Va ularning malakasini oshirish instituti “innovasion ta’lim texnologiyalari” kafedrasi Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi
Download 53.07 Kb.
|
BMI1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy talablar
- O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR BO‘YIChA O‘RINBOSARI Lavozim vazifalari
Bajara olishi lozim:
a) ta’lim muassasasi va o‘qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilash; b) kasb-hunar kolleji(akademik litsey)ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish, uslubiy tavsiyanomalar, o‘quv rejalar, dasturlar, qoidalar, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish; v) ishchi yig‘ilishlar, suhbatlarni olib borish. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim muassasasi monitoringini tashkil etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash; g) pedagogik jamoada sog‘lom psixologik iqlimni yaratish. Malakaviy talablar: a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta’lim yo‘nalishlaridan kamida bittasi bo‘yicha yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha oliy ma’lumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno); b) ta’lim tizimidagi (pedagogik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 5 yildan kam emas. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASASI DIREKTORINING MA’NAVIY-MA’RIFIY IShLAR BO‘YIChA O‘RINBOSARI Lavozim vazifalari: a) ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi. Ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlar bo‘yicha yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi; b) milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, bu fanlarning o‘zlashtirilishi monitoringini olib boradi; v) o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi; g) ta’lim muassasasining yotoqxonalarida o‘quvchilarning yashashiga muqobil sharoitlar yaratadi, ularni o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishini tashkil etadi; d) sport seksiyalari va qiziqishi bo‘yicha to‘garaklarning doimiy faoliyatini ta’minlaydi; e) milliy urf-odatlar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlarimiz misolida o‘quvchilarning vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi. O‘quvchilar o‘rtasida darsdan tashqari, ommaviy-ma’rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi va uni muvofiqlashtiradi; j) ta’lim muassasasida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalarini echishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ko‘rgazmali vositalari bilan jihozlashni tashkil etadi; z) guruh rahbarlari uslubiy birlashmasining faoliyatini tashkil etadi, ilg‘or pedagogik tajribalar almashish jarayonini muvofiqlashtiradi, tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi; i) pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, yuqori malakali ustozlarning ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi; k) umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda qatnashadi; l) tarbiyaviy ishlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va yosh mutaxassislarga uslubiy yordamni tashkil etish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini va malakasini oshirish ishlarini olib boradi; m) san’atkorlar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilishini tashkil qiladi; n) guruh rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatini boshqaradi, ta’lim muassasasida tarbiyaviy ishlarning holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi; o) huquq-tartibot va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi; p) pedagog xodimlar mehnatini muhofaza qilish talablari, sanitariya-gigiyena rejim va texnika xavfsizligiga amal qilinishini ta’minlaydi; r) jamoa a’zolari va o‘quvchilar kontingenti huquqlarini himoyalash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofazalashga g‘amxo‘rlik qiladi. s) doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi. Download 53.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling