Va vazifalari Oliy taʼlim
II. Oliy taʼlimning maqsadi va vazifalari
Download 33.63 Kb.
|
ОТМХ 3-мавзу
II. Oliy taʼlimning maqsadi va vazifalari
8. Oliy taʼlimning maqsadi mamlakatning istiqboldagi taraqqiyotini hisobga olib, yuksak maʼnaviy-maʼrifiy sifatlarga, mustaqil fikrlash qobiliyatiga hamda jamiyatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojini taʼminlashga qodir yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir. Oliy taʼlimning asosiy vazifalari quyidagilardir: davlat taʼlim standartlariga muvofiq ilgʻor, zamonaviy taʼlim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali oʻqitishni tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni taʼminlash; oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish istiqbollari hamda jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, fan, texnika, ilgʻor texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonaviy yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashni tashkiliy va uslubiy jihatdan muntazam takomillashtirish; oliy taʼlimning insonparvarlik yoʻnalishida boʻlishini taʼminlash hamda yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, Vatanga, jamiyatga, oilaga va tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash; -oʻquv amaliyotiga interfaol usullarni, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻqitishning mustaqil taʼlim va individual yondashuv metodikasi hamda vositalarini, masofaviy oʻqitish tizimini tatbiq etish; oliy taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlovchi tizimlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilish; ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, olingan natijalardan taʼlim jarayonida va mamlakat iqtisodiyotida foydalanish; davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish asosida taʼlim xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish; oliy taʼlim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va ular mustaqilligini kengaytirish; vasiylar va nazorat kengashlari shaklida yangi jamoatchilik boshqaruvini kiritish; -kasbiy tayyorgarlik boʻyicha ish bilan taʼminlashning monitoringi va marketing tadqiqotlari, taʼlim sifatiga kadrlar tayyorlash va monitoring nazoratini qoʻllash; -oliy taʼlim sohasida taraqqiy etgan mamlakatlar bilan oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling