Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsiya etiladigan adabiyotlar
- 9-mavzu. O‘ZBEKISTONNING TINChLIK VA XALQARO XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShDAGI O‘RNI
- Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat savollari:
1. «Mujtahid»likning qanday darajalari mavjud? 2. «Fatvo», «muftiy» so‘zlari qanday ma’nolarni anglatadi? 3. Fatvo berishning mas’uliyati borasida manbalarda nima deyilgan? 4. Yirik islomiy tashkilotlar hamda ulamolar tomonidan eks tremistik va terrorchi uyushmalar faoliyatining islom ta’limotiga zid ekani borasida chiqarilgan fatvolardan keltiring. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Hidoyat ortiga yashiringan zalolat. / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa birlash masi, 2010. – 136 b. 2. Islom ma’rifati: asliyat va talqin. O‘quvuslubiy qo‘llanma. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyotmatbaa bir lashmasi, 2010. – 160 b. 3. Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushma lar (Ma’lumotlar to‘plami). / K.Shermuxamedov, J.Karimov. – Toshkent: «Movarounnahr» nashriyoti, 2014. – 160 b. 4. «Dunyo ulamolari murojaati». / Mualliflar jamoasi. – Tosh kent: Movarounnahr, 2016. – 168 b. 137 9-mavzu. O‘ZBEKISTONNING TINChLIK VA XALQARO XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShDAGI O‘RNI 1. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi ham korlik shakllari. 2. O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqa ro tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki. 3. O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish masalalari. Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkor- lik shakllari, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashabbuslari, xalqaro tuzilma va tashkilotlar, xalqaro hamkorlik. Ekstremizmning oldini olishda mintaqadagi hamkorlik shakl- lari. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mu taassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umum bashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuz li tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O‘zbekis ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993yil 28sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48sessiyasida qil gan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi. 2001yilning 28sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373 (2001)sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshi da terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mita ning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Preziden ti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz 1999yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tash kilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 2000yilning 7–8sentyabrida NyuYorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilma larida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish takli 138 fini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001yil dekabr oyida va 2002yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsi yasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Ka rimov tashabbusi bilan 1998yilda tashkil topgan «6+2» guruhi ning BMT rahbarligida 1998–1999yillarda olib borgan faoliyati Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onis tondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat – AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tash kil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va mu zokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda birbiri bilan kurasha yotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistonda gi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida» gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999yilning 28iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi. Xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlar ushbu yo‘nalish da muayyan ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsada, Afg‘onis ton jahon hamjamiyati uchun halihanuz tahdidlar o‘chog‘i bo‘lib qolayotganini, ushbu mamlakatda ziddiyatlarning kucha yib borishi, keskinlik va terrorizm ko‘lamining kengayishi global xavfsizlik va barqarorlik uchun hamon jiddiy tahdid solayotganini ham ta’kidlash zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekis ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007yil aprelda Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan, minta qaviy va xalqaro xavfsizlik ni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkor lik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlash tirishga doir masalalar muhokama qilingan NATO Yevroatlantika ham 139 korlik kengashi sammitida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan g‘o yalar diqqatga sazovordir. Yuqoridagilar bilan bir qatorda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yagona xalqaro amaliy mexanizm bo‘lib kelgan, 1997–2001yil larda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko‘rsatgan, Afg‘onis ton bilan qo‘shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakil laridan tashkil topgan «6+2» muloqot guruhini hozirgi voqelikni inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolat xonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, «6+Z» guru higa aylantirish zarurligi haqidagi g‘oyat qimmatli amaliy taklif ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexa nizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtiroki da Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizm bilan bir ga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoq da. 1999yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi, 2000yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida» gi va 2006yilning 1yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoli yatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shuningdek, terro rizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarni rati fikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur. Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qar shi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta konvensiya va 2 ta pro tokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan. O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qar shi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan. 140 Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham O‘zbekiston ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xav fini o‘zaro birgalikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000yil 21aprelda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradi gan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qi lish haqida shartnoma imzolagani ham bu ning isboti bo‘la oladi. Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va ter rorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘ir lik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ij timoiyiqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotga nidan dalolat beradi. XX asrning so‘nggi choragiga kelib, diniy ekstremistik va terrorchi kuchlarga qarshi kurash xalqaro muammo darajasiga ko‘tarildi. Bu esa ekstremizm va terrorizm tinchlik va barqaror lik uchun asosiy tahdid ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘plab eks tremistik va terrorchi guruhlar faoliyat olib borishga intila yotgan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’min etishda minta qadagi davlatlar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling