Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 53.07 Kb.
bet12/13
Sana23.12.2022
Hajmi53.07 Kb.
#1045482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI1

Bajara olishi lozim:
tasdiqlangan dasturga muvofiq tarzda o‘quvchilar bilan pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borish.
Malaka talablari:
a) jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha oliy ma’lumot;
b) o‘qituvchi lavozimida 3 yillik amaliy ish staji.
Ushbulardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, rahbar yuqoridagilardan kelib chiqib hamma normalarga to’g’ri kelishi kerak. Zamonaviy jamiyat o‘zining bilimlariga, qobiliyatlariga tayanadigan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, hamda o‘zini mukammallashtirishga va o‘z qobiliyatlarini hayot faoliyatida amalga oshirishga intiluvchan yetuk shaxsni talab qiladi. Bu ma’noda Respublikamizning ertangi gullab-yashnashi, kelajagi bevosita bog‘liq bo‘lgan ta’lim olayotgan yoshlarga asosiy e’tiborni qaratmoq lozim.

2.2.TA’LIM MUASSASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR


Marg'ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 17.05.2022 yil kuni O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida "Kitobdan yaxshi do'st yo'q jaxonda" shiori ostida kitobxonlik festivali bo'lib o'tdi.
2018 yilning 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt davlatining favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Al-Jiyron bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O'zbekiston-Kuvayt hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya Konfederatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Vengriya favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muzokaralarda O'zbekiston-Vengriya kun tartibidagi joriy va istiqbolli masalalar muhokama qilindi.
.Ma’lumki, kollej o‘quvchilari ilk o‘spirinlik yoshida bo‘lib, ular ijtimoiy faol va navqiron yoshdagi guruh vakillari sanalishadi. Bu yosh davri ularda o‘z-o‘zini anglashning shakllanishida va o‘z kelajagini rejalashtirishda sensitiv yosh hisoblanadi. Mustaqil va javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga qodir kollej o‘quvchilarining ongini shakllantirish muammosi hozirgi, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, globallashuv, ommaviy madaniyat va shu kabi omillar ular ongining shakllanishiga kuchli ta’sir etayotgan bir pallada ayniqsa dolzarbdir.
“Mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi ruhan boy va ma’naviy barkamol, rivojlangan shaxsni shakllantirish milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirishning ustivor yo‘nalishlaridan biridir”
Yuksak ma’naviy poklikka, faqat, yuksak hayotiy maqsadlarga intiluvchi erkin odamlar jamiyatida erishish mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyasiga, fuqarolarning ruhiyati va ma’naviyatining shakllanishiga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning sifat darajasini oshirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Bu narsalarning hammasi kollej o‘quvchilarini tarbiyalash jarayonida pedagogik-psixologik bilimlarning ahamiyatini jiddiy tushunish zarurligini ko‘rsatadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bir necha bor shuni ta’kidlagan edilarki: «Iqtisod, siyosat sohasidagi barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi inson hisoblanadi.
Aynan shuning uchun milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodning ta’limi va tarbiyasi ishi davlat ishi, eng ustivor masalalardan biri bo‘lib qoladi»
Yuqoridagi fikrlarni davom ettirgan holda, yana shuni ham ta’kidlamoqchimizki, o‘z nasl-nasabidan, kelib chiqishi va negizlaridan, o‘z tarixidan, o‘z millatidan faxrlanmaydigan, milliy g‘ururi bo‘lmagan, muxtasar qilib aytganda milliy iftixor ruhida tarbiyalanmagan komil inson, yetuk shaxs bo‘lmaydi. Shunday ekan, O‘zbekiston kelajagini belgilab beradigan yoshlarni tarbiyalashda milliy iftixor ruxini shakllantirishga katta e’tibor qaratmog‘imiz lozim.
Ma’lumki, insoniyat sivilizasiyasi so‘ngi yuz yil ichida misli ko‘rilmagan taraqqiyot pog‘onasiga erishdi. Kechagina ilmiy fantastika hisoblangan g‘oyalar bugungi kunga kelib oddiygina turmush ikir-chikirlariga aylanib qoldi. Jamiyatda axborot almashinuvi shu qadar jadallashib ketdiki, taraqqiyot ketidan quvib yetish amri mahol bo‘lib qoldi. Yangi innovasion texnologiyalar, transport vositalari, OAV, internet kabilar “uzoqni yaqin qilish” bilan birgalikda “ommaviy madaniyat” balosini ham olib keldi. Ommaviy madaniyatning eng xavfli tomoni – uning milliylikka raxna solishidir [4]. Gap shundaki, OAV va internet tarmog‘i orqali namoish qilinayotgan, aniqroq aytadigan bo‘lsak ko‘z-ko‘z etilayotgan “taraqqiy etgan madaniyat” tobora ko‘proq yoshlarni o‘z domiga tortmoqda. Bu madaniyat ortidan ko‘r-ko‘rona ergashish oxir-oqibat qadriyatlar tizimining o‘zgarishiga olib keladi. Xo‘sh, buning milliy iftixor tuyg‘usiga nima daxli bor dersiz? To‘g‘ridan-to‘g‘ri daxli bor, bevosita daxli bor! Zero vatanga muhabbat uning zarra tuprog‘ini e’zozlashdan boshlanmaydimi, o‘z xalqi, millatiga bo‘lgan hurmat uning barcha qadriyatlarini, marosimim-u urf-odatlarini hurmat ila asrash va kelajak avlodga benuqson uzatish istagi bilan belgilanmaydimi?... Milliy iftixor tuyg‘usi sust bo‘lgan yoshlar o‘zlari timsolidagi inson kapitalini*35 hayoliy ideallaridagi chet mamlakatlarga olib ketmaydilar deb kim kafolat bera oladi (umuman olganda, afsuski, bunday holatlar so‘ngi yillarda tez-tez quloqqa chalinmoqda). Shunday ekan, yoshlarda milliy iftixor ruhini yuksak darajada tarbiyalamas ekanmiz, yetuk malakali kadrlar haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Kollej o‘quvchilarini milliy iftixor ruhida tarbiyalash vazifasini hal qilishda zamonaviy pedagogikaning roli beqiyos, zero, ta’lim va tarbiya yaxlit pedagogik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda pedagogika fan sifatida sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Zamonaviy pedagogic texnologiyalar kam vaqt sarflab, yuqori samaradorlikka erishish imkonini yaratadi. Xususan, milliy iftixor ruhini tarbiyalashda ham muammoli ta’lim, trening, psixodramma texnologiyalaridan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Shuningdek ma’ruza va seminarlarda o‘zbek xalq maqollari, matal va masallaridan, dostonlardan foydalanish, bu og‘zaki ijod mahsullaridagi vatanparvar qahramonlarni namuna qilib ko‘rsatish, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ularning ijod namunalarini alohida ta’kidlab o‘qitish, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni uqtirish zarur.


Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling