Valentlik va oksidlanish darajasi. Ekvivalentlar qoidasi
Valentlik darajasi− lotincha “valentia”so’zidan olingan bo’lib “kuch” ma’nosini anglatadi. Bu kuch 1 element o’z atrofida boshqa elementlarning nechtasini ushlab tura olishini ko’rsatadi.
Valentlik − elementning hosil qiladigan bog’lar soni, ya’ni 2 yoki undan ortiq element atomlari orasida hosil bo’lishi mumkin bo’lgan umumiy elektron juftlik soni.
H2 H−H H:H ( : −);
O2 O=O O::O (:: =);
N2 N≡N N:::N (::: ≡).
Valentlik deganda, shuningdek yacheykalarda joylashgan toq elektronlar tushuniladi. Asosiy gruppa elementlarida tashqi qobiqda joylashgan elektronlarvalent elektronlar hisoblanadi, yonaki gruppa elementlarida esa tashqi va tashqaridan bitta oldingi qobiqdagi elektronlar valent elektronlar hisoblanadi.
6C 1s22s22p2 → 1s22s12p3
24Cr 4s13d5
Har qanday elementning eng yuqori valentlik qiymati shu element uchun xarakteristik yoki absolut valentlik deyiladi. M-n: N (V); H (I); S (VI); Cr (VI).Valentlikning ishorasi bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |