Valentlik va oksidlanish darajasi. Ekvivalentlar qoidasi
valentligi Oksidlanish darajasi
Download 105.74 Kb.
|
Valentlik va oksidlanish darajasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E=A/B
Oksidlanish darajasini bilgan holda binar birikmalarning formulalari tuziladi. Masalan, kremniy nitridning formulasini yozish uchun azotning elektrmanfiyligi kremniynikidan katta ekanligini jadvaldan aniqlaymiz. Azotga tomon 4 ta elektron siljiganligi sababli kremniyning oksidlanish darajasi +4 ga teng. Azot atomida 3 ta juftlashmagan elektron bo’lganligi sababli 3 ta elektron azotga siljiydi. Azotning oksidlanish darajasi −3 ga teng. Si+4 va N−3 birikmasining formulasi Si3N4 bo’ladi. Atomning yuqori musbat oksidlanish darajasi son jihatdan davriy sistema gruppasining nomeriga teng va elementning birikmalaridagi muhim miqdoriy xarakteristikasi hisoblanadi.
Gramm-ekvivalent−moddaning ekvivalentiga son jihatdan teng qilib olingan va grammlarda ifodalangan miqdoridir. Elementning ekvivalenti E, atom massasi A va ayni birikmadagi stexiometrik valentligi B orasida quyidagicha bog’liqlik bor: E=A/B B− stexiometrik valentlik atom massasining uning ekvivalentiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Moddalarning 1 gr vodorod yoki 8gr kislorod bilan ta’sirlasha oladigan massasiga ekvivalent massa deyiladi, o’lchov birligi me=gr/ekv. me=E∙M, E= 1/valentlik, bunda, me− ekvivalent massa, E−ekvivalentlik. Ekvivalent massa quyidagicha topiladi: Oddiy moddalarning ekvivalent massasini topish uchun ularning atom massasini valentlikka nisbati olinadi. me(X)= Ar/z; me(H)=1/1=1gr/ekv; me(O)=16/2=8gr/ekv. Ionning (anion yoki kationning) ekvivalenti uning massasini zaryadiga bo’linganda chiqadigan bo’linmaga teng. Oksidlarda elementlarning ekvivalent massasi O ga nisbatan aniqlanadi. H2O CO CO2 Al2O3 2—-16 12—-16 12—-32 54—-48 x—-8 x=1g/ekv, x—-8 x=6 g/ekv, x—-8 x=3 g/ekv, x—-8 x=9 g/ekv. 4. Asosning ekvivalenti uning molekulyar massasini moddadagi OH gruppalar soniga nisbatiga yoki shu asosni hosil qilgan element va OH gruppalar ekvivalentlari yig’indisiga teng, me(X)=M/(OHsoni). me(NaOH)=40/1, E(NaOH)= 1/1; me(Ca(OH)2)=74/2=37 yoki 20+17=37, E=1/2. 5. Kislotaning ekvivalenti uning molekulyar massasini uning asosligiga (H gruppalar soniga) nisbatiga yoki vodorod va kislota qoldig’ining ekvivalentlari yig’indisiga teng, me(X)=M/(Hsoni). me(HCl)=36,5/1, E=1/1; me(HCOOH)=46/1, E=1/1; me(CH3COOH)=60/1 E=1/1; me(H2SO4)=98/2=49, E=1/2 yoki 1+48=49 ga teng, bunda 1−vodorodning ekvivalenti, 48−kislota qoldig’ining ekvivalenti. Tuzning ekvivalenti uning molekulyar massasini moddadagi metal atomlari sonining valentligiga ko’paytmasining nisbatiga yoki metall va kislota qoldig’I ekvivalentlarining yig’indisiga teng: Na+¹Cl me=58,5/1 yoki 23+35,5=58,5 E=1/1; Ca+²Cl2 me=111/2 yoki 20+35,5=55,5, E=1/2; Ca3+²(PO4)2 me=310/2∙3, E=1/6; Agar bir element asosliligi bir xil bo’lgan turli xil kislotalar hosil qilish xususiyatiga ega bo’lsa, u holda bunday birikmalardagi faqat markaziy atomning ekvivalent massasi (me) topiladi. HCl (I) HClO (I) HClO2 (III) HClO3 (V) HClO4 (VII) 35,5/1 35,5/1 35,5/3 35,5/5 35,5/7
H3PO4 + 2NaOH → Na2HPO4 + H2O me =98/2; H3PO4 + 3NaOH → Na3PO4 + H2O me =98/3
+3 +7 +5 +2 NaNO2 + KMnO4 + H2SO4 → NaNO3 + K2SO4 + MnSO4 + H2O N+3 −2eˉ = N+5 me(NaNO2)=69/2=34,5, me(NaNO3)=85/2=42,5 Mn+7 +5eˉ =Mn+2 me(KMnO4)=158/5=31,6, me(MnSO4)=151/5=30,2 Agar reaksiyada gazsimon moddalar ishtirok etayotgan bo’lsa, hajmiy birliklarni og’irlik birliklariga aylantirishning hojati yo’q: bunday hollarda gramm-ekvivalent deb ataluvchi hajmdan (gramm-molekulyar halmga o’hshash) foydalansa ham bo’ladi. Gramm-mol hajm 1 g-mol gazsimon moddaning normal sharoitda egallaydigan hajmidir. Bu hajm hamma gazlar uchun 22,4 l ga teng. Framm-ekvivalent hajm 1 g-ekv gazsimon moddaning egallaydigan hajmi. Har xil gazning 1g-moli turli miqdordagi g-ekv.lardan topgani uchun g-ekv hajm ham har xil gazlar uchun har xil bo’ladi. Vodorod va galogenlarning ekvivalentlari ularning atom massalariga teng; chunki ularning molekulalari ikki atomdan tuzilgan: E=M/2, gramm-ekv. hajmlari 22,4/2=11,2 l ga teng. Kislorod uchun E=M/4, uning g-ekv. hajmi 22,4/4=5,6 l ga teng. Masalalar yechishda bunday qiymatlardan foydalanish qulay. Barcha moddalar ekvivalent miqdorlarda reaksiyaga kirishadi. Bu esa reaksiyaga kirishuvchi va reaksiyadan keyin hosil bo’luvchi moddalarning miqdorlarini aniqlashga imkon beradi. M-n, kislotani neytrallashga 0,2 g-ekv ishqor sarf qilingan bo’lsa, kislotadan ham 0,2 g-ekv reaksiyaga kirishgan bo’ladi yoki ma’lum miqdor g-ekv oksidlovchi reaksiyaga kirishgan bo’lsa, huddi shunday miqdor g-ekv qaaytaruvchi reaksiyaga kirishgan bo’ladi. Download 105.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling