Va terrorizmga
to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar...»
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
to‘rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar...» ma’nosi
da shart qo‘yilmoqda. Agar ular urush ochmasalar, urushishga hojat yo‘q! Shuningdek, ba’zi toifalar mansux bo‘lgan hadislardan ham keng foydalanishga urinayotganini ta’kidlash lozim. Jumladan, ayrim ashaddiy «salafiylik»ka mansub guruhlar qabrlarni ziyo rat qilishni mutlaq shirkka chiqarmoqda. Ularning da’volari ga ko‘ra, qabrlarni ziyorat qilgan odam musulmonchilikdan chiqar ekan. Shu bilan bir qatorda, ba’zi «fatvochilar» tomo nidan Rasululloh (a.s.)ning qabrlari ustiga qurilgan gumbaz ni buzib tashlash kerakligi haqida ham fatvolar chiqarilgan. Bu ning natijasida ba’zi toifalar o‘z davrida Madinai munav varadagi sahobiylar ning qabrlarini buzish bilan kifoyalanib qolmay, hatto Payg‘ambar (a.s.)ning qabrlarini vayron qilishga ham yaqin kelgan edilar. Vaholanki, qabrlarni ziyorat qilish is lom dinida mandub (mustahab) amal hisoblanib, uning o‘ziga xos odobi mavjud. O‘tganlar xotirasini yodga olish dunyoning o‘tkinchi ekanini his etish, shu orqali kishini boshqalarga zarar yetkazadigan, gunoh ishlarni qilishdan saqlanish va ezgu amal larni ko‘proq qilishga undaydi. Demak, qabr ziyorati insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehrmuruv vat fazilatlarini kuchaytiruvchi vositadir. Ziyoratchining duofotihasidan esa, qabrda yotganlar bahramand bo‘ladi. 129 Ma’lumki, islomdan avvalgi johiliyat davrida qabrlarni ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Shuning uchun ham, Muhammad (a.s.) dastlab – musulmonlar butparastlik va shirk asoratlaridan batamom poklanib ulgurmagan, tavhid to‘liq qa ror topmagan bir paytda kishilarni mazkur amaldan qaytargan edilar. Islom butunlay qaror topgandan so‘ng, Payg‘ambarimiz (a.s.) oxiratni eslatishini inobatga olib, qabrlarni ziyorat qilishga izn berdilar. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda: «Men siz larni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi qabrlarni ziyorat qilaveringlar. Chunki u qalbni yumshatadi, ko‘zni yoshlatadi va oxi- ratni eslatadi», deb marhamat qilingan. Yana shunga o‘xshash holatlardan biri sifatida misrlik soxta salafiy oqimining namoyandalaridan biri, taksi xodimlari xristian ruhoniylarini taksida olib yurish og‘ir gunoh ekani hamda bu ish ni qilish spirtli ichimliklarni ichish bilan barobarligi to‘g‘risida fatvo berganini keltirib o‘tish mumkin. Shuningdek, qizlarning ta’lim dargohlarida tahsil olishini ham qoralab, ularning matema tika, geografiya kabi zamonaviy fanlarni o‘qishlaridan hech bir foyda yo‘qligi, bu narsa og‘ir musibat ekani to‘g‘risida va qizlarni maktablarga borishlarini taqiqlovchi fatvolar ham chiqarilgan. Bu esa, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda qizlarning maktablariga hujumlar uyushtirilishiga va ko‘plab talafotlar yetkazilishiga sa bab bo‘lgan. Soxta salafiylar tomonidan chiqarilayotgan bu kabi fatvolar jamiyatni parokanda bo‘lishiga, insonlarning qoni to‘kilishiga, fitnalarning ko‘payishiga olib kelayotgani, uning islom ta’limot lariga zid ekanini namoyon etadi. Zero Rasululloh (a.s.): «Fitna uyqudadir. Uni uyg‘otganni Alloh la’natlasin», deb marhamat qil ganlar (Rofe’iy rivoyati). Fatvo masalasidagi yana muhim jihatlardan biri bu – bu gungi kunda ommaviy axborot vositalari, sputnik kanallar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri berib borilayotgan fatvolardir. Bu holat da fatvo beruv chi shaxs fatvo so‘rovchining na xoli va na vazi yati to‘g‘risida bilimga ega bo‘lmaydi. Bularning barchasidan 130 bexabar fatvolarni berib yuboraveradi. Buning salbiy oqibat laridan yana biri, bu be rilayotgan fatvolarni bir yoki o‘n ki shi emas, balki butun dunyo bo‘ylab, millionlab turli mazhab da bo‘lgan musulmonlar eshitadi. Vaholanki, fiqhiy kitoblarda qayd etilishicha, muftiy yuksak ilm sohibi bo‘lish bilan bir qa torda, o‘zi yashab turgan vaqtning voqeligini, insonlarning ho latini yaxshi bilishi kerak. Bu borada Xatib Bog‘dodiy o‘zlari ning «Alfaqih valmutaffaqih» asarida: «Faqih kishi dunyoviy va diniy masalalarga taalluqli bo‘lgan barcha narsalarni bilishi shartdir», deb ta’kidlaydi. Shu o‘rinda, so‘nggi yillarda Internet tizimi orqali ham ko‘plab buzg‘unchi fatvolar berib borilayotganini ta’kidlash lozim. Xatarli tarafi shundaki, bu kabi fatvolar islom olami da ko‘zga ko‘ringan ulamolarga nisbat berilmoqda. Shunday fatvolardan biri, «Nikoh jihodi» deb atalib, unga ko‘ra, hozir gi kunda Suriya yoki Iroqda o‘zlaricha «jihod qilyapmiz» deb iddao qilayotgan «jihodchilar»ga nikohlanish, ularning jinsiy ehtiyojini qondirishlari uchun boshqa davlatlardan ayollar va qizlarning u yerlarga hijrat qilishlari lozimligini ta’kidlaydi. Odatda bunday soxta fatvoga uchgan qizlarga jihodchilarning lagerlarida joriyalarga qilinadigan munosabat ko‘rsatiladi. Hat to bir yoki undan ortiq «mujohid»ga nikohlanib chiqishiga ham izn berilgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda ba’zi harakatlar to monidan buzg‘unchilik amaliyotlarini islom diniga bog‘lab amal ga oshirishda «buyurtma fatvolar»dan samarali foydalanayotgani hech kimga sir emas. Aslida islomda ilmma’rifatli bo‘lishga, Yaratgan tomonidan insonlarga berilgan ne’matlar haqida bi lim orqali tadabbur qilishga targ‘ib qilingan. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlari ni kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi». Darhaqiqat, islom olami ning e’tiborli ulamolari tomonidan mo‘tabar manbalar asosida beri 131 layotgan fatvolar yoki raddiyalarni tan olmayotgan turli firqa va oqim tarafdorlarini ham yuqoridagi oyat va hadislarda keltirilgan kimsalarga qiyoslash mumkin. Shunday ekan, fatvo musulmonlar hayotida muhim ahami yat kasb etadi. Fatvo berishga, faqatgina, ilmda muayyan daraja ga yetishgan hamda ulamolar tomonidan e’tirof etilgan kishigina haqlidir. Aks holda, bu kabi holatlar qanchadan qancha begunoh insonlarning qoni to‘kilishiga hamda asl ta’limoti tinchlik bo‘lgan islom dinini «urush» dini sifatida ko‘rsatishga, o‘zaro adovat va nafrat urug‘ini sochishga, musulmonlar o‘rtasida turli xil fitna larning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Fatvo oladigan odam ham, albatta, o‘z navbatida ishonchli, hamma e’tirof etgan ulamoga murojaat qilishi bilan o‘zini ham, atrofdagilarni ham turli musi batlardan asragan bo‘ladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling