Va yozma shakllari


Download 44.52 Kb.
bet2/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

USLUBIYAT. TIL VA USLUB
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi... So‘z san’atkorlari tilga alohida e’tibor berib keldilar, uslub va ifodaning sodda bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymaslikni targ‘ib etdilar. («O‘zbek tili stilistikasi»)
Grammatika to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi. Ammo ma’lumki, odamlar turli nutqiy vaziyatlarda turlicha gapiradi va yozadi. Bunda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq tuzishdan ko‘zda tutgan maqsadi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ana shu maqsad va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda nutq shakllantiriladi. Siz bilasizki, ana shu maqsad asosida ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasida (masalan, ilmiy, rasmiy, badiiy kabi), muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli nutq uslubi hisoblanadi. Har bir uslub, albatta, o‘ziga xos til xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlarni bilish, nafaqat to‘g‘ri gapirish va yozish, balki aniq, ta’sirli va tugal nutq tuzish imkonini ham beradi. Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlarining jami uslubiyat deb yuritiladi. Ayni paytda tilshunoslikning nutq uslublarini o‘rganuvchi bo‘limi ham uslubiyat yoki uslubshunoslik nomi bilan ataladi.


NUTQIY USLUBLAR VA TIL VOSITALARI
Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi. Masalan, ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun kabi leksik birliklar va boshqalar. Ular barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi. Ayni paytda tilda bir qancha vositalar borki, ular ko‘proq muayyan bir uslubga xoslangan bo‘ladi, asosan, shu uslubda qo‘llanadi, hatto tegishli uslubning o‘ziga xos belgisi sifatida xizmat qiladi. Masalan, ilmiy matnda terminlar va boshqa vositalar. So‘zlovchi (yozuvchi) matn tuzar ekan, ana shu uslubiy vositalarni, ularning qaysi uslubga daxldor ekanligini yaxshi bilishi lozim. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari ham ana shunday xoslangan til vositalariga ega. Masalan, muayyan tasvirda yuqorida, quyida kabi so‘z shakllari ko‘proq yozma nutqqa xos, shuning uchun og‘zaki nutqda, aytaylik, majlisda yuqorida aytilgan fikrlarga qo‘shilaman tarzidagi ifoda juda g‘aliz.



Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling