Va yozma shakllari
Download 44.52 Kb.
|
10-sinf 1-qism qoidalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MURID
- XONAQOH
- INVeSTITSIYA
MA’DAN 1 Mineral. 2 Metall. 3 Ruda.
IMON 1 Xudoga bo‘lgan ishonch, e’tiqod; ko‘ngilda isho nish va tilde iqror qilish. 2 Umuman, ishonch. GUHAR Gavhar (qimmatbaho tosh, marvarid, qimmatbaho toshlarning umumiy nomi). GULSHAN Gulzor, gulbog‘, chamanzor. SAMAR // SAMARA Natija, hosila, foyda. YOG‘IY Dushman, g‘anim. ISNOD Uyatga yoki ta’naga qoldiradigan, nomiga dog‘ tushiradigan ish, shunday ishdan keladigan uyatli holat. MURID Pir yoki eshon (murshid)ga qo‘l berib, so‘fiylik yo‘liga kirgan shaxs. MURSHID Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz. SHAYX Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilim don kishilarga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. XONAQOH 1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta xonasi. 2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar. G‘O‘CH (shevada) Mard, botir. BARTeR Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash va shu haqdagi shartnoma. BIRJA Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-sotiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli. INVeSTITSIYA Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga capital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi. MARKeTING 1 Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish, sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan shug‘ullanuvchi soha. 2 Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini boshqarish va tashkil etish tizimi. Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling