Va yozma shakllari


QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI


Download 44.52 Kb.
bet9/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqeahodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq, ochiq va qabariq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat munosabatining ifodalanishini qiyoslang: Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan ochiq aks etgan) – Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan aks etmagan). So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan, bu uslub qo‘llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma gaplarning, asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda esa mazmunni to‘liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan qo‘shma gaplarning bog‘lovchili turi afzal ko‘riladi. Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, uslubiy bo‘yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo‘shma gaplarning har ikki turi qo‘llanaveradi.

Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir yuzaga keladi. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan bu sodda gap ko‘chirma gapli qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim. – Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lganligini mamnunlik bilan aytdi.



Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling