhammad (a.s.) 
shunday deganlar: «Allohdan avf va tinchlik-omonlikni so‘rangiz-
lar, biror kishiga imondan keyin avf qilishlik va tinchlikdan afzalroq 
ne’mat berilgani yo‘q».
Alloh taolo Qur’oni Karimning Baqara surasi 126­oyatida «Es-
lang, Ibrohim: «Ey, Rabbim, buni (Makkani) tinchlik shahri qilgin 
va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilariga (tur-
li) mevalardan rizq qilib bergin!», deb duo qilganida avvalo tinch­
lik, undan keyin rizq so‘rash orqali duo qilish ta’limi berilmoqda. 
Bundan ko‘rinadiki, tinchlik­xotirjamlik rizqdan ham ulug‘roq 
ne’matdir. 


51
Tinchlikni qadrlash hamda osoyishta hayot uchun shukurona­
lik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hi­
soblanadi. Islom ta’limotida masalaning bu jihatiga ham alohi­
da e’tibor berilgani Qur’oni Karimning «Nahl» surasi 112­oyatida 
«Alloh bir shaharni (Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) 
edi, har tomondan rizqi kengu mo‘l kelib turar edi. Bas, u (aho lisi) 
Allohning ne’matiga noshukurlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu 
«hunarlari» sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni «totish»ga maj-
bur etdi». Shukur qilish orqali berilgan ne’matlar yanada ziyoda 
bo‘lar ekan, uni asrab qolish uchun ushbu ne’matni e’tirof etish 
va shukur qilish muhim omildir. Inson go‘zal bir holatda umr 
kechirayotgan bo‘lsa uning o‘zi bu holatni o‘zgartirmagunicha 
ya’ni, noshukurlik qilmagunicha Yaratgan aslo ularning ne’mat­
larini to‘sib qo‘ymasligini oyati karimalarida aytib o‘tgan. 
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar (a.s.) 
shunday deydilar: «Kimki, o‘z uyida xavf-xatardan emin holda tong 
orttirsa va huzurida bir kunlik ozig‘i bo‘lsa, bas unga go‘yoki, dunyo 
ne’matlari to‘laligicha ato qilinibdi»
Muqaddas manbalar orqali kishi uchun eng aziz ne’mat bu – 
tinchlik ekani bildirilmoqda. Alloh tarafidan bandalarga ato etil­
gan ushbu ne’matga rahna solish eng katta gunohdir. 
Zero, Payg‘ambar (a.s.) o‘z faoliyatlarida doimo muzokara, 
sulh bilan tinchlik yoki mudofaa yo‘lini tutganlari islom tarixidan 
ham ma’lum. Ayniqsa, «Hudaybiya sulhi» deb nom olgan tinch­
lik bitimida ularning tinchlikparvar siyosatlari yaqqol namo­
yon bo‘ldi. Musulmonlar uchun noqulay shart­sharoitlar asosida 
tuzil gan bu sulhga sahobiylar keskin qarshi chiqsalarda, Rasu­
lulloh (a.s.) tinchlikka erishish va qon to‘kilishining oldini olish 
maqsadida ushbu hujjatga darhol imzo qo‘ydilar. Qur’oni Karim­
da ham bu borada, «Bordiyu, tinchlikka moyil bo‘lsalar, bas, sen 
ham unga (tinchlikka) moyil bo‘l va Allohga tavakkul qil», deb qat­
tiq ta’kidlangan (Anfol, 61).
Darhaqiqat, Hudaybiya sulhi o‘zining ahamiyati jihatidan har 
qanday jangdagi g‘alabadan yuqori turadi. Zero, bu sulh yan­


52
gi islom dinining tinchlikparvar mohiyatini namoyon etgan edi. 
Payg‘ambar (a.s.) o‘zlarining ziyonlariga bo‘lsa ham tinchlik 
uchun qanchalik jonkuyar ekanlari makkaliklarga hamda ayrim 
madinalik sahobiylarga saboq bo‘ldi. 
Keyinchalik esa, Payg‘ambar (a.s.) Arabiston tarixida misli 
ko‘rilmagan kuchga ega bo‘lsalar­da, Makkani qon to‘kmasdan 
tinch yo‘l bilan egallash yo‘lini tutganlari ham e’tiborga molik. 
Vaholanki, Makka mushriklari necha yillar davomida Rasululloh 
(s.a.v.)ga aziyat yetkazib, ularga qarshi chiqib, ko‘plab musulmon­
larning umriga zomin bo‘lgan edilar. Rasululloh (a.s.) shaharga 
kirishdan oldin makkaliklarga Abu Sufyonning hovlisiga kirib ol­
ganlar, eshigini qulflab o‘tirganlar, Masjid al­Haromga kirib ol­
ganlarga omonlik berilishini kafolatladilar. 
Makkaga kirgach esa, Rasuli Akram shu vaqtgacha dushman­
lik qilib kelgan mushriklarni bir joyda to‘plab: «Ey, Quraysh ahli
sizlarga meni qanday chora ko‘radi, deb o‘ylaysizlar?» Quraysh 
dedi: «Saxiy insonning saxovatli farzandidan yaxshiliknigi­
na kutamiz». Shunda Rasuli Akram «Men sizlarga Yusuf (a.s.) 
o‘z birodarlariga aytgani kabi – «Bu kun sizlarga nisbatan ayblov 
yo‘q» (Yusuf, 12), – deyman. Ketaveringlar, hammangiz ozodsiz­
lar», deb marhamat ko‘rsatdilar. Hatto dushmanlarga ham oliy­
janoblik ko‘rsatish, ularga kechirimli munosabatda bo‘lish dini­
mizning tinchlikparvar mohiyatini namoyon etadi. Zero, islom 
dini har qanday sharoitda jangga yo‘l qo‘ymaslikka, tinchlikni 
asrashga katta e’tibor bergan. Payg‘ambar (a.s.) sahobiylarga doi­
mo takrorlab shunday deganlar: «Qiyomat kuni birinchi savol no-
haq to‘kilgan qonlar to‘g‘risida bo‘lur» (Imom Buxoriy rivoyati).
Tinchlikni ulug‘ ne’mat, deb e’lon qilgan dinimizda bu yo‘lda 
nafaqat amal, balki so‘z bilan ham zarar keltirishdan qaytarilgan. 
Payg‘ambar (a.s.) «Musulmon kishi shuki, uning tilidan va qo‘lidan 
musulmonlar ozor chekmaydilar!» deb marhamat qilganlar. Zero, 
so‘z, ya’ni tildan yetadigan ozor qo‘ldan yetadigan zarardan avval 
zikr etilishi, qo‘l bilan boshqalarning faqat bu dunyosi – salomat­
ligi, oilasi, mulkiga zarar yetkazish mumkinligi, til bilan – inson­


53
larni turli buzg‘unchi g‘oyalarga targ‘ib qilish, kishilarni to‘g‘ri 
yo‘ldan chalg‘itish orqali ikki dunyosini barbod etish mumkin. 
Shu nuqtayi nazardan, bugungi kunda ayrim firqa va toifalarning 
musulmonman, deb turgan aholining ichida parokandalik, oilasi­
da ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinishlari islomning asl mo­
hiyatiga butunlay ziddir. Bu amallarni islom nomi bilan bog‘lash 
dinimizga nisbatan tuhmatdir. 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling