Va yozma shakllari


TeRMINLAR, KASB-HUNAR LeKSIKASI VA IBORALAR USLUBIYATI


Download 44.52 Kb.
bet6/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

TeRMINLAR, KASB-HUNAR LeKSIKASI VA IBORALAR USLUBIYATI
Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qayt di. Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (N. Mahmudov) Terminlar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir. Ular ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi. Terminlar badiiy va publitsistik uslublarda tasviriy-uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteris tikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan terminlar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, tabiiyki, o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bunday so‘zlar kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi. Ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy unsurlaridir. Ayni paytda kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar badiiy va publitsistik uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin. Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vosita laridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi. Iboralarning aksariyati obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi. Badiiy va publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma- xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi.



Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling