Va yozma shakllari
LeKSIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH. MA’NODOSH
Download 44.52 Kb.
|
10-sinf 1-qism qoidalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI
LeKSIK VOSITALARNI NUTQIY USLUBLARDA QO‘LLASH. MA’NODOSH
VA SHAKLDOSH SO‘ZLAR USLUBIYATI So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim. Uslubning raso bo‘lishida til birliklari orasidan eng muvofig‘ini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga molik. Chunki tilda o‘zaro ma’nodoshlik, shakldoshlik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan birliklar talaygina bo‘lib, ular tilning o‘ziga xos boyligi, ranginligini yuzaga keltiradi. Ma’nodosh so‘zlar bir-biridan muayyan uslubga xos lanishi va emotsional- ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma’nodoshlik qatorida yuz so‘zi biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq so‘zlarida esa salbiy bo‘yoq darajalangan holda o‘z ifodasini topgan, ko‘proq so‘zlashuv uslubida ishlatiladi; chehra, jamol so‘zlarida ijobiy bo‘yoq mavjud bo‘lib, ular, asosan, badiiy uslubga xoslangan; oraz, uzor, ruxsor so‘zlari esa eskirgan va ko‘proq kitobiy uslub doirasida qo‘llanadi. Ma’nodosh so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shakldosh so‘zlar va unga yondosh paronimlarning ma’nolarini yetarli darajada farqlash, har bir so‘zning o‘z ma’nosiga muvofiq qo‘llay bilish barcha uslublar uchun zarur. Ayni paytda bunday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan shakldosh so‘zlar tashkil etadi. SHEVAGA OID BIRLIKLAR VA ESKIRGAN SO‘ZLAR USLUBIYATI Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi. Xususan, badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi. Shuningdek, shevadagi so‘z va adabiy tildagi so‘z ifodalagan tushun chalarda ayrim nozik farqlar mavjud bo‘lganda ham yozuvchi shevadagi so‘zni afzal ko‘rishi mumkin. Masalan, hassos so‘z ustasi Abdulla Qahhor bir qissasini «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan, adabiy tilda bu so‘zning muqobili «chittak»dir. Lekin «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr\ bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini ma’qul ko‘rgan. Eskirgan so‘zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda katta uslubiy qimmatga ega. Siz bilasizki, eskirgan so‘zlarning ikki turi mav jud: arxaik so‘zlar (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy so‘zlar (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi). Tarixiy so‘zlar tarix mav zulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi. Arxaik so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi. Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling