Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 53.07 Kb.
bet11/13
Sana23.12.2022
Hajmi53.07 Kb.
#1045482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI1

Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga mos holda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
Malaka talablari:
maxsus harbiy-pedagogik yo‘nalishda oliy ma’lumot, zaxiradagi ofitser.
JISMONIY TARBIYA RAHBARI
Lavozim vazifalari:
a) o‘quvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha o‘quv, fakultativ va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etadi;
b) jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchilari ishini boshqaradi;
v) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi;
g) davomat va o‘zlashtirishni nazorat qiladi va hisobga oladi, o‘quv-tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi va ta’lim jarayonida o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini kuzatib boradi;
d) jismoniy tarbiyaning ilg‘or va samarador vositalari, usullari va shakllarini tatbiq etadi;
e) “Sog‘lom avlod uchun” kompleks dasturlarining bajarilishi bo‘yicha ish olib boradi;
j) sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan o‘quvchilar sog‘lig‘ini tekshirishda qatnashadi, o‘quvchilar sog‘lig‘i holatini aniqlashda test usullaridan foydalanishni tashkillashtiradi;
z) turli korxona, tashkilot, muassasa va jamoat tashkilotlarini ommaviy sport tadbirlariga jalb etadi;
i) “Barkamol avlod” sport o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etadi;
k) sport inshootlari, inventarlaridan foydalanish va sportni rivojlantirish uchun budjetdan ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan maqbul foydalanishni ta’minlaydi;
l) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi.
m) jamoat instruktorlari, trenerlar va hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ish olib boradi;
n) amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha axborotlar tayyorlaydi va hisobotlar tuzadi;
o) malaka va kasb mahoratlarini doimo oshirib boradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, davlatning ichki va tashqi siyosatini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari talablari va mazmunini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha uslubiy hujjatlarini;
b) pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi metodikasini, o‘smirlar fiziologiyasi va anatomiyasini;
v) sanitariya va gigiyena talablari va qoidalarini, o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoyalashni, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda texnika xavfsizligini;
g) hisobot hujjatlarini rasmiylashtirish va tuzish tartibini;
d) zamonaviy va xalq sport o‘yinlari talablari va qoidalarini.

Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling