Va terrorizmga
giz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir»
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazhabsizlik.
giz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir» (Niso, 29) deyil-
gan bo‘lsa, yana bir oyatda «Biror jonni o‘ldirmagan yoki Yerda (buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan inson- ni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir» deb, begunoh insonlarning qonini to‘kishlik ham qattiq qoralangan. Hadisi qudsiyda «Bandam o‘zini o‘zi o‘ldirib, unga bergan umrimga shukur qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy ha- rom qildim» deyilgan. Demak, islom ta’limoti bunday holatlarni keskin qoralaydi. Mazhabsizlik. Bugungi kunda mutaassib oqimlar tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalardan yana biri bu – mazhabsizlik g‘oya si bo‘lib, u islom dini mohiyatini to‘g‘ri tushunishga xavf solayot gan xatarli omillardan biridir. Mutaassib guruhlar ning mafkurasi ga ko‘ra, fiqhiy mazhablar ishlab chiqqan kategoriyalar shariatni to‘g‘ri tushunish metodologiyasi sifatida tan olinmay, to‘g‘ridan to‘g‘ri shariat ahkomlarini amalga tatbiq etish eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblanadi. Mantiqan mushohada qilib ko‘rilsa, mazhabsizlik g‘oyasi o‘tgan minglab olimlarning qilgan mehnatlarini, qancha mashaq qat bi lan umr sarflab yaratilgan noyob manbalarni bekorga chiqaradi. Asrlar davomida barcha musulmonlar amal qilib kelgan an’analar noto‘g‘ri, shuncha musulmon adashgan ekan, degan xulosaga olib keladi. Eng ayanchlisi, musulmonlarni birlashtirib, jamlab turgan to‘g‘ri yo‘lga putur yetkazadi. Buning natijasida esa, musulmonlar orasida o‘zaro parokandalik, beqarorlik va taraqqiyotda to‘xtash yuzaga keladi. Bunday da’vat mazhablar mohiyati va qiy matini 120 umuman bilmaslikdan kelib chiqadi. Garchi ahli sunna valja moa mazhablar to‘rtta bo‘lsa ham, ular yagona ahli sunna valja moaning yo‘nalishlari sifatida e’tibor qilinadi va musulmon um matini jamlaydi, birlashtiradi. Zero, Payg‘ambar (a.s.) shunday marhamat qiladilar: «Alloh ummatimni biror zalolatga jamlamas». Yana bir hadisda «Musulmonlar yaxshi deb bilgan narsa Allohning huzurida ham yaxshidir» – deyilgan. Ma’lumki, Payg‘ambar (a.s.) hayotlarining oxiriga kelib, tur li qabila va yurt odamlari islomni qabul qila boshladilar. Yangi musulmonlar oldida yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida nozil bo‘lgan oyatlarni o‘rganish, shariat ahkomlarini o‘z hayotlariga tatbiq qilish vazifasi turar edi. Tabiiyki, yosh sahobiylar o‘zlari dan kattalardan, yangi musulmonlar esa, avvalgi musulmonlardan shar’iy masalalarni o‘rgana boshladilar. Islom dini dunyo bo‘ylab, turli mintaqalarda tarqalgach, tur li arab bo‘lmagan xalqlar ham musulmon bo‘ldilar. Tabiiyki, ular o‘zlariga Qur’oni Karim va Payg‘ambar (a.s.) sunnatlaridan shari at ahkomlarini chiqarib, tartibga solish imkoniga ega emas edilar. Shunday qilib, jamiyatda astasekin kishilarga diniy hukmlarni o‘rgatadigan, ularning savollariga javob bera oladigan, muayyan ilmlarga ega insonlarga ehtiyoj tobora ortib bordi. Shu tariqa turli diyorlarda olimlar yetishib chiqa boshladilar. Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy va Imom Ah madlar bugungi kunda ham mavjud bo‘lgan to‘rt fiqhiy mazhab ga asos soldilar. Ular ibodatlar va boshqa barcha masalalarni Qur’oni Karim va hadisi sharifga ko‘ra ma’lum qoidalarga solib chiqdilar. Manbaning boyligi va Rasululloh (a.s.)ning ayrim vaqt larda bir amalni turlicha bajarganlari, bir masala bo‘yicha turli cha tasarruflari haqidagi hadis va xabarlar, rivoyatlar bu olim larning ishlarida ham ma’lum juz’iy farqlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Shuningdek, turli mintaqalardagi sharoitlarning turli chaligi, shariat masalalarida tabiiy tafovutlarning yuzaga kelishi ga asos bo‘ldi. Masalan, shofeiy mazhabida tahoratdan so‘ng yuz qo‘lni artmaslik afzal bo‘lsa, hanafiy mazhabida artish afzaldir. 121 Demak, mazhablar tarqalgan hududlardagi iqlim sharoiti ham e’tiborga olingan. Binobarin, Rasululloh (a.s.)dan ikki holatni ham tasdiqlovchi rivoyatlar yetib kelgan. Yuqorida zikr etilganidek, juz’iy masalalarda ixtilof qilingani bilan, to‘rt sunniy mazhabda islomning asosiy masalalari bo‘yi cha ixtiloflar yo‘q. Chunki har bir mazhab asoschisi o‘z so‘zlarini ishonchli dalillar bilan isbotlagan. Asrlar davomida musulmonlar to‘rt mazhab – hanafiy, moli kiy, shofeiy va hanbaliy mazhablaridan biriga amal qilib kelgan lar. Hech kim buni inkor qilmagan. Qanchaqancha faqih, mu haddis, mutakallim va mutasavvif olimlar ham shu mazhablarga asosan o‘z faoliyatlarini olib bordilar. Mazhabsizlik g‘oyasi o‘zida millatni ortga tortish, qoloqlikka mahkum qilish xavfini mujassamlaydi, taraqqiyotdan chetga chi qib qolishga olib keladi. Chunki turli soha mutaxassislari mazhab sizlik g‘oyasiga ergashsa, unda umrlarini o‘z kasbiy mahoratlari ni yuksaltirish, izlanishlar olib borishga emas, balki tubsiz diniy masalalarga o‘ralashib qolib, hayotlarini faqat o‘zlari uchun diniy hukmlar chiqarishga sarflaydilar. Oqibatda turli sohalardagi mu taxassislar ham tez o‘zgaruvchan globallashuv sharoitida o‘zlari ni yo‘qotib qo‘yadilar: yaxshi mutaxassis ham, yetuk ulamo ham bo‘la olmaydilar. Natijada mutaxassislardan mosuvo bo‘lib borishi barobarida, millat avvalida turg‘unlik, keyinchalik esa tanazzul ga yuz tutadi. Aslida esa har bir mutaxassisning o‘z sohasini pux ta egallashi, jamiyat rivoji uchun xizmat qilishi, odamlar og‘irini yengil qilishi, yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi ham ulug‘ ibodatdir. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling