Va ularning malakasini oshirish markazi mustaqil ish mavzu: plastmassa chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish
Download 25.01 Kb.
|
plastmassa
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: PLASTMASSA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA UTILIZATSIYA QILISH Topshirdi: __ Ehsonov Muhlis____________________
- PLASTMASSA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA UTILIZATSIYA QILISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O’ZGARISHI VAZIRLIGI ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA FAOLIYAT KO’RSATAYOTGAN XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH MARKAZI MUSTAQIL ISH MAVZU: PLASTMASSA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA UTILIZATSIYA QILISH Topshirdi: __ Ehsonov Muhlis____________________ (F.I.Sh) (imzo) Qabul qildi: _O.Bo’tayev________________________________ (F.I.Sh) (imzo) Guruh № 3.23 Toshkent-2023 . PLASTMASSA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA UTILIZATSIYA QILISH Reja: Plastmassa turlari va ishlatilish sohasi. Plastmassali detallar tayyorlash texnologiyasi. Rezina materiallari Plastmassalar haqida asosiy ma’lumot. Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqlangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan. Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir. Plastmassadan to‘ldirgichsiz va to‘ldirgich qo‘shib ishlangan juda zich buyumlar, ko‘p kavakli yoki tolali engil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ishlangan qoplamabop o‘rama ashyolar, havo o‘tkazmaydigan to‘qimalar, shuningdek, emulsiya, elim, mastika (bo‘tqa) va tolalar juda ko‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning bunchalik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga ko‘ra yuqori sifatli hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. SHunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. SHu bilan birga agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam o‘tkazishi, elektr tokini o‘tkazmasligi va tashqi ko‘rinishining chiroyliligidir. Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan o‘lcham birligi ko‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bo‘ladi. Siyrak molekulalardan zich molekulalarga o‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik molekulalardagi tuzilish o‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak va zich molekulali birikmalar o‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi. Tabiatda uchraydigan sellyuloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, < kaxrabo va boshqalar zich molekulali birikmalarga kiradi. Bundan ikki asr oldin tabiiy kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olingan. Nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab chiqildi. SHuningdek, oqsil (kazein) moddadan galalit plastmassasini olishga erishildi. Polimerizatsiyalangan polimerlar (polistirol, polietilen, poliizobutilen, polimetilmetakrilat va h.k.) molekulalari bir necha bor bog‘langan monomerlardan olinadi. Polimerizatsiya jarayonida monomerdagi bog‘langan kichik molekula tugunchalari echiladi va moddaning boyashang‘ich molekulalarida erkin valentlar hosil bo‘lib yirik molekulalar bilan birikadi. Reaksiya jarayonida monomerdagi atom ajralib chiqib ketmaydi. SHu sababli, monomer bilan polimerlarning kimyoviy tarkibi bir xildir.Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qo‘shimcha moddalar ajraladi. SHu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi. Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar. CHiziqli polimerlarni – termoplastik, fazoviy tuzilishdagilarni esa termoreaktiv polimerlar deb ataladi. Fazoviy pishiq sinchli polimerlarning molekulalararo kovalent bog‘lanish mustahkamligi, ularning ichki qismidagi molekulalarning birikish mustaxkamligiga teng. Bunday bog‘lanishlarni o‘zaro buzish uchun yuqori harorat kerak bo‘ladi. Plastmassalarning asosiy xossalari Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi, ya’ni oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta engil, mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3 bo‘lgan po‘latning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga teng, xolos. Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. YUqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik elimlar olishda qimmatli hisoblanadi. Plastmassaning Qurilish materiallari sifatidagi kamchiligi ularning issiqqa uncha chidamli emasligi (60–400°S gacha), issiqdan kengayish koeffitsientining kattaligi va yonuvchanligidir. Ko‘p plastmassalar past haroratda egiluvchanlik xususiyatini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qoladi. Bulardan tashqari, plastmassalar oddiy haroratda ham egiladi. Bu xususiyat ulardan konstruksiyalar ishlashga imkon bermaydi. Ko‘pgina termoplastik plastmassalarning mustahkamligi harorat ta’sirida kamayadi. Plastmassalarning kamchiliklari Plastmassa yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga etmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi. Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi. Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o‘simliklartomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari borPlastmassali detallar turlari va tuzilishi. Plastmassa - plastik (yunon. qayishqoq) va massa (lot. yumaloqfangan narsa) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so’z shartli tushunchaga ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bostm va qizdirish natijasida muayyan shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta‘sirida ilgarigi holatiga qaylolmas edi.Keyinchalik issiqlik ta‘sirida qayta ishlanadigan plastmassalar ham ixtiro qilingan. Jahonda birinchi bo’lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari Aleksandr Parkes ixtiro qilgan. Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo’yicha termoplast va reaktoplast turlariga bo’linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirollarning) molekulalari bo’ylamaylashganligi ababli issiqlik ta‘sirida shaklini o’zgartiradi. Ya‘ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. Reaktoplastlarning (masaian, aminoplast va ftoroplastlarning) molekulalari to’rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo’lmaydi. Plastmassalar arzonligi va ba‘zi xususiyatlari bo’yicha boshqa materiaUardan qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko’p qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-imihitni ifloslaydi, o’simliklartomirlarini oziqlanishiga to’sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O’zitalplast» turli xil xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo’yicha uch guruhga bo’linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar. Plastik materiallar yoki plastmassalar — sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish qobiliyatiga ega. Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqdik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mus-tahkam saklaydi. Plastmassalardan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiqsovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi. Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻli-nadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada Plastmassalarning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi. Reaktoplastl ar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tu-zilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch u ni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qo-tirilgan Plastmassalardan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzok, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan Plastmassalar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki P. selluloid boʻlib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin Plastmassalar sanoati 2-jaxrn urushidan keyingi-na rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen Plastmassalar koʻplab ishlab chiqarila boshladi. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona Plastmassalarni qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda Plastmassalar pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro- va termoizo-lyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, dera-za, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida Plastmassalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashti-radi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. Plastmassalarning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniya-tiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham Plastmassalar muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, verto-lyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda kullaniladi. Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexa-nizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Avtomobil sozl i kda Plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi. Qishloq xoʻjaligida Plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqa ishlatiladi. Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastik massalar tabiiy yoki sun‘iy polimerlar asosida olingan materiallar bo’lib, ularni olish yoki qayta ishlashning ma‘lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo’ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi. Oddiy plastik massalar yolg‗iz polimerlardan iborat bo’lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi. Murakkab plastik massalarda bog‗lovchi polimerlardan tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchi va bo’yovchi moddalar ham bo’ladi. Ba‘zan bog‗lovchilar sifatida polimerlar o’rniga bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi. XULOSA To’ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga ko’ra 40–80% gacha to’ldirgichlar sifatida yog‗och uni, paxta, qog‗oz, asbest, to’qima va shisha tolalari, bo’r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa materiallar qo’shiladi. Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquvchanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta‘sirida turg‗unligini oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma‘lum nisbatda qo’shiladi. Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer materiallarning qotish jarayonini tezlatadi. Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini osonlashtirish uchun qo’shiladi. Ularga mum, steorin, transformator moyi va boshqalar kiradi. Bo’yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo’yoq sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydalaniladi. Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‗lanish xarakteriga) ko’ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga ajratiladi. Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari o’zaro bo’shroq chiziqli bog‗lanadi. Ular qizdirilganda yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi. Adabiyotlar ^ Zimmer, Karl (2012 yil fevral). "Bizning g'alati, muhim, ong ostidagi yorug'lik detektorlarimiz". Jurnalni kashf eting. Olingan 2012-05-05. ^ a b "Sog'lom kattalarning ko'z olmasi diametrining o'zgarishi". ^ Kanningem, Pol Riordan-Eva tomonidan tahrirlangan, Emmett T. (2011-05-17). Vaughan & Asbury's General Oftalmologiya (18-nashr). Nyu-York: McGraw-Hill Medical. ISBN 978-0-07-163420-5. ^ "ko'z, odam." Britannica entsiklopediyasi Britannica Encyclopædia Ultimate Reference Suite 2009 ^ Duradgor, Rojer X.S. (1988). Ko'zlar harakati (2-nashr). London: Pion, Ltd ISBN 0-85086-109-8. ^ Savino, Piter J.; Danesh-Meyer, Xelen V. (2012). Rangli atlas va klinik oftalmologiya konsepsiyasi - Wills Eye Institute - Neyro-Oftalmologiya. Lippincott Uilyams va Uilkins. p. 12. ISBN 978-1-60913-266-8. ^ Rayan, Stiven J.; Schachat, Andrew P.; Uilkinson, Charlz P.; Devid R. Xinton; SriniVas R. Sadda; Piter Videmann (2012). Retina. Elsevier sog'liqni saqlash fanlari. p. 342. ISBN 978-1-4557-3780-2. Download 25.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling