Va terrorizmga


O‘zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/66
Sana20.10.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1712407
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Bog'liq
lDiniy estimizm pdf

O‘zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir» (Baqara, 32), deyishga 
uyalmagan, men nega uyalay», deb javob bergan.
Fatvo berish masalasida mazhabboshilaridan biri bo‘lmish 
Imom Molik: «Inson biror savolga javob berishdan oldin o‘zini 
do‘zax yoki jannatda tasavvur qilsin­da, keyin javob bersin», de­
gan ekan. Bir kuni u kishidan savol so‘ralganda: «Bilmayman», 
deb javob beradi. Savol bergan kishi: «Bu oson savol bo‘lsa, shuni 
ham bilmayman, deyishga uyalmaysanmi?!» deganda Imom Mo­
lik g‘azablanib: «Oson masala?! Bilib qo‘y, dinda oson masala­
ning o‘zi yo‘q! Alloh taoloning: «Zero, Biz Sizga og‘ir So‘zni 
(Qur’onni) tushirajakmiz» (Muzzammil, 5), oyatini eshitmagan­
misan?! Ilmning barchasi qiyin, jumladan, sen so‘ragan narsa 
ham», deb javob bergan.
Fatvo musulmonlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu­
gungi kunda fatvo berishga hamma ham haqli emas. Aks holda
bu kabi holatlar qanchadan qancha begunoh insonlar ning qoni 
to‘kilishiga hamda asl ta’limoti tinchlik bo‘lgan islom johillik, 
yovuzlik, bosqinchilik va qotillik dini sifatida namo yon bo‘lishi­
ga sabab bo‘ladi. Aslida, islom qoidalariga binoan fatvo berish 
huquqi yuqorida qayd etilganidek, faqatgina aqida, fiqh ilmi­
da mukammal darajaga yetgan, Qur’onni tafsirlari va turli ilm­
lari bilan to‘liq yod biluvchi, qolaversa, «muftiy» (fatvo beruv­
chi) mar tabasiga ega bo‘lgan muayyan shaxslargagina berilishi 
ma’lum. Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.)dan qancha hadis ni yod­


127
lagan odam fatvo berishi mumkinligi haqida so‘ralganda, ular 
muftiy kamida 400 ming hadisni bilishi kerakligini aytgan. Ibn 
Asokir keltirgan Rasululloh (a.s.)ning «Kimda-kim ilmsiz fatvo 
bersa, unga Alloh taolo, farishtalar, osmonu yerdagi barcha mav-
judotlarning lahnati bo‘lsin», degan hadislari ham ekstremist larga 
xizmat qiluvchi «fatvochi ulamolar»ning faoliyatiga munosib ba­
hodir. 
Shu o‘rinda, bugungi kunda ba’zi e’tirof etilmagan oqimlar 
hamda shaxslar o‘z g‘arazli maqsadlari, amaliyotlarini oqlash 
yo‘lida muqaddas islom nomi bilan turli «fatvolar» berib kelayot­
ganini afsus bilan qayd etish lozim. Jumladan, «jihod», «takfir» 
(kofirga chiqarish), «hijrat», «o‘z­o‘zini o‘ldirish» kabi masalalar­
da chiqarilayotgan fatvolar shular jumlasidandir. Masalan, «Hiz­
but­tahrir» tashkilotining 2001­yilda chiqqan «Al­Vahy» (Ong) 
jurnalida «o‘zini o‘ldirish» borasida quyidagi fatvo berilgan: 
«...kofirlarning harbiy lagerlarida ularga shikast yetkazish uchun 
o‘zini portlatib yuboradimi yoki portlovchi modda solingan bel­
bog‘ni bog‘lab o‘zini ham, kofirlarni ham portlatib yuboradi­
mi – buning farqi yo‘q. Modomiki bular kofirga qarshi jang 
qilish vositalari ekan, barchasi joiz». Vaholanki, dinimiz ta’li­
motlarida hayot Alloh taolo tomonidan insonga berilgan im­
koniyat va ayni damda omonatligi, bu ne’matni asrab­avaylash, 
unga xiyonat qilmaslik lozimligi ta’kidlanib, o‘z joniga qasd qi­
lish katta gunoh sifatida qoralangan. Qolaversa, mazkur fatvoni 
asoslash uchun keltirilgan Qur’oni Karim oyatlarini o‘zlarining 
«foydasi»ga moslab sharhlaganlarini ko‘rish mumkin. Jumladan, 
unda «Tavba» surasi 36­oyatining bir qismigina, ya’ni «... bar-

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling