Va ularning turlari


 Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) tuzilishi


Download 161.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi161.57 Kb.
#1639937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RA’NODOSHLAR OILASI (ROSACEAE) OILASI,

 
2.2. Ra’nodoshlar oilasi (Rosaceae) tuzilishi 
Oʼzbekiston xududi oʼsimliklar olamini oʼrganishda XIX asrdan 
boshlab koʼp tarmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Oʼsimliklar 
turlari morfogenez qonuniyatlari oʼsimliklarning arid zonaga 
moslashgan evolyutsion strukturasi, floraning genezis muammolari 
yovvoyi holda oʼsuvchi turlar introduktsiyasi va boshqalar. Oʼrta Osiyo 
florasi genezisini aniqlash ilmiy tadqiqotlarning bosh yunalishidir. 
Koʼplab olimlar Oʼrta Osiyo florasini kseromorfogenez yoʼnalishida 
doimiy oʼzgarib boruvchan deb xisoblaydilar. Ularning fikricha barcha 
Oʼrta Osiyo kserofit florasi Janubiy Аfrika markazidan kelib chiqqan. 
Аytilgan kontseptsiyani qurgʼoqchil xududlarga qoʼllash mumkin lekin 
Oʼrta Osiyo xududining koʼp qismi togʼlar bilan oʼralgan boʼlib iqlimiy 
sharoiti vertikal boʼyicha oʼzgargan va bir necha marta muzliklar 
transgressiyasiga uchragan. Bu bilan bogʼliq iqlimiy oʼzgarishlar boshqa 
flora elementlarining 
koʼchishiga va oʼsimliklar olamining xilma-xilligiga olib keldi. 
Bundan tashqari, xudud boshqa xududlardan chegaralanmagan, 
aksincha, har xil flora vakillarining migratsiya yulidadir. А. G. 
Golovkova va boshqalarning fikricha oʼrmonlar, oʼtloqlar, butazorlar 
ichida floraning Boreal elementlari koʼprok shakllangan Xindi-Ximolay 
elementlari kamroq shakllangan. Saxro zonalarida esa Turon, Old Osiyo, 
Oʼrta Osiyo elementlari keng tarqalgan. Xudud flora genezisining bu 
kontseptsiyasi ishonchli. Yogʼochlangan butasimon oʼsimliklar 


20 
strukturasini oʼrganish tadqiqotlarning yana bir yunalishi boʼlib, 
oʼrganilgan turlarda koʼp yillik yogʼochning struktura tuzilishlari 
koʼrsatib berildi. Bu mualliflar yogʼochning strukturaxususiyatlarini 
yashash muhiti omillari, xayot tarzi, taksonning evolyutsion darajasi 
bilan bogʼlamagan holda, tur filogeniyasini sistematikasi uchun katta 
ahamiyatli boʼlgan aʼzoning shaklllanishi va xususiy belgilarini teran 
ochib berdilar. Rosaceae oilasidagi yogʼochlanishning anatomik 
tuzilishiga mansub maʼlumotlar A. Burgerstein qalamiga mansub. U 
Rosaceae oilasining 76 turini oʼrganib, yogʼochining belgilariga qarab 
aniqlovchi yaratdi. Аvtor miqdoriy 
belgilarga katta ahamiyat berdi. Masalan, uning fikricha Malus va 
Pyrus oʼrtasidagi farq nurlarning fazodagi balandligida. Koʼrsatilgan 
oilaning Gʼarbiy Yevropa va Xitoyda oʼsuvchi qator turlarining 
yogʼochlari ham oʼrganilgan. Rosaceae oilasi vakillarini anatomik 
jihatdan oʼrganish amaliy ahamiyati bor turlar ustida oʼtkazildi. Yevropa 
va Kavkaz keng bargli oʼsimliklari yogʼochini oʼrganish bu turning 
evolyutsion darajasini aniqlash va aʼzolarining muhit omillariga 
moslashuvini baholash uchun oʼrganildi va yogʼochning 10 ta tarkibiy 
tipi aniqlandi. Oʼrta Osiyo oʼsimliklari uchun evolyutsion IX-Xtip mos 
kelishini aytdilar. M.I.Kolosovaning fikricha primitiv V-VIItip Oʼrta 
Osiyoning faqat tuqayli xududlarida uchraydi. Rosa L. baʼzi turlari 
anatomo-morfologik xususiyatlari chuqur oʼrganilgan. Bargi, mevasi, 
urugʼi tarkibida vitaminlar, efir moylari, pektin saqlash darajasi keng 
koʼlamda tahlil qilingach farmatsiya, oziqovqat sanoati, tibbiyotda 
qoʼllaniladigan qator Rosa L. turkumi maxsulotlari ishlab chiqarilishi 
uchun bu oʼsimliklar plantatsiyalari vujudga keltirilgan. Sanoatda atirgul 


21 
moyi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yovvoyi holda oʼsuvchi koʼplab 
turlaridan ham sanoatda farmotsevtikada, parfyumeriyada va oziq-ovqat 
sanoatida keng foydalaniladi. Tibbiyotda vitamin S yoki askorbin kislota 
deb nomlanuvchi kislota olish uchun xom ashyo sifatida qoʼllaniladi. 
Naʼmatak mevalari tarkibida juda koʼp miqdorda vitamin S (4-8%, 
baʼzan 18% gacha boradi), P, K, B gruppasi, karotinlar bilan bir qatorda 
flavonoidlar, qand, organiq kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, 
limon kislotasi 2% atrofida), pektin va oshlovchi moddalar, likopin va 
riboksantin, shuningdek kaliy, temir, marganets, fosfor, kalьtsiy, magniy 
tuzlari bor. Meva urugʼlarida vitamin Ye mavjud. Mevalaridan dori-
darmon olinishida katta manba hisoblanadi. V. Kulikov keltirgan 
maʼlumotlarga 
qaraganda, 
oʼsimlik 
mevalaridan 
tayyorlangan 
preparatlar antiseptik, umumdarmon bagʼishlovchi, aterosklerozga davo 
boʼluvchi manba sifatida ishlatiladi. Naʼmatak mevalarida P-vitaminlar 
yigʼindisi boʼlganligi tufayli mayda qon tomirchalari devorlarining 
elastikligini oshirib, uni mustahkamlaydi. V.V.Lebedevning keltirgan 
maʼlumotlariga qaraganda, naʼmatak ildizlari asosida tayyorlangan 
qaynatma 
ovqatni 
hazm 
qiluvchi 
organlarning 
faoliyatini 
uygʼunlashtirib, uning fermentative aktivligini meʼyorga keltiradi. 
А.D.Turova naʼmatak preparatlari, inson organizmida havfli boʼlgan 
yurak toj tomirlari aterosklerozida holestirin miqdorinin kamaytirishi 
haqida maʼlumotlar keltiradi. Bundan tashqari naʼmatak oʼt qopchasi 
kasalligi holetsistitda hamda oʼt ajralishini sustlashishi bilan bogʼliq 
boʼlgan kasalliklarda ijobiy natija beradi. 
Tibbiyotda ishlatish uchun mevadan damlama, ekstrakt va sharbat 
(hoʼl mevasidan) hamda tabletkalar, holosas kabi dorivor preparatlar 


22 
tayyorlanadi. Mazkur preparatlar avitaminoz xastaligini, ateroskerozni 
davolashda, oʼt haydash maqsadida, tavsiya etiladi. Mevalari halk 
tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Uning mevalaridan 
tayyorlangan damlamada oʼpka sili, jigar, oʼt qopchasining 
yalligʼlanishi, ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda 
foydalaniladi. Shuningdek, naʼmatakning mevasi asosida tayyorlangan 
qaynatma qon toʼxtatuvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida isteʼmol 
qilinadi. 
Boshqa bir gurux olimlar ilmiy izlanishlari oʼsimliklarning alohida 
aʼzolarining tuzilishiga, alohida taksonomik oʼsimlik guruxlarining 
tashqi muhit omillariga adaptatsiyasini aniqlashga turlar evolyutsiyasi 
muammolariga qaratilgan. Rosaceae oilasidan Spiraea, Malus, Rosa va 
boshqa koʼplab 
turkumlari 
turlarining 
anatomik 
tuzilishi 
morfologiyasi, 
yogʼochlanishining turlari, tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi, 
ekologik omillarning ushbu turlarga taʼsir darajasi haqida turli olimlar, 
turli xududlarda, turli davrlarda salmokli tadqiqotlar olib bordilar. 
Mualliflarning fikricha Rosaceae oilasi 
vakillarining oʼrganilgan aʼzolari tuzilishi bir biriga uxshash yaʼni 
mezomorf tuzilishga ega. Rosaceae oilasi vakillarini anatomik tuzilishi 
kseromorf ekanligini aniqlagach, Eronda ularning eng koʼp turlari 
tarqalganligini isbotladilar. Rosaceae oilasi vakillarini vegetativ 
organlarini anatomomorfologik sinchiklab oʼrganish XX asr boshlariga 
tugʼri keladi. 
V.R.Kondorskaya barglar, yogʼochlik tuzilishi, epiderma 
hujayralarining devorlarining toʼgʼriligi, yogʼoch elementlarining yarusli 


23 
joylashuvi, ularning siljuvchanligini koʼrsatishini А.G.Davtyan va 
Sh.D.Dadasheva tadqiqotlarini davom etkazgan holda olib bordi. 
V.K.Vasilьevskaya va boshqalar baland togʼ yaylovlari oʼsimliklarining 
vegetativ organlari tuzilishini oʼrganib, ekologik 
belgilar organizmning tashqi muhit taʼsirlariga turga xos reaktsiya 
sifatida vujudga keladi, degan xulosaga keldilar . Oʼsimliklar 
moslashuvining strukturaviy asosi koʼprok bargning harakterli 
xususiyati boʼlib, oʼsimlikning tashqi muhit omillariga adaptatsiyasi 
sifatida namoyon boʼladi. Keyinrok oʼsimliklarning yashash 
sharoitlarida barglarning anatomik tuzilishidagi adaptatsiya belgilarini 
koʼplab 
olimlar tadqiq qildilar. Bu xususda B.R.Vasilьev olib borgan ilmiy 
tadqiqotlar alohida eʼtiborga molik. Muallif uz izlanishlarida sayyoramiz 
asosiy iqlimiy xududlarida - ekvatorial, tropik, subtropik, muʼtadil 
geografik kengliklarda oʼsuvchi yogʼochli oʼsimliklar asosiy 
namoyondalarining barglari tuzilishini oʼrgangach, barg strukturasi 
evolyutsion rivojlanishida qator umumiy morfogenetik konuniyatlar 
mavjud ekanligini aniqladi. Har xil oila vakillari, xududiy iqlimiy 
omillarga adaptatsiya jarayonida, yaqqol konvergentsiyadan qatʼiy 
nazar, oʼzlarining sistematik holatidan qatʼiy nazar barg tuzilishining 
xususiy belgilarini saqlab koladilar . Hozirgi davrda florogenez va 
filogenez muammolarini hal qilish yoʼlida oʼsimliklar ontogʼenezini 
tadqiq qilish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Pallabarg, yuvenil va 
definitive barglarning anatomik tuzilishini oʼrganish orqali oʼsimlik 
assimilyatsiya aʼzolarining primitiv turlaridan hozirgi turlarigacha 
boʼlgan 


24 
rivojlanish sikli va tashqi muhit sharoitiga adaptatsiyasi oʼrganiladi. 
Koʼplab mualliflar oʼsimliklar qishki uyquga kirayotganda kurtaklarning 
qayta shakllanishi, novdalar oʼsishini minimumga qisqartirish, 
shoxlanish sonlarini koʼpaytirish, oʼsimliklarning yuvenil holatda 
boʼlish davrini uzaytirish va boshqa muammolar ustida qator ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. 
Oʼrta Osiyo daraxtsimon va butasimon oʼsimliklari vegetative 
aʼzolarining ekologiya bilan bogʼliq ontogenezini koʼp qirrali oʼrganish, 
oʼsimlik strukturasi birinchi navbatda, turning ekologik muhitda 
shakllanishini – evolyutsiyasi shakllanishini belgilaydi. Demak, 
oʼsimliklar aʼzolarining anatomik tuzilishi haqidagi maʼlumotlar: - har 
xil ekologik gurux oʼsimliklari ontogʼenezi 
boskichlarida anatomik strukturalarning uzgarishi; - ularning toʼla 
biologik tasniflash imkoniyati; - turlarning adaptiv va evolyutsion 
darajasini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Shunday qilib biz oʼrgangan 
oʼsimliklar turkumlari vegetative aʼzolari tuzilishi xususiyatlari 
sayyoramiz boʼylab koʼp tomonlama oʼrganilgan. Bu tekshiruvlar:
a) aʼzolar struktura elementlari shakllanishini aniqlash;
b)ekologik yashash muhitiga moslashishini aniqlash;
v) yashash muhiti ekologik omiliga bogʼliq taksonomik guruxlar 
paydo boʼlishi, muhit har xil omillariga adaptatsiya, turlar evolyutsiyasi 
masalalari;
g) alohida tur oʼsimliklarining tasonomik kategoryalarini aniqlash;
d) flora genezisi va turlarning evolyutsion-filogenetik bogʼlarini 
aniqlash yunalishlarida olib borildi. Oʼzbekiston xududida Rosaceae 
oilasiga mansub buta, daraxtsimon buta oʼsimliklarining organ 


25 
strukturalari xususiyatiga bagʼishlangan ilmiy izlanishlar bizning 
imkoniyatimizdagi adabiyotlar roʼyxatida uchratilmadi. Koʼplab turlar 
ontogenezining boshlangʼich bosqichlari juda kam oʼrganilgan. Biz shu 
soxada ilmiy izlanishlar olib borishni oʼz oldimizga maqsad qilib 
qoʼydik. 
Rosa 
turkumi 
sistematikasini 
oʼrganish 
azaldan 
tadqiqotchilarning diqqatini oʼziga jalb etib kelgan, Gʼarbiy Yevropada 
koʼplab moʼtaxassislar yoki ―turkumni oʼrganuvchi‖ deb nomlanuvchilar 
mehnat qilganlar va bunga umuman olganda juda katta adabiyotlar 
bagʼishlangan. Bu masalada u bilan raqobatlashuvchi turkumni 
koʼrsatish qiyin. Аfsuski, bizning mamlakatimizda naʼmatak turkumi 
turlari sistematikasini yetarli darajada oʼrganilmagan va bizning 
floramiz turkum turlari koʼp farqlanib murakkab siklli formalari 
hisoblanadi. Eʼtiborli tomoni taxlil qilinganda, oʼtgan bunday yuz 
yillikning birinchi yarmida Marshall Bibershteyn va Besser mehnatlari 
evaziga shunday tahlilga yaxshi tamal qoʼyilgani bilan belgilash 
qiziqarli boʼlgan. Lekin ularning ishlarini davom ettiradiganlar 
topilmadi. Boʼlarni bu sohada erishgan yutuqlari tez orada unutildi. Oʼz 
vaqtida bizning naʼmataklarimizga E. Regelь, katta eʼtibor qaratdi. 1877 
yil turkum monografiyasi chop ettirildi. Biroq, bu muallif tabiiy va 
yovvoyi holda oʼsuvchi turlarini yoʼqligi va turkumga xos birligini 
mukammal tanish emasligi unga faqat gerbariy materiallari bilan tanish 
boʼlgan koʼplab formalarini toʼgʼri talqin qilishiga sabab boʼlib xizmat 
qildi va bu monagrafiya bizning formalarni oʼrganishda koʼproq salbiy 
rol oʼynadi. Regeldan keyin bizning fan qurgʼoqchilikga uchradi. 
Faqatgina ikkita turkumshunos I.F. Shmalьgauzen va А.А. 
Lonachevski oʼrgandilar. Birinchidan oʼzining zamonasi uchun Kiev 


26 
(Kiev, 1891) atrofidagi naʼmataklarga bagʼishlangan qimmatli ishni 
taqdim etdi. Ikkinchidan Ukraina, Qrim va Kavkaz naʼmataklarini 
oʼrganishda juda koʼp mehnat qildi. Аfsuski, Lonachevski oʼz ishini 
oxiriga yetkazmay vafot etdi. U tomonidan naʼmataklarni aniqlash 
uchun jadvallarni MDX ning Yevropa qismidan, Qrim va Kavkazdan, 
Аjariston naʼmataklar xaqidagi maqola va koʼplab alohida turlarni yoki 
yorliqdagi formalari haqida Аkademik А. А. Lonachevski ―Herbarium 
Florae Rossicae‖ dagi 
eslatmalar qolgan boʼlib, u oʼzi qilgan ishlaridan juda oz qismini 
nashr qilgan. Lonachevski tomonidan turli formalar koʼproq Caninae 
sektsiyasidan boʼlib va u tomonidan oʼrganilgan gerbariy koʼl yozmalar 
saqlanib qolinmagan . Bunday holatda MDX naʼmataklari 
maʼlumotlarini Gʼarbiy Yevropa moʼtaxassislari ishi turkum 
monografiyasidan ishlash kerak boʼldi. Bu yerda birinchi oʼrinda koʼzga 
koʼringan Belgiyalik turkumshunos Crepin nomini tilga olish mumkin, u 
butun umrini turkumni oʼrganishga bagʼishlagan. Crepin tomonidan 
Leningrad gerbariy materiallarini qayta ishlagan va buning natijasida uni 
koʼp sonli publikatsiyada nashr ettirgan. Bir soʼz bilan aytganda, alohida 
boʼlimlari oʼziga xos harakteri va tasodifiy eslatmadagi (Crepin turkum 
monografiyasini yozmagan) va shuningdek tekshirilgan gerbariy 
namunalariga yopishtirilgan yorliqlar ham oʼziga xosdir. Bu esa 
naʼmataklarni oʼrganishdagi katta eʼtiborni oʼziga tortdi. Koʼp sonli 
dubletlar va Crepin tomonidan qolgan kollektsiyasi va uning 
Bryusseldagi gerbariylari zamonamizni yirik turkum namunalarini 
Boulenger, tomonidan oʼrganilgan va vafotidan biroz oldin Osiyo 
naʼmataklari monografik sharxini nashr ettirishi katta rol oʼynagan. Bu 


27 
mehnat, Crepin tomonidan koʼyilgan koʼplab xatolarni va rus 
kollektsionerlari tomonidan toʼplangan naʼmatak nushalari maqoladagi 
xatolarni toʼgʼrilashda juda katta ahamiyatga ega. Crepin kabi, 
Boulenger ham turkumshunoslikni ―sintetiklik‖ yoʼnalishi vakillari 
hisoblanadi. Shuning uchun bizning naʼmataklarimiz toʼgʼrisidagi 
ishlaridan sistematik analizni kutish mumkin emas. Qisqa muddat ichida 
haqiqiy qayta oʼrganish bajarilmadi. 
Аsosiy vazifa qilib, MDX naʼmataklarini yarim asr oʼrganilgan, 
baʼzi bir natijalarni kiritish uchun yangi maʼlumotlarni kiritilgan. Bu 
qayta ishlashni naʼmataklar monografiyasi boʼshliqni toʼldiruvchi 
sifatida qarash mumkin. Masalan, bizga, nomaʼlum eski avtorlar 
tomonidan yozilgan bu sinonimlarga tegishlidir yoki MDX hududida 
aniqlangan butun bir turlarni ongli ravishda chiqarilib yuborilgan yoki 
oson shifrovka qilingan. Ushbu nomlar, jumladan, katta qismi 
allaqachon esdan chiqarilgan flora va monografiyada uchramaydi. Baʼzi 
bir turlar uchun turli mualliflar tomonidan oʼrganilgan nomaʼlum 
taksonlik belgilar chiqarib yuborildi. Sistematik yondashuvda Rosa L. 
turkumi oʼrganish uchun juda murakkab hisoblanadi. Bu yerda yuzma-
yuz keluvchi murakkabligi turli guruhlar uchun turlichadir. Koʼplab 
sektsiyaga xos kuchli ichki turkum oʼzgaruvchanligi polesey hosil 
qilishga qobilyatlilik xosdir. Baʼzi turkumlari Rosoideae oilasida 
boshqa, turkumni bunday munosabatda Potentilla va Sangulsorba 
turkumlariga tenglatish mumkin. Tekshiruvning asosiy metodlari 
geografo-morfologik metod hisoblanadi. Butunlay boshqa manzaralarni 
Caninae sektsiyasida kuzatamiz, bu 
turlar uchun apomiksis hodisasi borligi aniqlangan, shu holat 


28 
sababli Alchimilla turkumidagi shu qatordagi konstantlik element 
birliklari kuzatiladi. Ohirgi turkumga qarama–qarshi bizda bu birliklarni 
oʼrganishga kirishilmagan va bu sektsiyaga qabul qilingan turkumlar 
majburan yigʼma harakterga ega. Rosa L. turkumi materiallari qayta 
ishlanishi va qoʼllanmalar natijasida G.P.Sumnevich tomonidan 
Oʼzbekiston florasiga taqdim etildi. U tomonidan terilgan gerbariy 
materiallari va saqlanayotgan gerbariylar, qoʼllanmalarni oʼrganish 
natijasida biz shunga amin boʼldikki G.P.Sumnevich turkum safarlarida 
asosan turli yaqin 
formalarni va koʼp hollarda gibridni kelib chiqishi natijasida yangi 
turkumlar hosil boʼlishi bilan shugʼillanganligini taʼkidlash joiz. Bu esa 
birgalikda olib borilgan Naʼmatakning uzoq formalari, gerbariy 
materiallari tabiatda va populyatsiyada tarqalishi bilan bogʼliq ekanligini 
taʼkidlab oʼtadi . Bunday arealsiz qizil chiziqlar zamonaviy Oʼrta Osiyo 
boʼylab tarqaladi. Bunday arealsiz yondashishlar boshqa zamonaviy 
Oʼrta Osiyo turlarini aniqlash ishlarida kuzatiladi. Naʼmataklarni 
aniqlash va oʼrganish uchun toʼla materialga ega boʼlish kerak. 


29 
XULOSA 
Oʼsimliklarning keng areallarda, har xil geografik mintaqaviy 
kengliklarda, har xil iqlimiy sharoitlarga moslashuvi bu moslashuvning 
anatomo-morfologik jihatlarini oʼrganish boʼyicha dunyo biolog-botanik 
olimlari chuqur ilmiy izlanishlar olib borishgan. Izlanishlarning tarixi 
juda uzoq. Mikroskopning tadqiq qilinishi biologiya olamida juda katta 
tadqiqotlar oʼtkazishning boshlanishiga muhim turtki boʼldi. Oʼsimliklar 
morfogenezini filo-ontogenez nisbatida oʼrganish juda koʼp turlarning 
kelib chiqishi, oʼzgaruvchanligi, yangi turlarning paydo boʼlishiga asos 
boʼlishi haqida ilmiy izlanishlar, diskussiyalar, qarama-qarshi 
nazariyalar yuzaga keldi. Bizning ilmiy tadqiqotimiz maqsadi va 
vazifalaridan kelib chiqqan holda, keyingi 20 yil mobaynida qilingan 
ilmiy tekshiruvlarning adabiy taxlilini oʼtkazdik, ayrim hollarda XX asr 
50- yillaridan boshlab oʼtkazilgan ilmiy tadqiqotlarni oʼrganib chiqishga 
toʼgʼri keldi. Rosaceaea oilasiga mansub Spireae L., Rosa L., Malus 
Mill. turkumlari turlarining tarqalishi, oʼsimliklarning geografik, 
ekologik, iqlimiy oʼzgaruvchan sharoitlarda yashash shakli, tashqi muhit 
omillariga bogʼliq holda anatomo-morfologik oʼzgarishlarini aks 
ettiruvchi ilmiy adabiyotlarni imkoniyatimiz darajasida koʼrib chiqdik. 
Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki, oʼrganilayotgan Rosaseaea turkumi 
turlari aʼzolarining anatomo-morfologik tuzilishining tashqi muhit 
omillariga adaptatsiyasi nuqtai nazaridan oʼrganishda hozirgi kunga 
qadar mutaxassislar oʼrtasida aniq bir toʼxtamga kelinmagan. 


30 

Download 161.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling