Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Download 53.07 Kb.
bet13/13
Sana23.12.2022
Hajmi53.07 Kb.
#1045482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BMI1

XULOSA VA TAKLIFLAR
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig’i asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” tashkil etildi.
Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko’rsatadi. ta’lim-tarbiya, o’quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta’minoti sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Bunda universitet o’z oldiga o’quv fanlarini mutaxasisligi va malakasiga xos o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv adabiyotlari hamda kafedralarning o’quv uslubiy ishlanmalaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida foydalanish uchun imkoniyatlarni yaratish, hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalarni belgilagan.
Bo’lim vazifalari va faoliyati:

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish va hamkorlik qilish;

  • O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaliyotga joriy etilishini o‘rganish va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam berish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv-didaktik materiallar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etilishiga amaliy-uslubiy yordam berish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli o‘quvchilarini izlab topish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish, kompyuter va Internet savodxonligini, chet tilini bilish va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarini, xususan, yosh iqtidorli pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fan doktorlarini tayyorlashga (jumladan maqsadli asosda) ko‘maklashish;

  • Turli davra suhbatlari, tadbirlar, tanlovlar, seminar-treninglar o‘tkazish;

  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari uchun universitet axborot –resurs markazi hamda uning o‘quv zallaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish;

  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni ishga joylashtirish masalalarida hamkorlikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga universitet Axborot-resurs markazidan foydalanishga imkoniyat yaratish;

  • Akademik litseylar va kasb-hunar kollejda ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda seminarlar tashkil etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejning xalqaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot aloqalarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni xalqaro ilmiy va o‘quv grantlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish;

  • Akademik litseylar va kollejda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, o‘quvchilarda Vatanga muhabbat va sadoqat, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo‘lgan turli illatlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;

  • Akademik litseylar va kollejning axborot-resurs ta’minoti va moddiy-texnik salohiyatini takomillashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish, universitetning Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi va Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazidan litsey ehtiyojlariga muvofiq foydalanishga imkoniyat yaratish va boshqalar;

  • Kasb xunar kolleji bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha "Karyera haftaligi”ga akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining rahbarlari, kadrlar bo‘limi xodimlari taklif etish va ularga universitetda tayyorlanayotgan kadrlar to’g’risida ma’lumot berish hamda ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar imzolashda amaliy yordam berish.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, hamkorlikda o’qitish texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llashga qiziqish kundankun ortib bormoqda. Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgandir.
Pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija bo’lishiga qaratilgandir. Hozirda mavjud bo’lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarini gapirishdan oldin shuni eslatib o’tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks bittagina omildan, metoddan, tamoyildan foydalanmaydi, ya’ni quyida keltirilgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ular tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo’yicha turlarga ajratiladi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan ayrimlarini ko’rsatib o’tamiz.
Bilish faoliyatini boshqarish bo’yicha pedagogik texnologiyalarning quyidagi turlari ma’lum:
 Klassik ma’ruza
 Texnika vositalari yordamida o’qitish
 Maslahatchilik xizmati
 Darslik bo’yicha o’qitish
 Kichik guruhlar tizimi
 Kompyuter vositalari yordamida o’qitish
Repitetorlik tizimi
 Dasturlashtiriladigan boshqaruv Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo’yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi: O’qituvchi O’quvchi talaba Maqsad Natija Mazmun Metod Vosita Shakl
 Avtoritar
 Didaktik yo’naltirilgan
 Ijtimoiy yo’naltirilgan
 Antrapologik yo’naltirilgan
 Pedagogik yo’naltirilgan
 Insonparvarlikka va shaxsga yo’naltirilgan
 Hamkorlik texnologiyalariga yo’naltirilgan
 Erkin tarbiyaga yo’naltirilgan
 Ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo’naltirilgan Qo’llaniladigan asosiy metod bo’yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
 Dogmatik, reproduktiv metod
 Tushuntirish, ko’rgazmali
 Rivojlantiruvchi ta’lim
 Muommoli, izlanish
 Ijodiy metod
 Dasturlashtirilgan ta’lim metodi
 Diologli metod
 O’yin metodi
 O’z-o’zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi
 Axborotli(kompyuterli) ta’lim metodi Tashkiliy shakllarga ko’ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
 Hozirgi an’anaviy ta’lim
 Shaxsga yo’naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar
 O’quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar
 O’quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar
 Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar
 Hususiy fanlar pedagogik texnologiyalari
Alternativ texnologiyalar
 Tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar
 Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari
 Mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari
 Texnologiyalarni loyihalash va o’zlashtirish texnologiyalari Bulardan tashqari, shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo’naltirilganlik bo’yicha quyidagi turlarga ajratiladi:
 Fanlar bo’yicha bilim, o’quv-ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilganaxborot texnologiyalari
 Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo’naltirilgan-operatsion texnologiyalar
 Estitik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo’naltirilgan emotsional texnologiyalar
 Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo’naltirilgan o’z-o’zini rivojlantiruvchi texnologiyalar
 Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan evristik texnologiyalar
 Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo’naltirilgan amaliy texnologiyalar Pedagogik texnologiyalarni yuqorida aytilganlardan tashqari bir qancha belgilariga ko’ra turlarga ajratishlar har bir pedagogik texnologiya o’ziga xos serqirra ekanligidan kelib chiqib hamda amaliy maqsadlar nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilishga, o’zlashtirishlariga, yanada rivojlantirishga qaratilgan. Yuqorida ta’kidlangan pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim maktablari, o’rta maxsus kasb hunar ta’lim tizimi, oliy ta’lim hamda qayta tayyorlov va malaka oshirish ta’lim tizimlari uchun barcha fanlar bo’yicha qo’llash mumkin. Buning natijasida ta’lim oluvchilarning bilimlarini faollashtirib, o’zlarining mustaqil fikrlashga o’rgatish mumkin va buning natijasida biz o’qituvchilar kerakli yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. (7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 823-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020 y., 09/20/823/1688-son)

  2. Marg’ilon tibbiyot texnikumi rasmiy vebsayti http://www.martibtex.uz/

  3. O'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining "Tarmoq tarif-malaka ma'l u motnomasi"ni tasdiqlash to'g'risida buyrug’I, 2022 yil 23-mart 78-son

  4. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2019-y., 07/19/4310/3100-son, 01.01.2020-y., 07/20/4554/0014-son, 11.02.2020-y., 07/20/4592/0150-son, 15.02.2020-y., 07/20/4598/0170-son, 04.12.2020-y., 07/20/4911/1594-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)

INTERNET VEBSAYTLAR

  1. https://lex.uz/uz/

  2. https://president.uz/uz

  3. https://isrs.uz/oz/ozbekiston-yangiliklari



Download 53.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling