Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

afzali Alloh taoloning roziligini deb inson o‘z havoyi nafsiga qarshi ji-
hod qilishidir», deyilgan. Shuningdek, Imom Buxoriy va Imom Mus-
lim rivoyat qilgan: «Bir kishi Rasululloh (a.s.)ga: «Men jihodda qat-
nashmoqchiman», dedi. U zot: «Ota-onang bormi?» deb so‘radilar. 
«Ha», deb javob qildi u kishi. Shunda Payg‘ambar (a.s.): «Ular-
ning huzuriga borib, yordam ber, xizmatini qil! Shu sening jihoding-
dir», dedilar». Shundan kelib chiqqan holda, musulmon ulamo­
lar farzandning ota­onaga qilgan xizmati ham jihod bo‘lishini 
ta’kidlaganlar.
Bugungi kunda islomga oid munozaralar va islom amaliyoti­
da jihod masalasiga e’tibor qaratilishi uning eng ko‘zga ko‘ringan 
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Islom dinining boshqa ko‘plab 
turli jihatlari bilan bir qatorda jihod atamasining ta rixi ham­
da ma’nosi ham keng qamrovli va murakkab sanaladi. Birlam­
chi muammo soddalashtirishga bo‘lgan da’vatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini tavsiflab berishdan iboratdir. Islom dini ning taj­
ribaviy o‘ziga xosligi va universal tushunchaning muayyan bir til­
da ifodalanishi Qur’on nozil bo‘lishi o‘z nihoyasiga yetib, 632 
yilda Payg‘ambar (a.s.)ning vafoti davrida boshlaganligini aytib 
o‘tish adolatdan bo‘lar edi. Umumiy va ochiq monoteizm uni­
versalligi islomdagi besh farzning birinchi qismi, ya’ni «Allohdan 
o‘zga iloh yo‘qdir», degan tavhid kalimasidagi iborani qabul qil­
gan. Bu narsa islomda bo‘lgani kabi xristian yoki yahudiy e’tiqodi 
tomonidan ham osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin edi. Bi­
roq uning «Muhammad Uning payg‘ambaridir», degan ikkinchi 
qismida Muhammad (a.s.)ga qilingan vahiyning afzalligiga urg‘u 
berilgan. Jihod atamasining ma’nosi huquqiy va ilohiy mazmun­
da ushbu keng tajribaga asoslangan afzallik kontekstida ko‘rsa­
tib o‘tilgan bo‘lib, u islom dini o‘zidan oldingi ikkita «Ibrohimiy» 
vahiylarini o‘rnini egallashi haqidagi aqidani ilgari suradi.


115
Jihodga aqida sifatida qaraydigan bo‘lsak: Xadduriyga ko‘ra, 
jihodning umumiy ma’nosi «inson o‘z kuch­quvvatini Allohning 
yo‘lida sarflashi, ya’ni Allohga bo‘lgan imonni tarqatish va Uning 
Kalomini ushbu dunyoda eng oliy qilish», deganidir. Aslida jihod 
atamasi ijtihod etimologiyasidan olingan bo‘lib, Allohning vahiy­
si va Qonunini tushunish uchun lozim bo‘lgan sharhlarni amal­
ga oshirishda «jahd qilish» yoki «mashaqqat chekish» ma’nolarini 
anglatadi. Jihod atamasining umumiy ma’nosi muvaffaqiyatga 
erishish yo‘lidagi burch ma’nosi bilan amalda sinonim hisoblana­
di, biroq nazariy jihatdan u urush ma’nosini anglatmaydi. keng 
qamrovda aytiladigan bo‘lsa, ushbu atama salafiylar uchun urush
toza va oddiy degan ma’nolarni bildiradi, ezoteriklar uchun esa 
ma’naviy va aqliy kurash ma’nosini anglatadi.
Qur’onda bir nechta ochiq-oydin oyatlar mavjud (6:108 yoki 
22:77), ushbu o‘rinlarda masalan jihod atamasi «jahd qilish» 
yoki «kuchini sarflash» ma’nolarida ishlatilgan. Eng ko‘p kelti-
riladigan oyatlarda (4:95 yoki 61:10–13) jihod atamasi yaqqol 
«Alloh yo‘lidagi kurash» ma’nosini anglatadi. Boshqa oyatlar-
da esa himoyaviy urush (22:39–40) yoki imonni himoya qi lish 
(6:125) ma’nolarini anglatib keladi. Shuningdek, juda ko‘plab 
qiziqarli filologik muammolar ham mavjud bo‘lib, ular Qur’on-
dan foydalanish haqidagi har qan day umumiylashtirishni to‘g‘ri-
lashi mumkin. Biz ularni nafaqat filologik noqobillikning yuqori-
da zikr qilib o‘tilgan asoslarida e’tiborga arzigulik emas deb 
bi lamiz, balki O‘rta Sharqdagi salafiylar va islomning an’anaviy 
 olimlari o‘rtasida keng tarqalgan kelishuv mavjud bo‘lganki, un-
ga ko‘ra Makkadagi ilk vahiylarda asosiy urg‘u imon masala-
lariga qaratilgan, keyinchalik bu narsa til jihodi deb nomlangan 
(qarang: 39:5). Madinadagi so‘nggi vahiylarda esa jihod asosan 
kurash va urush ma’nolariga ega bo‘lgan, keyinchalik bu nar-
sa qilich jihodi deb atalgan (qarang: 2:215, 9:41, 49:15). Keyin-
chalik qo‘shimcha farqlar ham aytib o‘tilgan: «Qalb jihodi» 
shaytonning vasvasala riga qarshilikni anglatgan; xuddi shun-
day tarzda «Qo‘llarning jihodi» asosan to‘g‘ri narsani qo‘llash 


116
va noto‘g‘ri narsani o‘zgartirish ma’nosi bilan keltirilgan. Ayni 
vaqtda zamonaviy olimlar uchinchi bobda qayd qilib o‘tilgan ke-
lib chiqish manbalari, Qur’onning yakuniy tahriri sanasini bel-
gilash, xristian manbalarining ta’siri va hokazo masalalar tufay-
li Qur’onning ilk va so‘nggi suralari o‘rtasidagi farqni o‘rganib 
chiqishgan. 
Rasululloh (a.s.) Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan 
so‘ng, Madinada musulmonlar uchun oldin bo‘lmagan nar­
sa, ya’ni davlat yuzaga keldi. Payg‘ambar Muhammad (a.s.) is­
lomning ilk – Makka davrida yuqorida keltirilgan, jang ma’no­
si bo‘lmagan jihodni olib bordilar. Chunki, u kishi mushriklar 
yetkazgan azob va uqubatlarga sabr qilish hamda ular bilan faqat 
Qur’on asosida mujodala – bahs yuritish, to‘g‘ri yo‘lga da’vat qi­
lishga buyurilgan edilar.
Musulmonlar Madinaga ko‘chib o‘tganlaridan so‘ng, Alloh 
taolo musulmonlarga mushriklardan o‘zlarini mudofaa qilishga 
ruxsat berdi. Bu borada Qur’oni Karimda: «(Mushriklar tomo-

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling