Va terrorizmga
Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid sola-
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «hizbut-tahrir al-islomiy»
Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xavfsizlikka tahdid sola-
yotgan ekstremistik va terrorchi tashkilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligi rivojiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilgan bir qancha mu taassib harakatlarning maqsadi tahlil qilinganida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Mintaqada asosan «Hizbuttahrir», «Turkiston islom harakati», «Akromiylar», «Nurchilar», «Islomiy jihod itti hodi» kabi guruhlarning faoliyati kuzatildi. «hizbut-tahrir al-islomiy» (arab. «Islom ozodlik partiyasi»). «Hizbchilar», «tahrirchilar» deb ham yuritiladi. Falastinlik Ta qiyiddin Nabahoniy (1909–1979) mazkur ekstremistik tashkilot ning asoschisi hisoblanadi. Isroil davlatini tashkil etish haqida gi BMT qaroridan keyin 1947yilda oilasini olib, Falastindan Bayrutga ko‘chgan. Aslida Misrdagi «alIxvon almuslimun» 102 («Musulmon birodarlar») tashkiloti a’zosi bo‘lgan Nabahoniy 1953yilda mazkur jamoa a’zoligidan chiqib, Quddus (Iyerusalim) da «Hizbuttahrir alislomiy» tashkilotini tuzgan. Nabahoniy va fotidan so‘ng hizbga falastinlik Abdulqadim Zallum (1925–2003) boshchilik qildi. Uning rahbarligi davrida tashkilot sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarda (asosan Markaziy Osiyo hududi da) o‘z faoliyatini jadallashtirgan. Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabahoniy, keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruv chi yagona xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qil gan. Shundan keyin esa, ushbu shakllangan islom ummatining da’vatlari orqali butun dunyoda xalifalik davlatini qurish mum kin, deb hisoblaydi. Tashkilotning strategiyasi quyidagi uslublar orqali namoyon bo‘ladi: – fikriy kurash. Bu omma orasida o‘zining «madaniy» qa rashlarini targ‘ib qilish orqali bo‘ladi; – fikriy inqilob. Bunda madaniy va siyosiy faoliyat olib borilib, hizbning fikrlari jamiyat ongiga singishi bilan yuzaga keladi; – hukumatni egallash. Bu bosqich «tarbiyalangan ummat» orqali barcha hukmni qo‘lga olish bilan yakunlanadi. So‘nggi yillarda «Hizbuttahrir»da g‘oyaviy yakdillik yo‘qolib, faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo‘linishlarga olib keldi. Undan «Hizbun nusra» guruhi ajralib chiqdi. Shuningdek, «Hizbuttahrir»ning «Ayollar qanoti» kuchaytirilishi barobarida, ular orasida o‘zini o‘zi o‘ldirish amaliyotidan keng foydalanil moqda. «Hizbuttahrir»ning a’zolari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, «Amir Qiyodat» (dunyo bo‘yi cha xalifalik davlatining eng katta rahbari), «Mo‘tamad» (vakil, ma’lum bir davlat boshlig‘i), «Mas’ul» (javobgar, viloyat bo‘yicha boshliq), «Naqib» (rahbar, rais, tuman bo‘yicha boshliq), uning yordamchisi esa «Musoid» va undan keyingi lavozimdagilar «Ji hoz a’zolari» (boshqaruv idora a’zolari) deb ataladi. Harakatga 103 kiruvchilarni o‘qitishga mas’ullar «Mushrif» (guruh rahbari) de yilsa, o‘quvchilarni «Doris» (o‘quvchi) deb belgilangan. «Hizbuttahrir» jamoasi g‘oyalarining Markaziy Osiyoga ki rib kelishi 1980yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda jamoa ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr etilgan turli xildagi kitob, risola va jurnallar noqonuniy yo‘llar bilan mintaqaga olib kiril di. Mazkur tashkilot 1992yildan boshlab, O‘zbekiston hududida o‘zining o‘ta zararli faoliyatini olib borishga harakat qilib kelgan. «Hizbuttahrir»ning faoliyati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izis ton, Tojikiston, Livan, Misr, Iordaniya, Germaniya, Rossiya, Po kiston va Suriya kabi bir qator davlatlarda qonun bilan taqiqlangan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling