Va vazifalari Oliy taʼlim


Oliy taʼlim tizimini boshqarish


Download 33.63 Kb.
bet11/13
Sana22.02.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1222700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ОТМХ 3-мавзу

Oliy taʼlim tizimini boshqarish

  1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini boshqarish Vazirlar Mahkamasi va taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat idorasiga qonun tomonidan belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Oliy taʼlimni boshqaruvchi organ hisoblanadi.
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligiga oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda quyidagilar topshiriladi:
Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va oʻquv fan dasturlarini bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-bosqich qoʻllash; ular bilan respublikadagi barcha Oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda zarurat boʻlsa, oliy taʼlim mutaxassisliklari va yoʻnalishlari klassifikatoriga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish;
Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini DTS va intizomiy dasturlarga muvofiq ishlab chiqish;
Oliy taʼlim muassasalari va oʻquv-tarbiyaviy jarayonni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatining meʼyoriy-huquqiy taʼminlanishini ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga oʻquv-uslubiy rahbarlik;
Oliy va oʻrta-maxsus, kasbiy taʼlim kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvofiqlashtirish;
Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining meʼyoriy-uslubiy taʼminlanishi;
Oliy taʼlimni sifatli boshqarishning ommaviy formalarini rivojlantirish uchun faoliyati tegishli Nizom bilan tartibga solinadigan oliy taʼlim muassasalari rektorlar kengashi tuziladi;

  1. Oliy taʼlim muassasalarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va shu Nizomga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

  2. Oliy taʼlim muassasalarini bevosita boshqarishni rektor amalga oshiradi. Nodavlat oliy taʼlim muassasasi rektori taʼsischi tomonidan, Davlat oliy taʼlim muassasasi rektori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.

Rektor taʼlim muassasasining ish natijalariga toʻla-toʻkis javobgardir. U Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan taʼlim muassasasi nomidan faoliyat koʻrsatadi, barcha idoralarda, muassasalarda, korxonalarda uning manfaatini himoya qiladi, mulkini boshqaradi, shartnomalar tuzadi, ishonch qogʻozi topshiradi, bankda taʼlim muassasasi hisobini ochadi va Nizomga asosan kreditlarning boshqaruvchisi hisoblanadi.
Rektor oliy taʼlim DTS ning amalga oshirilishiga javobgar.
Rektor taʼlim muasasasi vakolati chegarasida:

  • taʼlim muasasasining barcha xodimlari, talabalari va boshqalar uchun majburiy boʻlgan buyruq va topshiriqlar beradi;

  • prorektorlarning aniq vazifalari va javobgarligini belgilaydi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib asosida taʼlim muassasasi ishchi va xodimlari hamda ilmiy-pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʻshatishni amalga oshiradi;

  • oliy taʼlim muassasasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov va boshqa tashkilot hamda boʻlimlarning vakolatini belgilaydi, ularning Nizomlarini tasdiqlaydi,

  • oliy taʼlim muassasasi xodimlarining lavozim maoshlariga ustama haqi, qoʻshimcha haq miqdorini belgilaydi;

  • kasaba uyushmasi yoki boshqa vakolatli tashkilot bilan kelishgan ravishda ishchilarning ichki tartib-qoidalarini belgilaydi;

— amaldagi qonunchilik asosida boshqa vakolatlarni bajaradi.
Rektor taʼlim muassasasiga ajratilgan pul mablagʻlari, taʼlim muassasasi xodimlarining ish haqi fondi, xodimlarning limit miqdori va lavozim maosh tarif setkasi chegaralarida quyidagi huquqlarga ega:

  • Oliy taʼlimni boshqaruvchi vakolatli davlat organi tavsiyasi va ilmiy kengash tavsiyasiga muvofiq fakultetlarni ochish yoki yopish;

-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari lavozim jadvaliga muvofiq dekan va dekan oʻrinbosari lavozimlarini kiritish;
67. Oliy taʼlim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun ilmiy kengash tashkil etiladi. Ilmiy kengash tarkibi, vakolati, shakllantirish tartibi va faoliyati taʼlimni boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida belgilanadi.
68. Oliy taʼlim muassasasida jamoat boshqaruv organi hisoblangan Vasiylar kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga taʼsischilar, mahalliy hokimiyat idorasi, ishbilarmonlar, boshqa taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari, fondlar va homiylar kiradi.
69. Oliy taʼlim muassasasi uning qoshida^ochilgan akademik litseylar faoliyatining oʻquv-metodik boshqaruvini va tegishli yoʻnalishdagi kasbiy kollejlar patronatini amalga oshiradi.
70. Amaldagi qonunchilik hamda oliy taʼlim muassasasi ustaviga muvofiq, unda jamoat tashkilotlari, ilmiy va koʻngillilar jamiyatlari, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnikaviy kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil qilinishi mumkin.
71. Oliy taʼlim muassasasi oʻz tarmogʻini talabalar sonidan, ishchi-xodimlarning tasdiqlangan soni chegarasidan va byudjetdan kelib chiqib belgilangan tartibda shakllantiradi.

Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling