Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- 8-mavzu. XALQARO ISLOMIY TAShKILOTLAR, DINIY ULAMOLAR TOMONIDAN EKSTREMIZM VA TERRO RIZMGA QARShI ChIQARILGAN FATVOLAR TAhLILI
- Tayanch so‘z va iboralar
- «Zoti poking haqqi, bizda
Nazorat savollari:
1. «Kufr», «takfir» so‘zlarining lug‘aviy va istilohiy ma’nolari haqida so‘zlab bering. 2. «Jihod» deganda nimani tushunasiz va uning qanday tur lari mavjud? 3. Islom dini tarixida sodir bo‘lgan hijrat va uning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? 122 4. «Mazhabsizlik» g‘oyasining salbiy oqibatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Hidoyat ortiga yashiringan zalolat. / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa birlash masi, 2010. – 136 b. 2. Islom ma’rifati: asliyat va talqin. O‘quvuslubiy qo‘llanma. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa bir lashmasi, 2010. – 160 b. 3. Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo‘llari. A.Hasanov, O.Yusupov, K.Shermuxamedov, U.G‘afurov, J.Karimov. – Toshkent: Movarounnahr, 2013. – 160 b. 4. Islom ma’rifati va hozirgi zamon. / Mas’ul muharrir A.Ab dullayev. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmat baa birlashmasi, 2016. – 160 b. 123 8-mavzu. XALQARO ISLOMIY TAShKILOTLAR, DINIY ULAMOLAR TOMONIDAN EKSTREMIZM VA TERRO RIZMGA QARShI ChIQARILGAN FATVOLAR TAhLILI 1. Fatvo va unga doir masalalar. 2. Fatvoning musulmonlar hayotidagi ahamiyati. 3. Xalqaro islomiy tashkilotlar, diniy ulamolar tomonidan eks tremizm va terrorizmga qarshi chiqarilgan fatvolar. Tayanch so‘z va iboralar: mujtahid, mutlaq mujtahid, muxarrij, murajjih, mandub, nass, fatvo, muftiy, xalqaro islom tashkilotlari, diniy ulamolar. Fatvo va unga doir masalalar. Islom ilm, ma’rifat va inson manfaatlarini himoya qiluvchi dindir. Qur’on va hadislar islom ning asosiy manbalari bo‘lish bilan birga musulmonlar hayo tini tashkil etish uchun muhim qo‘llanma ham hisoblanadi. Shunday ekan, Qur’on va sunnatga asoslangan holda musulmon larning manfaatlaridan kelib chiqib, inson kamoloti va jamiyat farovon ligi, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ko‘zlab fatvo chiqa rish alohida bilim va malakani talab etadi. Mo‘tabar manbalarga ko‘ra, arab tili, Qur’on va hadis ilmlari, fiqh va islom tarixi ni juda chuqur va mukammal biladigan mujtahidlargina shun day hukm chiqarish huquqiga egadir. Biroq tarix va zamonaviy voqelik dindan yovuz maqsadda ham foydalanish mumkinligi ni ko‘rsatmoqda. Bunday harakatlar muqaddas islom dinidan foydalangan holda amalga oshirilgani va oshirilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim. So‘nggi yillarda ekstremistik va terrorchi guruhlar din niqo bi ostida o‘z harakatlarini «shar’iy» deb hisoblash orqali jamiyat da turli xil qaramaqarshiliklarni yuzaga keltirishga intilmoqda. Ular o‘zlarini «mujtahid» deb e’lon qilgan holda necha asrlardan buyon musulmonlar jamoasi ergashib kelayotgan mazhab ta’li motlariga zid bo‘lgan turli «fatvolar»ni chiqarmoqda. Bu esa, bir tomondan insonlarni adashib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishlari 124 ga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda o‘zaro tushun movchilik, adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yarat moqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Xo‘sh, mujtahid kim? Fatvo o‘zi nima? Uni kimlar berishga haqli? «Mujtahid» so‘zi lug‘atda – «tirishqoq» degan ma’noni bildira di. Shar’iy istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa shariat manbalari asosida hukm chiqara oladigan kishiga aytiladi. Bugungi kunda mujtahid darajalari xususida bir qancha fikr lar mavjud bo‘lib, ular birbiridan juz’iy holatdagina farq qiladi. Hanafiy mazhabi manbalariga ko‘ra mujtahidlik darajalari quy idagi qismlarga bo‘linadi: 1. «Mujtahid fishshariha» yoki «Mutlaq mujtahid» – Qur’on va sunna asosida usul alfiqhni ishlab chiqadi hamda shariat sa vollariga javob beradi. Bu toifa ulamolarga to‘rt mazhab asoschi lari kiradi; 2. «Mujtahid filmazhab» («Mazhab ichidagi mujtahid») – ij tihod darajasiga erishgan, biroq u o‘zi tomonidan usul va qoida larni ishlab chiqmaydi, balki, biror mazhab asoschisining yo‘li dan boradi. Bunga Imomi A’zamning shogirdlari Imom Abu Yusuf va imom Muhammad Shayboniylarni keltirish mumkin; 3. «Mujtahid filmasail» («Masalalar mujtahidi») – mazhab boshi tomonidan javob berilmagan yangi masalalar yuzasidan muj tahid mutlaq ishlab chiqqan usullar asosida ijtihod qiladi. Bu toifaga Imom Tahoviy, Imom Saraxsiy va Imom Karxiy ka bi ulamolar kiradi; 4. «Muxarrij» – o‘zlari mustaqil ravishda ijtihod qila olmay di, lekin mujtahidlar tomonidan bildirilgan, ko‘rinishidan ikki xil tushu nish mumkin bo‘lgan ijtihodga aniqlik kiritadi. Bunga misol tariqasida Imom Roziy va Imom Jurjoniylarni keltirish mumkin; 5. «Murajjih» – bu toifa ulamolar ham ijtihod qilishga qo dir bo‘lmasada, bir masalada mujtahidning ikki xil fikri bo‘lsa, dalillarga tayangan holda ulardan birini tanlaydi. Bunga Imom Quduriy va Imom Marg‘inoniylarni kiritish mumkin; 125 6. «Muqallid» – bu yuqoridagi darajalarga kirmaydigan faqih lardir. Ular o‘z mazhablari ichidagi masalalarni yaxshi o‘zlashtir gan hamda o‘z faoliyati davomida ulardan keng foydalanadigan ulamolardir. Bunga Imom Xaskafiy va Ibn Obidin kabi faqihlar mansubdirlar. Mujtahid tomonidan biror masala yuzasidan chiqarilgan hukm «fatvo» deb ataladi. «Fatvo» arabcha so‘z bo‘lib, «savol ga javob berish», «shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq», «maslahat bermoq», «muftiyning xulosasi» ma’nosini anglatadi. Istilohda esa, so‘ragan kishiga shar’iy dalil asosida hukm chiqa rishga nisbatan qo‘llaniladi. Lug‘aviy jihatdan fatvo beruvchi inson «muftiy» deb ataladi. Bu borada olimlar bir qancha fikrlarni bildirganlar. Jumladan, mashhur faqihlardan Imom Qarofiy shunday degan: «Muftiylar Alloh taoloning tarjimonlaridir. Chunki ular nassga tayangan holda hukm chiqaradilar». Imom Shotibiy esa: «Muftiylar ummat uchun Rasululloh (a.s.) maqomlarida bo‘ladilar. Bunga dalil qilib: «Olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlari dir. Payg‘ambarlar di nor yoki dirham emas, balki ilmni meros qilib qoldirganlar», ha disini keltiradi». Demak, fatvo berish o‘ta sharafli va mas’uliyat li vazifalardan hisoblangan. Dastlab fatvo berish maqomida Rasululloh (a.s.) turganlar. U kishining fatvolari Alloh taolo tomonidan vahiy qilingan Ra sululloh (a.s.) bilan sahobiylar o‘rtasidagi suhbatlar odatda sa voljavob tarzida bo‘lar edi. Rasululloh bilganlariga javob berar, bilmaganlariga Alloh taolodan shu savolga javobni bildirishni so‘rar edilar. Rasululloh (a.s.)dan so‘ng sahobiylar, ulardan keyin tobe’iylar fatvo berganlar. Shunday bo‘lsada, fatvo berishning mas’uliya ti og‘ir ekanini his qilib, sahobiylardan Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Mas’ud, Oisha onamiz, Zayd ibn So bit, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar (r.a.) kabi sanoqli kishilargina fatvo chiqarganlar. Ibn Abu Laylo aytadilar: «Rasu lulloh (a.s.)ning 120 ta ansorlarini uchratdim. Ularning birlari 126 dan savol so‘raganimda keyingisiga o‘tkazar, undan so‘rasam u boshqasini ko‘rsatar edi. Oxiri aylanib yana birinchi savol bergan kishiga keldim». Ushbu holatda ham ko‘rishimiz mumkinki, sa hobiylar fatvo berishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lganlar. Sahobiylardan so‘ng, tobe’iylar yoki ulardan keyingi davr da yashagan ulamolar ham fatvo berishdan o‘zlarini saqlardilar. Jumladan, tobe’iylardan bo‘lgan Sha’biydan bir savol so‘ralgan da u kishi: «Bilmayman», deb javob qiladi. Shunda, odamlar: «Sen Iroq faqihi bo‘lsang, «bilmayman» deyishga uyalmaysan mi?!» deganda Sha’biy: «Farishtalar: «Zoti poking haqqi, bizda Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling