Va terrorizmga
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
lDiniy estimizm pdf
xususiy ga, davlat mulkini esa bozorga o‘tishi bo‘ldi.
Har qanday tashkiliy tuzilmaning kuchli va zaif tomonlari bo‘la- di. Bozorlarning zaif tomoni uning g‘olib yoki mag‘lublarni yara- tishida emas, balki uning ularning o‘rtasidagi farqni tezlik bilan kamaytira olmasligidadir. Umuman olganda bozorlar tarmoq larga tahdid sifatida qaraydi, chunki ular savdodagi spontanlikni buza- dilar. Iyerarxiyalar ham tarmoqlarni tahdid sifatida ko‘radi, chun- 155 ki ularni buyruqlar chiqarish orqali boshqarib bo‘lmaydi. Masalan, bozor va tarmoqlar o‘rtasidagi muammo va hamkorlik iqtisodchi va boshqaruv nazariyotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda, korporatsiyalar tizimida tarmoqlarning muhimligi e’tiborga olingan. Axborot inqilobining oqibat va mohiyati aniq ravshan bo‘lgani ka- bi (ayniqsa yangi avlod uchun), huddi shunday «fuqarolik jami- yatlari» hamda «yangi ijtimoiy harakatlar» orasida no-iyerarxik muvofiqlashtirish va hamkorlik ishlarini tashkil qilish mumkinli- gi ham oydinlashib bormoqda. Axborot asri faolligi, atrof-muhit, inson huquqlari, aboregenlarning og‘ir ahvoli kabi postmodern va postmaterialist masalalarga e’tibor qaratadigan NNTning birlashu- vi Rand tahlilchilari tomonidan «ijtimoiy tarmoq urushi» deb atadi. Bunday «ijtimoiy tarmoq urush»larida ishtirok etishga qodir tash- kilotlar orasida nafaqat NNTlar, balki narkotik kontrabandachilar va terrorchilar kabi «jamiyat dushmani» bo‘lgan NNTlar ham bor. Fuqaro yoki fuqarolarga qaratilmagan tarmoqlar nafaqat texnologi- ya, tashkiliy tuzilishi va doktrina kabi umumiy attributlariga ko‘ra, balki ijtimoiy kapital jihatidan ham tahlil qilinishi mumkin. Biz av- valgi uch attribut haqida umumiy ma’noda hamda oxirgi ikkitasini al-Qoida tashkiloti bilan bog‘lab o‘rga nishga harakat qilamiz. Mavzuga kirishishdan oldin «tarmoq urushi» va «axborot urushi» yoki zamonaviyroq qilib aytganda «kiber urush» o‘rtasida- gi farqlarni aniqlab olish foydadan xoli bo‘lmaydi. «Tarmoq urushi- ning» ham «kiber urushning» ham markazida axborot, bilim va kommunikatsiya turadi. Kiber urush ko‘pincha boshqaruv, nazorat, kommunikatsiya va razvedka hamda dushman tomonning kom- munikatsiya tizimini ishdan chiqarish maqsadida harbiy harakat- larga nisbatan qo‘llaniladi. S3 dan stels texnologiyalariga va aqlli bombalarga qadar AQSHning kiber urushda shubhasiz ustunligini ko‘rish mumkin. «Tarmoq urushi» masalasiga kelganda mutlaqo boshqacha man- zara kuzatiladi. Uning ichiga partizanlik urushlari, terrorizm va qurolli mojarolarning boshqa turdagi asimmetrik, noodatiy turlari kiradi. Arkvilla va Ronfildlar aytganidek: 156 ...tarmoq urushlari mojarolarning an’anaviy turlari va jinoyat- dan farq qiladi. Tarmoq urushlarida, bosh qahramonlar yirik hara- katlar tashkil etish maqsadida iyerarxik tashkilotlar, doktrinalar va strategiyalardan foydalanadilar. Qisqa qilib aytganda, tarmoq urushi FOTga qaraganda ko‘proq Xamas, Kuba fidelchilaridan ko‘ra ko‘proq Meksika Zapatistalari, Ku Kluks Klanga qaraganda ko‘proq Xristian birligi harakati, Sitsiliya mafiyasiga qarganda Osi- yo Triadalari, al-Kapone to‘dasidan ko‘ra ko‘proq Chikago gangs- terlari guruhiga taalluqlidir. Urushning mazkur ikki turi suv o‘tmas idishlarga yashirilib, Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling