Va ularning turlari


Download 161.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi161.57 Kb.
#1639937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RA’NODOSHLAR OILASI (ROSACEAE) OILASI,

Na’matak - Rosa turkumi 1-3 m balandlikdagi tikanli butalardan 
tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari 
aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo’rg’oni 
murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va 
urug’chilari ko’p. Mevasi soxta meva. Turkum 120 ga yaqin turni 
birlashtiradi. Shulardan O’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir 
nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Na’mataklar ichida itburun na’matak (R. canina) O’zbekistonda 
keng tarqalgan. Mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, 
urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun 
payvandtag sifatida foydalaniladi. Na’mataklar atirgullarning kelib 
chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi (221-rasm).



Na’matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba’zan 18% gacha vitamin C, 0,3 
mg % vitamin B
2
, K
1
, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% 
oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin 
va boshqa moddalar bo’ladi. Na’matak urug’ida moy, ildizi va bargida 
esa oshlovchi moddalar bo’ladi. Na’matak o’simligining mevasi 
tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli 
preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda 
ishlatiladi. Bundan tashqari, na’matak mevasi konditer sanoatida 
mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo’llaniladi. Na’matak turlarining 
mevasidan karotolin preparati va na’matak moyi tayyorlanadi. Karotolin 
mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo’lib, tropik yaralar, 
ekzema (gush), eritrodermitning ba’zi turlari va yaralangan shilliq 
pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, 
shikastlangan joyga qo’yiladi. Na’matak moyi maxsus usul bilan 
mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq 
dimog’, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun 
ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo’yiladi. 



Itburun na’matagi (Rosa canina): 
1-g’uncha, 2-guli va uni bo’ylama kesmasi, 3-kosachabarg, 4-urug’chi, 
5-gul diagrammasi, 6-mevali novda, 7-mevaning bo’ylama kesmasi. 
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi 
(Cydonia), 
Irg’ay 
(Cotoneaster), 
Do’lana 
(Crataegus
kabi 
O’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bog’langan 
turkumlarni o’z ichiga oladi. 
 
Ikki urug’ pallalilar ning o’ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha 
berish,Ra’nodoshlar oilasi haqida tushuncha berish. 
 
Ra’nodoshlar oilasi yovvoyi va madaniy o’simliklar vakillari 
haqida ma’lumotlar. 
 
O’quvchilarda ekologik ,estetik,gigienik madaniyatini 
shakllantirish 
 
Mustaqil ishlashga o’rgatish. 
 
Darslik va qo’shimcha adabiyotlarni o’rgatish. 
Ra’nodoshlar oilasi gk5 gt5 chugk5 gt5 ch u1 ikki urug’ pallali 
o’simliklar sinfiga 340 ta oilaga mansub 175 dan ortiq o’simlik kiradi. 
bu oilaga yarimsharning mo’tadil iqlimli mintaqalarda o’sadigan 3000ga 
yaqin turdagi daraxt, buta va ko’p yillik o’tlar kiradi. 






 
RA’NOGULDOSHLARNING BARGLARI YONBARGCHALI 
,ODDIY ,MURAKKAB UCH 
 
BARGCHALI YOKI MURAKKAB PATSIMON 
 
BO’LADI’POYADA NAVBAT BILAN JOYLASHADI. 
 
GULLARI YAKKA-YAKKA ,BARG QO’LTIG’IDA 
 
O’RNASHGAN YOKI SHINGIL,QALQON,SOYABON 
SHAKLIDADAGI TO’PGULLARDA JOYLASHGAN,IKKI 
JINSLI ,TO’G’RI GUL HASHAROTLAR YORDAMIDA 
CHAHGLANADI. 
 
GULQO’RG’ONI MURAKKAB ,TO’G’RI ,KO’PINCHA 5 
A’ZOLI .GULTOJBARGI 5TA 
QO’SHILMAGAN.CHANGCHILARI KO’P. 
 
URUG’CHISI BITTA YOKI KO’P. MEVALARI 
 
BIR DANAKLI (SHAFTOLI ,O’RIK), KO’P 
 
DANAKLI (MALINA,OLMA,NOK)MEVALAR.Na’matak bo’yi 
2-3m ga yetadigan ,poyasi ko’p,tikanli sershox buta .Barglari 
murakkab , toq patsimon,5-9 yaproqchali.Iyun-iyul oylarida 
gullaydi.gullari yirik eni 8-9sm ,asosan och pushti gulkosacha va 
gultoji 5tadan.Gulda juda ko’p chang- chi va urug’chilari bor. 



Na’matakning soxta mevasi to’q qizil ,etdor, uzunchoq ,uzunligi 2-3sm 
,ichida juda ko’p urug’lari bor . Meva tarkibida inson salomatligi uchun 
zarur darmondori ,limon kislota,oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. 
Tabobatda avitaminoz kasalligining oldini olish va davolashda 
ishlatiladi. O’zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o’simlik o’sadi. 
Na’matak madaniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi.Olmalar olma 
turkumiga mansub daraxtlar bo’lib 5ta turi bor.Nok turkumiga mansub 
7ta turi bor.Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o’simliklar respublikamizda 
madaniy holda ham ko’p tarqalgan.Ularga o’rik,shaftoli, gilos va olxo’ri 
,qulupnay ,malina kabilar kiradi va ular xalq xo’jaligida kata ahamiyatga 
ega.Oila vakillardan ikkitasi( O’rta Osiyo noki,Olga 
sorbariyasi)O’zbekiston Respublikasi ning ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan. 

Download 161.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling