Va yozma shakllari


Download 44.52 Kb.
bet10/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

MATN VA IQTIBOS
Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan matn tilning eng yirik birligidir. Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi. Odatda matndagi yaxlit mavzumazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadiga muvofiq uning nomi – sarlavhasi bo‘ladi. Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanayotgan fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa, ilmiy matnda alohida o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan. Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish tutiladi. Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon xarakterining bir qirrasini ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan: Xullas, xotin, bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot, ajab saodat erur, qolsa yaxshilik bila ot. Lekin o‘shal otni qachon qoldiramiz, qoldirib ulguramizmi?.. Ilmiy matnda esa iqtiboslarning qayerdan olinganligi, kimga tegishliligi, manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Aks holda, bu holat qonunan plagiat, ya’ni o‘g‘irlik hisoblanadi. Ayni paytda ilmiy odob qoidalariga ham mutlaqo ziddir.

Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling