Va ularning turlari


I.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi va ularning


Download 161.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.06.2023
Hajmi161.57 Kb.
#1639937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RA’NODOSHLAR OILASI (ROSACEAE) OILASI,

I.Bob Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi va ularning 
turlari 
1.1.Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) oilasi vakillari 
Ra’nodoshlar oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan 
ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy 
shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. 
Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. 
To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab 
gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on bo’laklari 5 tadan (ba’zan 4-6 tadan). 
Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p 
bo’ladi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba’zan mevasiga 
qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir nechta 
mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul 
formulasi: Ca
5
Co
5
A

G
(1,5,∞)
. Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin 
meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rezavor meva va 
boshqalar bor . Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yo’l 
bilan ko’payadiganlari ham bor (atirgul, qulupnay va boshqalar).
O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, 
O’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va 
vegetativ a’zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga bo’linadi. Bular 
orasida O’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar 
(Spiraeoideae), 
Ra’nodoshchalar 
(Rosaideae), 
Olmadoshchalar 
(Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari 
bor.
Klassifikatsiyasi 
Taksonomik 
Taksonlar 



kategoriyalar 
Dunyo 
Bo’lim 
Ajdod 
Kichik ajdod 
Qabila 
Oila 
Kichik oila 
Turkum
Tur 
O’simliklar (Plantae
Yopiq 
urug’lilar 
(Magnoliophyta, 
Angiospermae
Ikkipallalilar 
(Magnoliopsida, 
Dicotyledones
Ra’nokabilar (Rosidae
Ra’nokabilar (Rosales
Ra’nodoshlar (Rosaceae
Ra’nodoshchalar (Rosoideae
Na’matak (Rosa
Itburun namatagi (Rosa canina
Ra’nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na’matak (Rosa), 
Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.

Download 161.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling