Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
«Akromiylar».
Asoschisining nomidan kelib chiqqan holda «Akromiylar» firqasi «imonchilar», «birodarlar», «xalifachilar» deb ham ataladi. «Hizbuttahrir» tashkiloti asoschisi Taqiyiddin Nabahoniy asar laridan ta’sirlangan holda 1992yilda Akrom Yo‘ldoshev (1963– 2009) tomonidan Andijonda shakllantirilgan. «Akromiylar»ning bosh g‘oyasi – islomiy boshqaruv shaklida gi davlatni barpo etish hisoblanib, buning uchun bosqichmabos qich harakat qilish, avval Farg‘ona vodiysida xalifalik tuzumi barpo etish va keyinchalik uni mintaqaning boshqa hududlariga yoyish maqsad qilingan. Akrom Yo‘ldoshev «ilk diniy saboqlar»ini «Hizbuttahrir» uyushmasida olganligi bois, o‘z shaxsiy ta’limotini yaratishda harakatning nazariy va amaliy fikrlaridan yiroqlasha olmagan. Shu bois, «Islom nizomi», «Izzat va sharaf sari» va «Xalifalik» nomli «Hizbuttahrir» adabiyotlaridan foydalangan holda o‘n ikki darsdan iborat «Imonga yo‘l» nomli kitobi orqali o‘z diniy falsafiy qarashlarini bayon qiladi. Sekinasta o‘z atrofiga xayrixoh bo‘lgan kishilarni yig‘ib, mazkur kitob asosida darslar tashkillashtirgan va «Akromiylar» jamoasini shakllantirgan. Bu kitobdagi g‘oya atrofida birikkan tadbirkorlar o‘nlab korxonalar ochishadi. Bu kor xonalardagi ish tartibi go‘yoki «islomiy adolat» tamoyillariga asoslangani aytiladi. 104 Harakat siyosiy hokimiyatga erishishning 5 ta – «sirli», «mod diy» («iqtisodiy»), «ma’naviy» («siyosiy»), «uzviy maydon» va «to‘ntarish» («oxirat») bosqichiga asoslanadi. So‘nggi ikki bos qich jamiyat «islomlashtirilgan»dan so‘ng amalga oshirilishi va u orqali hokimiyatni butunlay egallash rejalashtirilgan. «Akromiylar» o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida, tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlar hamda yangi a’zolarni aso san qarindoshlar hisobiga o‘zlarining savdo do‘konlari, sartarosh xona, novvoyxona, duradgorlik, qandolatchilik, kosibchilik va mebel ishlab chiqarish sexlariga ishga jalb qilish orqali kengay tirishga harakat qilganlar. «Akromiylar» yangi a’zolarga ertayu kech mavjud tuzumning kamchiliklari, o‘zlarining go‘yoki si yosatdan yiroq, kichik bo‘lsada, haqiqiy «birodarlar jamoasi» muhitining «go‘zal» jihatlarini uqtirib borish orqali ruhiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilganlar. Bunda ular hokimiyatni qo‘lga olish bilan bog‘liq rejalarini jamoaning asosiy qismidan sir tut ganliklari hamda yangi tarafdorlar ularni siyosatga aloqasi yo‘q deb bilganlari bois singdirilayotgan fikrlarga ko‘nikib boravergan liklarini ko‘rsatadi. Bu yo‘ldagi amaliy da’vat uslubi boshqa mu taassib kuchlar yondashuvidan farqli bo‘lib, ommaga mafkuraviy tuzoq qo‘yishga asoslangan. Akrom Yuldoshevning 2004yil yozida «Akromiylar»ga tegishli qator idora va tashkilotlarning faoliyati to‘xtatilib, rahbarlari hibsga olinganidan keyin, ularni ozod etish choratadbirlariga boshchi lik qilgani aytiladi. Unga nisbat berilgan videoda Yo‘ldo shev may oyining dastlabki kunlarida va 12maydan 13mayga o‘tar kecha si ham Andijonda qanday voqealar yuz berayotganligidan doi mo xabardor bo‘lib turganligini aytgan edi. Ma’lumki, 2005yil 12–13 may kunlari Andijon shahrida «Akromiylar» oqimi mavjud kons titutsiyaviy tuzumni ag‘darish maqsadida ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lishiga hamda fuqarolar va davlat mulkiga katta zarar yetkazilishiga olib kelgan terrorchilik harakati sodir etgan. Hozirgi vaqtda G‘arbda «Akromiylar» yangi diniysiyosiy gu ruhlar tarkibida faoliyatni davom ettirmoqda. Jumladan, oqim 105 tarafdorlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida 2009yil ning may oyida «Andijon – Adolat va Tiklanish» tashkiloti tash kil qilgan. 2011yilda «Akromiylar» jamoasi va ularga moyil bo‘lgan «Andijon – Adolat va Tiklanish», «Tanyach» tashkilot lari va «Erk» partiyasi ishtirokida «O‘zbekiston xalq haraka ti» nomli uyushma tuzilgan. Ushbu harakat a’zolari tomonidan «ozodlik», «e’tiqod erkinligi», «inson huquqlari» kabi joziba li tushunchalar ishlatilib, turli yo‘llar, masalan, Internet tizimi orqali asosan yurtimiz yoshlarini o‘z saflariga qo‘shishga ha rakat qilmoqda. Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo‘lishiga erishish, kishilar ta fakkurini boyitish, ularda sog‘lom va sobit e’tiqodni shakllan tirish uchun kurash, bu yo‘ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavob ligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazi falardan biri bo‘lib qolaveradi. Zero, Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘rinli ta’kidlaganlaridek, odamning o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiymilliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustah kam irodaga ega bo‘lishi har turli mafkuralarning bosimi, ular ning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishining asosiy sharti hisoblanadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling