Va terrorizmga


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

hiyat va shakllar. Islom niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan eks­
tremistik harakatlarning inson ongi va qalbini egallash maqsadi­
da har qanday razil yo‘llardan foydalanish hollari avj olayotganini 
afsus bilan qayd etish lozim. Bunday kuchlarning dinimiz asos­
larini, Qur’on oyatlari va hadislarning asl mohiyatini buzib talqin 
qilishi, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ishlarni go‘yoki, islom 
dini ko‘rsatmasi o‘laroq sodir etayotgani esa, ularning har qanday 
qabih ishlardan ham qaytmasligidan dalolat beradi. 
Voqelik shuni ko‘rsatmoqdaki, ular Yer yuzining turli nuqta­
larida davlatga qarshi targ‘ibot olib borish, jamiyat asoslarini
mamlakatdagi tinchlik va tartibni, mavjud tuzum va boshqaruv 
tizimini izdan chiqarishda ham islom dini g‘oyalarini g‘arazli tal­
qin etish uslubidan faol foydalanmoqda.
Quyida ekstremistlar o‘zlariga bayroq qilib olgan ba’zi g‘oyalar 
va tamoyillar tizimli tahlil qilinib, ularning islom ta’limoti asos­
lariga mutlaqo zidligi birlamchi manbalar – Qur’oni Karim oyat­
lari va hadislarga tayangan holda ochib beriladi. 
«Takfir» – (arab. «kufrda ayblash») musulmonni imonsizlik­
da, kofirlikda ayblash. 
Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Allohning yagonaligi, Payg‘am­
bar Muhammad (a.s.) uning elchisi ekaniga imon keltirgan, is­
lom diniga e’tiqod qiladigan har qanday kishi mo‘min hisobla­


112
nadi. Insonning imonini o‘lchash, uni musulmon yoki kofirligini 
aniqlash huquqi hech kimga berilmagan. Chunki imon inson qal­
bida bo‘ladi. Qalb esa, faqatgina Allohning hukmidadir. Lekin 
bugungi kunda ko‘plab diniy­ekstremistik guruhlar musulmon­
larga «kofir» deb ayb qo‘yib, dindoshlariga qarshi «jihod» e’lon 
qilishgacha bormoqda. Ayrim radikal oqimlarning o‘z jamoat­
laridan chetlashgan, «hijrat» qilmagan, ularning nazdida kofir 
hisoblangan kishini kofir demaydiganlarni «kufr»da ayblayotgani 
ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Vaholanki, is­
lom ta’limotiga ko‘ra, shirkdan tashqari har qanday gunoh qil­
gan inson toki o‘sha gunohini halol deb hisoblamas ekan, kofir 
bo‘lmaydi. Musulmonlar jamoasidan chetlashish esa, faqatgi­
na islomni tark etish (murtadlik)da namoyon bo‘lishini inobatga 
oladigan bo‘lsak, ekstremistlarning o‘z jamoalaridan chiqqanlarni 
kofirlikda ayblashi butunlay asossiz ekanini anglash mumkin. 
Ha 
disda «Kimki mo‘min kishini «kofirsan» deb haqoratlasa, 
go‘yoki uning qonini to‘kkanchalik gunoh qilgan bo‘ladi» deyi­
ladi. Ya’ni, hech kimga musulmon insonni «kofir» deb hukm 
chiqarish huquqi berilmagan.
«Hijrat» (arab. «bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish», «tark qi­
lish»). Istilohda esa, Rasululloh (a.s.) davrlaridagi musulmonlar­
ning Habashistonga, keyinchalik Rasululloh (a.s.) o‘zlari bosh­
chiligida Madinaga ko‘chib o‘tishlariga aytiladi. 
Payg‘ambar Muhammad (a.s.) Makka shahrida yashar ekan lar 
chiroyli xulqi va insonlarga bo‘lgan go‘zal muomalasi bilan yon­at­
rofdagi kishilarning islom diniga qiziqishiga sabab bo‘la yotgandi. 
Bu esa, o‘z navbatida musulmonlarning sonini kun sayin or tib 
borishiga turtki bo‘lar edi. Bundan tashvishga tushgan Makka 
mushriklari Rasululloh (a.s.)ga suiqasd uyushtirib, u kishini qatl 
qilishga kelishadilar. Biroq Alloh taolo o‘z Rasulini fitnadan ogoh 
qilib, Madinaga hijrat qilish to‘g‘risida vahiy yuboradi. 
Ulamolar hijrat to‘g‘risida nozil bo‘lgan oyat va hadislarni 
o‘rganib, uni ikki qismga ajratadilar. Birinchisi, yuqorida ta’kid­
langan «ko‘chish» ma’nosidagi hijrat bo‘lib, bu borada Qur’oni 


113
Karimning «Niso» (97­ va 100­oyatlar), «Anfol» (74­oyat), 
«Nahl» (41­ va 110­oyatlar) suralarida bayon qilingan. Mazkur 
manbalarda islomga nisbatan qarshi turgan makkaliklar tomo­
nidan musulmonlarni turli ko‘rinishda azoblash hamda ularni 
o‘z tanlagan e’tiqodlaridan voz kechtirish maqsadida jismoniy va 
boshqa ko‘rinishlardagi zo‘rliklar ishlatilgani bayon qilinib, din­
lari va hayotlarini saqlash maqsadida tinch va osoyishta joyga 
ko‘chish buyurilgani ta’kidlanadi. 
Ikkinchisi, inson gunohlardan o‘zini tiyishi va ularni tark 
qilishi tushuniladi. Bu borada Imom Buxoriydan rivoyat qilin­
gan quyidagi hadisi sharif dalil sifatida keltiriladi. Rasululloh 
(a.s.): «Tili va qo‘lidan boshqalar aziyat chekmagan kishi ha­
qiqiy musulmondir. Alloh taolo qaytargan narsalardan hijrat 
qilgan inson haqiqiy muhojirdir», deyilgan. Ulamolarni ha­
disni sharhlab, undagi «hijrat»dan murod «tark qilishdir», de­
ganlar. Boshqa bir hadisda esa, Ummu Anas (r.a.) Rasululloh 
(a.s.)dan nasihat qilishni so‘raydilar. Shunda, Rasululloh (a.s.): 
«Gunoh lardan tiyilgin, o‘sha hijratning eng kattasidir. Farzlar­
ga rioya qilgin, o‘sha jihodning eng afzalidir. Zikrni ko‘paytir­
gin, qiyomat kuni Alloh taoloning huzuriga borganingda unga 
eng mahbub amal shu bo‘ladi», deyilgan. Lekin islom dini aqi­
dasini bu zib, g‘araz maqsadlarni ko‘zlayotgan kimsalar «hijrat 
qilmaganlar kofir, konstitutsion tuzumlar o‘rnatilgan yurtlarda 
yashamoqlik kufr» degan soxta da’vo bilan vatandoshlarimizni 
al dab, xorijdagi jangarilar tayyorlanadigan markazlarga jo‘na­
tishga harakat qilmoqda. Vaholanki, ona yurtini tashlab, o‘zga 
ellarda sarson­sargardon yurish, o‘zi kabi manqurt shaxslar bi­
lan birlashib, kindik qoni to‘kilgan yurtiga qarshi qurol ko‘ta­
rish islom ta’limotiga ziddir.
«Jihod» (arab. «g‘ayrat qilish», «kuchni ishga solish») so‘zi «jid­
du­jahd», ya’ni inson o‘z maqsadiga erishish yo‘lida bor imkoni­
yatlarini ishga solib, harakat qilishini anglatadi. 
Istilohda esa, ushbu so‘z bir qancha ma’nolarda ishlatiladi. 
Jumladan, «jihod» – Allohning yo‘liga da’vat qilish, yaxshilikka 


114
chaqirish va yomonlikdan qaytarish, Alloh yo‘lida insonning o‘z 
havoyi nafsiga qarshi kurashi, ota­onaga xizmat qilishi va yov­
ga qarshi kurashishdek turlari mavjud. Bunga dalil sifatida Imom 
Termiziydan rivoyat qilingan quyidagi hadisi sharifda «Jihodning 

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling