Samarqand davlat universiteti urgut filiali


Download 2.74 Mb.
bet1/8
Sana17.09.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1679912
  1   2   3   4   5   6   7   8












OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT
UNIVERSITETI URGUT FILIALI






Roʻyxatga olindi:
№ ___ -_________
2022-yil “__”________



TASDIQLAYMAN”
SamDU rektori:
_____________ R.I.Xalmuradov
2022-yil “__”________





O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI
FAN DASTURI



Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Taʼlim sohasi:

110000 – Ta’lim

Taʼlim yoʻnalishi:

60111400 – O’zbek tili va Adabiyoti

Urgut-2022

Fan/modul kodi
O‘TVAO‘MM3006

Oʻquv yili
2022-2023

Semestr
5/6

ECTS – Kreditlar
2/5

Fan/modul turi
Majburiy

Taʼlim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
2



1.

Fan nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil taʼlim (soat)

Umumiy soat

Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi

30 soat

30

60

60

90

150

2.

I. Fanning mazmuni.
Fanni oʻqitishdan maqsad – boʻlajak oʻqituvchilarga badiiy adabiyotni oʻqib-oʻrganishning zamonaviy shakl va usullari haqidagi nazariy qarashlar hamda ularni amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik hamda metodik imkoniyatlarini koʻrsatishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasining ilgʻor yutuqlarini, amalda badiiy asarni tahlil qilish, darsning ilmiy-nazariy asoslarini; adabiyotga oid dars hamda sinfdan tashqari mashgʻulotlarni tashkil etishning nazariy-metodik asoslarini; adabiy asarlarni oʻqitish orqali oʻquvchilarning badiiy-estetik didi, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishga oʻrgatishdan iborat. Bundan tashqari, boʻlajak oʻqituvchilar oʻquvchilarni badiiy asar qahramonlarining shaxsiy sifatlarini baholashga oʻrgatish jarayonini tashkil etish usullari, metodlarini, ularni mustaqil mulohaza yuritishga undash va muammolarning yechimiga ijodiy yondashishga oʻrgatish, mustaqil tarzda xulosalar chiqarishga, bunda ularning verbal-lingvistik intellektini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan topshiriqlar tizimidan foydalanishga oʻrgatiladi.


II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. ”Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi” fanining umumnazariy masalalari. Oʻzbek adabiyotini fan sifatida oʻqitish tarixi haqida. Adabiyot metodikasining pedagogika tizimiga mansub mustaqil fan ekanligi. Boʻlajak adabiyot oʻqituvchilarining oʻquv rejasida koʻzda tutilgan falsafa, pedagogika, psixologiya, adabiyot nazariyasi, oʻzbek adabiyoti tarixi, hozirgi oʻzbek adabiy tili, mutaxassislikka kirish, oʻzbek dialektologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi kabi fanlardan xabardorligi va adabiyot oʻqitishda ulardan foydalana bilish qobiliyati.
Adabiyot oʻqitish metodikasi fanining oʻtmishdagi buyuk allomalar, mudarris olimlarning qarashlariga tayanishi. Metodik fikrlar tarixining oʻzbek xalqi va millat adabiyoti taraqqiyoti bilan bogʻliqligi.
2-mavzu. Oʻzbek adabiyotini oʻqitishning oʻziga xos tamoyillari. Oʻzbek adabiyotini oʻqitishning metodlari. Pedagogik innovatsion texnologiyalar va adabiy ta’lim. Milliy adabiy ta’limda badiiy asarlarni oʻrganishning oʻziga xos xususiyatlari. Adabiy ta’limdagi yetakchi tamoyillar. Adabiy ta’lim metodlarining mazmun-mohiyati. Adabot oʻqitish shakllari va usullari.

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling