Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi
Download 53.07 Kb.
|
BMI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilishi lozim
Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga mos holda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish. Malaka talablari: maxsus harbiy-pedagogik yo‘nalishda oliy ma’lumot, zaxiradagi ofitser. JISMONIY TARBIYA RAHBARI Lavozim vazifalari: a) o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv, fakultativ va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etadi; b) jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchilari ishini boshqaradi; v) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi; g) davomat va o‘zlashtirishni nazorat qiladi va hisobga oladi, o‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi va ta’lim jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini kuzatib boradi; d) jismoniy tarbiyaning ilg‘or va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etadi; e) “Sog‘lom avlod uchun” kompleks dasturlarining bajarilishi bo‘yicha ish olib boradi; j) sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan o‘quvchilar sog‘lig‘ini tekshirishda qatnashadi, o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini aniqlashda test usullaridan foydalanishni tashkillashtiradi; z) turli korxona, tashkilot, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etadi; i) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etadi; k) sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan maqbul foydalanishni ta’minlaydi; l) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi. m) jamoat instruktorlari, trenerlar va hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boradi; n) amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha axborotlar tayyorlaydi va hisobotlar tuzadi; o) malaka va kasb mahoratlarini doimo oshirib boradi. Bilishi lozim: a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, davlatning ichki va tashqi siyosatini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari talablari va mazmunini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy hujjatlarini; b) pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi metodikasini, o‘smirlar fiziologiyasi va anatomiyasini; v) sanitariya va gigiyena talablari va qoidalarini, o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoyalashni, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda texnika xavfsizligini; g) hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzish tartibini; d) zamonaviy va xalq sport o‘yinlari talablari va qoidalarini. Download 53.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling