Valentlik va oksidlanish darajasi. Ekvivalentlar qoidasi


Oksidlanish darajasi birikmadagi atomning faqat ionlardan tarkib topgan degan taxmin asosida hisoblab topilgan shartli zaryadi


Download 105.74 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi105.74 Kb.
#224054
1   2   3   4
Bog'liq
Valentlik va oksidlanish darajasi

Oksidlanish darajasi birikmadagi atomning faqat ionlardan tarkib topgan degan taxmin asosida hisoblab topilgan shartli zaryadi. Boshqacha aytganda,oksidlanish darajasi−bu atomning birikmadagi bohqa atomlar bilan bog’lanishida ishtirok etgan elektronlar jufti elektrmanfiyroq atomlarga o’tgandagi, bu xil atomlarga tegishli elektron juftlar esa ular orasida bo’linganda atomda paydo bo’ladigan elektr zaryadidir. Bu xossa birikmadagi har bir element uchun o’ziga xos bo’ladi. Misol uchun sulfit angidrid (SO2)  tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi qiymatlarini topishda bu element atomlarining nisbiy elektrmanfiylik qiymatlariga (S=2,5; O=3,5) asoslanadi. Topilgan oksidlanish darajasi kattaligi ushbu elementlarning valentligi S+4O-2 bilan bir xil. Demak, oksidlanish darajasi musbat (+) va manfiy (-) ishorali bo’ladi. Bundan tashqari u nol (0) va kasr sonlar bilan ham ifodalanadi. Kimyoviy birikmalardagi atomning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagi holatlarga asoslanish zarur.

Oddiy moddalar (ikki atomli gazlar − H2, O2, F2, N2 va boshqalar) tarkibidagi atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng.

Metall atomlar birikmalarda faqat musbat oksidlanish darajasiga ega bo’ladi va son jihatdan uning valentligiga teng bo’ladi.

Ftor −1 oksidlanish darajasiga, ishqoriy metall atomlari +1, ishqoriy-yer metallari +2 va shunga o’xshash o’zgarmas valentli elementlar doimiy oksidlanish darajasi qiymatiga ega.

Vodorod +1 va −1(faqat metallarning gidridlarida MeH, SiH4), kislorod atomi ko’pincha −2, peroksidlarda −1 (H2O2), ftorli birikmalarda +1 (F2O2), +2 (F2O)oksidlanish darajasiga ega bo’ladi.

Molekula tarkibidagi hamma atomlar oksidlanish darajalari qiymatlarining yig’indisi nolga, murakkab yoki oddiy bir atomli ionlarda esa ion zaryadiga teng bo’ladi.

Metallmaslarning yuqori musbat va pastki manfiy oksidlanish darajalarining absolut qiymatlari yig’indisi 8 ga teng bo’ladi.

Simvol yoki formula oldidagi koeffisientlar, shuningdek formuladagi indekslar simvol tepasida ko’rsatilgan oksidlanish darajasiga tegishli bo’ladi.

Organik birikmalardagi elektroneytral gruppalarda element atomlarining oksidlanish darajalari qiymatlarining yig’indisi nolga teng bo’ladi.

Bu ma’lumotlarga asoslanib murakkab birikmalardagi atomlarning oksidlanish darajasini hisoblab topish mumkin. Molekuladagi atomlar oksidlanish darajalarining yig’indisi doimo nolga teng bo’ladi. Misol uchun, H2SO4 dagi S ning oksidlanish darajasini hisoblab ko’ramiz. Yuqoridagi fikrlarga asosan vodorodning oksidlanish darajasi +1, kislorodniki esa −2 ekanligi ma’lum. Shu sababli oltingugurtning oksidlanish darajasini x deb olamiz.

Bizga ma’lum bo’lgan oksidlanish darajalarini ularning birikmadagi atomlari soniga ko’paytiramiz va oksidlanish darajalari yig’indisi 0 ga teng bo’lishini hisobga olib, tenglama tuzamiz:

(+1)∙2+x+(−2)∙4=0;    +2+x−8=0;   x=+8−2;   x=+6

Demak, oltingugurtning oksidlanish darajasi+6 ga teng. Xromning Cr2O7²ˉ iondagi oksidlanish darajasini topamiz:

2x+(−2)∙7=−2;    2 x=+12,    x=+6

     Shu usul bilan boshqa murakkab moddalardagi biron-bir elementning oksidlanish darajasini topish mumkin.

Ko’pchilik atomlarning (elementlarning ham) oksidlanish darajasi bir necha xil bo’ladi. M-n: VII guruhdagi Cl: xlorid kislotada (HCl) −1; Cl2da 0; gipoxloritda (HClO) +1, xloritda (HClO2) +3, xloratda (HClO3) +5, perxloratda (HClO4) +7 ga teng.  Marganes: MnO da +2, Mn2O3 da +3, MnO2 da +4, Mn3O4 da +8/3, K2MnO4 da +6 va KMnO4 da +7 ga teng.

VI guruh elementlari, masalan, oltingugurt oksidlanish darajalari: −2, +4, +6.

V gruppada N li birikmalarda  azotning valentligi II−IV, oksidlanish darajasi esa -3 dan +5 gacha.

IV guruhda C li birikmalarda esa uglerodning valentligi II,IV, oksidlanish darajasi esa -4 dan +4 gacha bo’ladi. Buni quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin.

 


  Modda 

 Struktura formulasi


Download 105.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling